Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-hozir.org
Shaxs strukturasi muammosi. Shaxs strukturasi muammosi ob’yektning ierarxik tuzilishi va alohida darajalar o‘rtasidagi tiplarning aloqalarini nuqtai nazaridan o‘rganishni qo‘llab-quvvatlovchi sistemalilik prinsipi bilan chambarchas bog‘liq.
Shaxs xulq-atvor motivatsiya muammosi. Shaxs xulq-atvor motivatsiyasi muammosi faollik prinsipiga asoslangan bo‘lib, quyidagi qator masalalarni hal qilish bilan bog‘liq:
1) motivlar klassifikatsiyasi,
2) motivlar tizimining o‘zgarishi,
3) motivlar o‘zgarishi,
4) motivlarni faollashtirish,
5) motivatsiya jarayonining dinamikasi,
6) motiv va maqsadlar o‘zaro munosabati,
7) xulq-atvor motivatsiyalariga ta’sirining xilma xilligi.
Motivlarni klassifikatsiyalash mezonlarini aniqlash, biogenetik va sotsiogenetik ehtiyojlarni ajratish, har xil darajali motivlarning aloqadorlik prinsiplarini o‘rganish singari (masalan, G.Olport va boshqalar bo‘yicha motivlarning funksional avtonomiya prinsipi) singari muammo doirasidagi xususiy masalalar shakllanadi.
Motivlar o‘zgarishi muammosi o‘zida bilvosita motivatsiyalash yo‘li bilan yangi ehtiyojlarni (V. Vilyunas), motivning maqsadga o‘zgarish mexanizmi yordamida (A.N. Leont’yev), identifikatsiya va rollarni qabul qilishnihosil qiladi.
Motivlarning ko‘pincha anglamaslik oqibatida ularni o‘lchash va o‘lchash vositasi sifatida an’anaviy so‘rovnomalar hamda testlarni qo‘llash imkonsizligi bilan bog‘liq muammo vujudga keladi. Aynan shu sababli proektiv testlardan foydalanish va ularning psixometrik xarakteristikasi haqidagi masalasini muhokama qilishga to‘g‘ri keladi.
Vaziyat omilining inson xulq-atvoriga ta’siri, ma’lum motivlarni faollashtirish muammosi ma’lum shart-sharoitlar ichki zo‘riqishni hosil qiladi (stimullarning jadal ta’siri, yangiligi, murakkablik) va individning bir xil ko‘rinishdagi harakatlarni sodir qilishga (masalan, reaktiv agressiv harakatlarni, xulq-atvor vasiyligi, muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlikka mo‘ljal olish) olib keladi.
Motivatsiya jarayonlarning o‘rganish dinamikasi faoliyatni tarqab ketishi yoki uning yangilanishi, ularning shartlovchi, izchilligi va bosqichlar ketm-ketlig sababini yoritishdan iborat bo‘ladi.
Motiv va maqsad munosabatlari haqidagi masla faoliyat mazmun hosi qilishi, individning harakat qilishga undashi va yo‘naltirishi o‘rtasidagi munosabatlar xarakteri bilan bog‘liq.