Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-hozir.org
Sodda sensor psixika Sobiq sovet psixologlarining ishida psixologiya ichki dunyo haqidagi fan sifatida emas balki, tashqi ko‘rinishlar haqidagi fan deb hisoblangan. Psixologiyani ruhiy hayotning o‘ziga xosligi haqida emas, balki hayot faoliyatining uzoq muddat rivojlanishi natijasi sifatida, unda organizmning atrof-muhit bilan faol o‘zaro aloqaga kirishadi, unda u o‘z o‘rnini topishga intiladi. Bunday aks ettirish jarayonida, atrof-muhitning ta’siri ostida miyada psixik jarayonlar vujudga keladi. Bu holat esa psixikaning ichki dunyo haqidagi fan tushunchasini yo‘qotgan va buning natijasida evolyusion rivojlanish vujudga keladi. Psixik jarayonlar shu tariqa o‘rganish ob’yekti bo‘lib qolgan.
Sobiq sovet psixologlarining fikriga ko‘ra psixika hayot faoliyatida vujudga kelmay, balki organizmning hayot faoliyatini ma’lum shart-sharoitlarda vujudga keltiradi. Masalan, notirik tabiatda alohida buyumlarning o‘zaro aloqasi mavjud. Biroq bunday aloqalar ularning yashashi uchun sharoit hisoblanmaydi qoya suvdan mustaqil ravishda bo‘lishi mumkin, suv qirg‘oqdan mustaqil ravishda mavjud bo‘lishi mumkin.
Masalan, kerosinda mavjud bo‘lgan kaliy ochiq havoga qo‘yilganda uchib ketishi mumkin. Erning rivojlanishi jarayonida juda murakkab qo‘shilishlar vujudga kelgan. Bu katta molekulalar koatservatlar deb atalgan. Ularning asosiy xususiyatlari ularning qismlarga tez ajrala oladilar, chunki modda almashinuvi ko‘proq bo‘lar ekan. Bu molekulalar yangi moddalarni qabul qilib, o‘zlashtirishi tashqi olam maxsulotlarini sochishi kerak. Shu tariqa o‘sha katta molekulalar atrof-muhitda moddalar almashinuvi uchun kerak. Moddalar almashinuvi passiv jarayon hisoblanmaydi. U oqsil molekulalarning hayotiy faoliyat jarayonini amalga oshiradi.
Shu tariqa tirik hayot vujudga keladi. Bu hayotda mayda organizmlar vujudga keladi. Bu to‘qimalarning mavjudligining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular moddlarga qo‘zg‘ovchilarni har doim topa oladilar. Shu darajada ham tirik moddalarda ehtiyojlar paydo bo‘la boshlagan. Hamma tashqi olam ko‘rinishidan hayotni qo‘llash uchun biotik ta’sir va mavjud bo‘lmagan abiotik ta’sir mavjud edi. Agar biz hayot evolyusiyasini diqqat bilan kuzatsak, ularni ma’lum bir bosqichlarga ajratishimiz mumkin. Birinchi bosqich bu o‘simliklar olami. Bu forma evolyusiyaning hamma bosqichlarida uchraydi. Sodda bir to‘qimali suv o‘tlaridan tortib, to zamonaviy o‘simliklarga qadar.
Ko‘pgina tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra o‘simliklar olamining o‘ziga xosligi shundan iboratki, ular ma’lum bir joyga bog‘langanlar, harakat qilmaydilar. O‘simliklar olami ma’lum bir moddalar almashinuvida to‘xtaydi. O‘simliklarning hayot faoliyati biotik omillarga bog‘liq holda amalga oshiriladi. O‘simliklar ma’lum bir sharoitlarga nisbatan sezuvchan bo‘lib qoladilar. Demak, o‘simliklar ham o‘z ehtiyojlariga egadirlar. O‘simliklar ularga ta’sir qilagan omillarga nisbatan ta’sirlarga javob berish xususiyatlariga egadirlar. O‘simliklar ma’lum bir xududga bog‘langandirlar, undan ortiqcha harakat qilmaydilar. O‘simliklar yorug‘likka, haroratga, kimyoviy ta’sirlarga nisbatan javob berish xususiyatlariga egadirlar. Bunday harakatlar tropizmlar deb ataladi.
Tropizmlar fototropizm (yorug‘likka javob), termotropizm (haroratga), geotropizm (er markaziga intilishi), xemotropizm (kimyoviy ta’sirlar)ga bo‘linadilar. O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tropizmlar ijobiy (ta’sirot kelgan yo‘nalishga qarab intilish) yoki salbiy (zararli taassurotlarga intilish) xarakterga ega bo‘lishi mumkin.
O‘simliklar dunyosidan farq qiluvchi bosqich bu hayvonot olami hisoblanadi. Hayvonot olamining o‘simliklar dunyosidan farqlanuvchi xususiyatlari bu hayvonlarda harakatning mavjudligidir. Bu ba’zida etarli hisoblanmaydi, chunki ba’zi bir o‘simliklar harakatlanish xususiyatlariga egadirlar. Masalan, kungaboqar yoki pashsha yutuvchi o‘simlik.Kungaboqar quyoshga qarab harakatlansa, pashsha yutuvchi pashshalarga qarab harakatlanadi. Lekin bunday harakatlar hayvonlarning xatti-harakatlaridan farqlanadi. Hayvonlarning harakati faol xarakterga ega. O‘simliklar dunyosidan hayvonot dunyosiga o‘tishdagi yangilik bu hayvonlarda yangi qo‘zg‘atuvchining ko‘rinishi vujudga kelishidir. Hattoki eng sodda tuzilgan hayvonlar ham biotik qo‘zg‘atuvchilarni paydo bo‘lishini namoyon qilishlari mumkin. Bu A.N.Leont’yev talqiniga ko‘ra sezuvchanlik deb nomlangan. Hayvonlarda sezuvchanlikning paydo bo‘lishi yangi xususiyatlardan biri hisoblanadi va bu esa yangi organizmlarni vujudga keltiradi, bu holat esa psixikaning vujudga kelishining asosiy omili hisoblanadi.