Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya


Psixika evolyusiyasi va antropogenez



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə63/176
tarix05.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#174149
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   176
Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-hozir.org

Psixika evolyusiyasi va antropogenez
Jamoa bo‘lib yashash, jinsiy etilishgacha bo‘lgan rivojlanish muddatining uzayishi, bosh miyaning faoliyati, nutq, qurollar yasash qobiliyati, tananing tuzilishi va funksiyalari majmuasi odamni tavsiflovchi xossalar hisoblanadi. Bularning vujudga kelishi va shakllanishida organik olamning tarixiy rivojlanishida muhim rol o‘ynagan evolyusiya omillari — mutatsiya jarayoni, alohidalanish, hayot to‘lqinlari, tabiiy tanlanish katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
Mutatsiya jarayoni va genlar kombinatsiyasi odamda xilma-xil anatomik-morfologik, fiziologik-bioximiyaviy, genetik o‘zgarishlarni keltirib chiqargan. Sotsial muhit esa har bir individning o‘ziga xos genotipi saqlanishiga ko‘maklashgan. Har xil irqlar, etnik guruhlar paydo bo‘lishida alohidalanish muhim rol o‘ynagan.
Odam evolyusiyasida hayot to‘lqinlarining ham ahamiyati katta bo‘lgan. U yoki bu regiondagi odamlar ajdodlari orasida vaqt-vaqti bilan bo‘lgan ocharchilik, yuqumli kasalliklar tarqalishi, chunonchi, vabo, o‘lat, sil paydo bo‘lishi va tarqalishi zaif organizmlarning ko‘plab qirilishiga va shu yo‘l bilan tirik qolgan odamlar genofondining tasodifiy, yo‘nalishsiz o‘zgarishiga sabab bo‘lgan. Primatlar, shu jumladan, qadimgi odam to‘dalari oziqlanish maydonini egallash, yovvoyi hayvonlarni ovlash, o‘simliklarning eyiladigan qismlarini topish, yig‘ish, saqlash bo‘yicha o‘zaro raqobatda bo‘lganlar. To‘dalar orasidagi bunday raqobatlarda g‘olib kelish ko‘p jihatdan to‘da a’zolari yoki boshliqning qobiliyatiga, uddaburonligiga, ov qilish, yovvoyi o‘simliklarning eyiladigan qismlarini topish, g‘amlash, xavf-xatarning oldini olish singari ko‘nikmalarga, to‘da a’zolarining soniga bog‘liq bo‘lgan. Agar to‘da a’zolarining har xil joyda tarqalganligi, alohidalashganligini e’tiborga olsak, u holda ular genetik jihatdan farq qilishiga e’tiroz qolmaydi. To‘dalar orasidagi hayot-mamot raqobatida yuqori qobiliyatga ega, uddaburon, qurollar yasashva oziq topish, uni saqlashga mohir to‘da a’zolarining g‘olib kelishi tabiiy bir hol edi. Uzoq ming yillar davom etgan bunday gruppali tanlanish primatlarning barcha turlarida ro‘y bergan bo‘lsa-da, lekin ikki oyoqlab yurishga, qo‘lni ishlatishga layoqatli gominidlarda to‘rt oyoqlab yuruvchi, daraxtlarda hayot kechiruvchi vakillarga qaraganda ko‘proq ijobiy natijalar bergan.
Gominidlarning tarixiy rivojlanishida yana turlararo tanlanish ham amalga oshgan. Chunonchi, avstralopiteklar bilan qadimgi odamlar — eruktuslar bir vaqtda yashagan va bunda turlararo tanlanish avstralopiteklarga qaraganda qobiliyat va aqliy jihatdan anchagina rivoj topganeruktusodamlarning g‘olib chiqishiga sabab bo‘lgan. Gominidlardagi turlararo tanlanish, hayvonlardagi turlararo tanlanishdan farq qilib, gruppali tanlanish bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. Chunki raqobat bir tomondan eruktus, ikkinchi tomondan avstralopitek guruhlari orasida yuz bergan. Tanlanish bir turning ikkinchi tur ustidan g‘olib kelganligiga sababchi ekanligini e’tiborga olib, gruppali tanlanish turlararo tanlanish qiyofasiga kirgan, deb aytish mumkin.
Shunday qilib, to‘dalar orasida polimorfizm vujudga kelishida mutatsiya jarayoni, alohidalanish, hayot to‘lqinlari, tabiiy tanlanish, shuningdek, qadimgi odamlarning o‘zaro uchrashuvidagi stress holat alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Xususan stress holat tufayli odam organizmidagi neyroendokrin boshqarilish o‘zgargan.
Homosapiensturi maydonga kelishi bilan biologik omillarning, xususan, alohidalanish, hayot to‘lqinlari, tabiiy tanlanishning ahamiyati tobora susaygan.
Odamlar tobora takomillashgan ish qurollari ishlab chiqishi oziq tayyorlash, uy-joy qurish, atrof-muhitni xavf-xatardan saqlashga imkon berdi. Oqibatda inson evolyusiyasida tabiiy tanlanishning ahamiyati ham keskin kamayib, sotsial omillarning roli ortgan. Lekin odamning tarixiy rivojlanishida biologik va sotsial omillar o‘zaro bog‘liq holda ta’sir ko‘rsatgan. Har bir odamlar to‘dasi qurol yasash, yovvoyi hayvonlarni ovlash, o‘simliklarni yig‘ish, hayvon va o‘simliklarni parvarish qilish va shu singari bilimlar, ko‘nikma-malakalarni yosh avlodga o‘rgata borgan. YOsh avlod ularni o‘zlashtirish bilan bir qatorda o‘sha bilimlar, ko‘nikma-malakalarni o‘zi ixtiro qilgan yangiliklar bilan boyita borgan. Birgalikda hayot kechirish, olovdan foydalanish, go‘shtli ovqat iste’mol qilish tafakkur, nutqning rivojlanishga, bosh miya hajmining ortishiga sabab bo‘ladi. Biroq odam bosh miyasining yanada kattalashishiga ayollarda jinsiy organidagi tuxum yo‘lining ensiz bo‘lishi to‘sqinlik qilgan. Bu qarama-qarshilikni bartaraf etish uchun tanlanish ayollarda chanoq suyagi hajmining kengayishiga, aksincha, miya rivojlanishining sekinlashishiga olib kelgan. Odatda, yangi tug‘ilgan chaqaloqning miyasihali to‘liq shakllanmagan bo‘lib, uning rivojlanishi asosan go‘daklik va bolalik davrida tugallanadi. Sut emizuvchi hayvonlarda (tuxum qo‘yib ko‘payuvchilardan tashqari) yangi tug‘ilgan organizm mustaqil hayot kechirishga tayyor bo‘lgani holda, yangi tug‘ilgan odam bolasi mustaqil hayot kechira olmaydi. Shu sababli ayollar bolalarni uzoq muddat parvarish qilishga va oqibatda erkakka birmuncha qaram bo‘lishga majbur. Shunga ko‘ra jamoa ayollarga va ularning bolalariga g‘amxo‘rlik qila boshlagan. Bu esa o‘z navbatida jamoa a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni — hamkorlikni kuchaytirgan.
Hozirgi vaqtda tur sifatida Homo sapiensning evolyusiyasi tugallangan, deb aytish mumkin. Shunga ko‘ra, uning kelgusi evolyusiyasidan katta o‘zgarishlar kutib bo‘lmaydi. Lekin evolyusiya shakllangan tur doirasida davom etadi. Chunonchi, keyingi vaqtda har xil etnik guruhlar, irqlar orasida kuzatilayotgan nikohlar odamzod genofondini boyitib bormoqda. Shu bilan birga atrof-muhitning ifloslanishi, qishloq xo‘jaligida mineral o‘g‘itlar, turli pestitsidlar, gerbitsidlar, defoliantlarni ko‘plab qo‘llash tufayli kishilarda polimorfizm, irsiy kasalliklar ko‘payib bormoqda. Binobarin, odam evolyusiyasida alohidalanish, hayot to‘lqinlari, tabiiy tanlanishning ahamiyati kamayganiga qaramay, mutatsion va kombinatsion o‘zgaruvchanlik o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Odamning bundan keyingi evolyusiyasi kollektiv aql-idrokining rivojlanishi (axborotni to‘plash, saqlash, uzatish)ga, atrof-muhitdan yanada samaraliroq foydalanishga yo‘nalgan.
Xulosa qilib aytganda, Homo sapiens rivojlanishida bir qancha bosqichlarni o‘tgan. Ulardan birinchisi o‘zini-o‘zi anglash, ya’ni ongning rivojlanishidir. Bu hodisa taxminan 40-50 ming yil oldin ro‘y bergan o‘zini o‘zi anglash tufayli ajdodlarimiz odamlar bilan hayvonlar orasidagi farqqa borganlar va inson tabiat kuchlarini jilovlashi mumkinligiga ishona boshlaganlar.
Aqlli odamlar tarixiy rivojlanishidagi ikkinchi bosqich yovvoyi hayvonlarni qo‘lga o‘rgatish — xonakilashtirish, yovvoyi o‘simliklarni ekib madaniylashtirish bilan bog‘liq. Bu hodisa taxminan 15—10 ming yil oldin boshlangan. Natijada odamshu paytgacha tashqi muhit bilan bog‘liq bo‘lsa, endilikda u hayot sharoitining ba’zi tomonlarini nazorat qilish imkoniga ega bo‘ldi.
Inson tarixiy rivojlanishining uchinchi bosqichi ilmiy-texnika inqilobi bilan bog‘liq bo‘lib, u bundan 1 ming yil oldin boshlangan va keyingi 3—4 yuz yil mobaynida avj olgan.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti tufayli insonning tabiat ustidan hukmronligi ortdi. U sayyoramizning yirik territoriyalarini o‘z xohishiga ko‘ra o‘zgartira olish imkoniga ega bo‘ldi va nihoyat hayot uchun noqulay bo‘lgan Arktika, Antraktidani ham o‘zlashtirishga, koinotning quyi qismini zabt etishga erishdi.
Darslikning XI bobida evolyusiyaning boshlang‘ich materiali, birligi, hodisasi, omillari bilan tanishildi. Inson o‘zinio‘zi anglab, biologik mavjudotdan ijtnmoiy mavjudotga aylangandan so‘ng, biologik omillarning inson taraqqiyotiga ko‘rsatgan ta’siri asta-sekin kamayib, ijtimoiy omillarning ahamiyati orta borgan. Lekin shunga qaramay, insonda boshqa tirik mavjudotlar singari oziqlanish, nafas olish, urchish, nasl qoldirish, o‘sish, rivojlanish davom etar ekan, u biologik qonunlarga bo‘ysuna beradi. Lekin ular inson taraqqiyotida asosiy omil rolini bajarmasa ham tabiiy tanlanish kishilar hayotida hech qanday ahamiyatga ega emas, degan xulosaga kelish yaramaydi.
Tabiiy tanlanishning stabillashtiruvchi formasi odamning hozirgi tuzilishi, qiyofasini saqlab qolishga qaratilgan. Keskin mutatsiyaga uchragan zigotalarning homilaligida nobud bo‘lishi, tug‘ilgan chaqaloqlarning o‘rtacha vaznlilari yashovchan ekanligi bunga yorqin misoldir. Keyingi vaqtda atrof-muhitning ifloslanishi tufayli spontan mutatsiyalar hosil bo‘lishn birmuncha ko‘paydi. U yoki bu irsiy kasalliklar bilan tug‘ilgan bolalar kishilik jamiyati uchun nihoyatda xavfli ekanligini qayd etish zarur.
Yangidan hosil bo‘lgan mutatsiyalar u yoki bu regionda yashayotgan odamlar genofondining o‘zgarishiga, uning yangi belgilar bilan boyishiga sabab bo‘ladi. Mutatsiya bosimi yo‘nalishsiz ekanlngini, shunga qaramay bu hodisa har bir shaxsning o‘ziga xos genotipini saqlashga imkon yaratishini aytib o‘tish kerak. Bunday hodisalar mutatsiya jarayonining insonlar genofondiga ta’siri o‘z qimmatini yo‘qotmaganligidan dalolat beradi.
Alohidalanish yaqin vaqtgacha insonlar tarixiyrivojlanishida ma’lum rol o‘ynagan bo‘lsa-da, hozirgi vaqtda xalqlar, mamlakatlar orasidagi aloqa vositalarining rivoj topishi tufayli o‘z ahamiyatini tobora kamaytirib bormoqda. Alohidalanish to‘siqlarining bartaraf etilishi tufayli inson genofondi tobora boyib bormoqda. YAqin vaqtgacha yuqumli kasalliklar bo‘lgan vabo, sil, moxov va boshqalardan odamlar ko‘plab qirilgan bo‘lsa, endilikda ularga qarshi davo choralari ishlab chiqilganligi va amaliyotga tatbiq qilinganligi tufayli ulardan o‘lish juda kamayib ketdi. Bu hodisa hayot to‘lqinlari ham evolyusiya omili sifatida insonning tarixiy rivojlanishida kam ahamiyatli ekanligini ko‘rsatadi.
Bayon etilganlardan ma’lum bo‘ladiki, evolyusiyaning boshlang‘ich omillaridan faqat mutatsiya jarayonining odam genofondiga ko‘rsatgan ta’siri o‘zgarmagan, xolos. Shuni nazarda tutgan holda odam tanasining tuzilishida, tashqi qiyofasida kelgusida biror-bir keskin o‘zgarish kutilmaydi. Odamda ro‘y beradigan o‘zgarishlar jamoa ravishda axborot to‘plash, uni saqlash, kelgusi naslga berish, tabiatni yanada ko‘proq egallashga qaratilgan bo‘ladi.
Insonning kelajagi ayrim shaxslarning aql-idroki bilan emas, balki jamiyatning aql-idroki bilan belgilanadi.
Dastlabki aqlli odamlar turi toza suv, sof havoli muhitda tarkib topgan. Keyingi yillarda zaharli ximikatlardan, mineral o‘g‘itlardan keng foydalanish, yangi sanoat markazlari, shaharlar, transport vositalari ko‘payishi tufayli atrof-muhitning ifloslanishi tobora ortib, zararli mutatsiyalarni keltirib chiqarmoqda. Keyingi vaqtda allergiya kasalligining xilma-xil formalari ko‘payib ketganligi bunga yaqqol misoldir.
Har bir odam ko‘chib yuruvchi biotsenozdir. Uzoq davom etgan evolyusiya natijasida odam tanasida ko‘pgina mikroorganizmlar birgalikda yashaydi. Ichaklarda yashaydigan achituvchi bakteriyalar, zamburug‘lar, terida uchraydigan ko‘pgina mikroorganizmlar shular jumlasidandir. Hayot tarzining o‘zgarishi ana shu mikroorganizmlar hayotiga ham ta’sir etmay qolmaydi. Odam tanasidagi biotsenozning o‘zgarishi, albatta, unga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin