3. Shaxs taraqqiyoti muammosi, birinchi navbatda, determinizm va taraqqiyot prinsiplarisingari qator metodologik prinsiplar bilan bog‘liqdir. Shaxs taraqqqiyotining manbai uning turmush tarzi, sotsial-tarixiy shakllanish sharoitlaridan iborat.Odam ijtimoiy mavjudod sifatida sotsiallashuvning alohida bosqichlari yoki o‘zida mujassalashtirgan va ma’lum sotsial rollar, ijtimoiy me’yor va standartlarni qabul qilishga munosabatidan o‘tganligi. Hayot yo‘li- xususiy tarixining sub’yekti sifatida, hayotiy jarayonlarni tartibga solish, barqaror va bir vaqtning o‘zida egiluvchan shaxs strukturasini shakllantirish yo‘lidagi inson taraqqiyoti.
Inson sub’yekt sifatida taraqqiyotning uch darajasidan o‘tadi:
Birinchi darajasi “sub’yekt o‘zini haqiqiy o‘zgarishlarini mos tarzda anglamaydi, u o‘zining vaziyatga ta’sirini inobatga olmaydi. Bu darajada sub’yekt sifatida maqsadga erishish yo‘lidagi qiyinchiliklarni bartaraf etishdagi maqsad qo‘yish va harakat aktlari orqali namoyon bo‘ladi”
Ikkinchi daraja, shaxs “xulq-atvori maqsad va motivlarini ongli nisbatini topuvchi, harakatlari natijalarini bilvosita va bevosita ko‘rib chiqishga intiluvchi sub’yekt” sifatida o‘zining maqsad va xulq-atvorini tartibga solishga, motivlarini anglashga qobiliyatlidir.
Taraqqiyotning uchinchi darajada shaxs “o‘zining hayot yo‘li sub’yektiga aylanadi, o‘z davrining tarixiy vaqti ongli o‘lchaydi”. Bu erda birinich navbatda individuallik sifatida, ya’ni insonning faqatgina noyobligini emas, balki sub’yektning ijtimoiy-tarixiy jihatdan takrorlanmaslik ahamiyatini ifodalaydi. Bu darajada shaxs eng ko‘p erkinlikka ega bo‘ladi,
Keyingi muammo psixik salomatlik va psixopatologiya, ya’ni sog‘lom shaxsning ifodalovchi mezonlar muammosi. Z.Freyd bo‘yicha bu toifa mezonlarga me’yordagi shaxslararo munosabatni qo‘llab-quvvatlash o‘quvi, A.Maslou bo‘yicha esa sodda ehtiyojlardan anchagina mukammal, masalan, o‘zini o‘zi kamol toptirish ehtiyojlariga o‘tishdan, E.Erikson bo‘yicha esa shaxs taraqqiyoti bosqichiga ko‘ra asosiy muammolarni ijobiy hal qilish o‘quvidan iborat1.
Dostları ilə paylaş: |