Леонтьев А.Н. Лекции по общей психологии: учеб.пособие для студ.высш.учеб.заведений. – 5-е изд., стер. – М.: Смысл; Издательский центр «Академия», 2010. – 511 с.
Лурия А.Р. Лекции по общей психологии. –СПб.: Питер, 2006. – 320 с.
Nazorat savollari
Ongni rivojlanishi va unga ijtimoiy tarixiy tajribalarni o‘zlashtirilishi.
O‘zlashtirish jarayonining tavsifi.
Intereorezatsiya tushunchasi bolaning birgalikdagi faoliyatdan alohida faoliyatga ztish holati.
Eksteriorizatsiya tushunchasi ijodiy faoliyatni shakllanishidagi o‘rni.
YUqori psixik funksiyalarni shakllanishi.
YUqori psixik funksiyalarni ixtiyoriy xarakteri ijtimoiy va bilvosita.
Ongning shakllanishi va inson shaxsi.
8-mavzu: Psixik jarayonlar va miyaning o’zaro aloqadorligi. Reja:
Insonda miya va psixik jarayonlarning shakllanishi
Psixik jarayonlar va miya faolligi orasidagi o‘zaro munosabatlar
Inson individualligining shakllanish qonuniyatlari
Harakat inson faoliyatining o‘ziga xosligi sifatida
Xatti-harakatningtarkibiy tuzilishi va darajalari
Maqsadga yo‘naltirilgan xatti-harakatlar
Insonda miya va psixik jarayonlarning shakllanishi Asab tizimi markaziy, periferik va vegetativ bo‘limlardan iborat. Markaziy asab tizimi (MAT) bosh va orqa miyani o‘z ichiga oladi. Miya organizmda boshqaruvchi funksiyasini o‘taydi va psixomotor faoliyatni ta’minlab beradi. Bundan tashqari, miya psixik jarayonlarni boshqarib, organizmning beshta asosiy sezgilarini, ya’ni ko‘rish, eshitish, ta’m bilish, hid bilish va sezishni nazorat qiladi.
Periferik asab tizimi – nervlar va nerv tugunlaridan iborat. Periferik nervlar majmuasi yurak, o‘pka, ovqat hazm qilish tizimi va boshqa ichki organlar, tomirlar va to‘qimalarni ta’minlaydi, bularning barchasi vegetativ asab tizimini tashkil etadi. Uning faoliyati insonning irodasiga bog‘liq bo‘lmaydi.
Asab tizimi organizmning ixtiyoriy va ixtiyorsiz bajariladigan funksiyalarini bajaradi. Ixtiyorsiz bajariladigan funksiyalarga misol qilib ovqat hazm qilish funksiyasini keltirishimiz mumkin. Asab tizimini tashkil etuvchi milliardlab asab hujayralari organizmning o‘zidan, shuningdek, tashqi muhitdan axborot qabul qiladilar.
Bosh va orqa miya – ikki hayotiy muhim organlar – miya qutisi va umurtqa pog‘onasi suyaklari bilan o‘ralgan va himoya qilinadi. Miyaning asosiy tarkibiy qismlari bo‘lib bosh miya katta yarimsharlarlari, miyacha, miya stvoli va orqa miya hisoblanadi. Miya yarimsharlari – bu organlardan axborotni qabul qilib, tananing boshqa qismlariga o‘tkazuvchi asosiy qismidir. YArimsharlar nutq, tafakkur va xotiraga ma’suldirlar. Miyacha asosan tana harakatlarini muvofiqlashtirishga yordam beradi. Orqa miya yurak faoliyati, nafas olish va qon bosimi kabi funksiyalarni boshqaradi.
Asab tizimi endokrin tizim bilan uzviy hamkorlikda inson barcha organlarining faoliyatini boshqaradi. Inson fikrlari, xotiralari, hissiyotlari yoki sezgilari, shuningdek, uning har bir anglangan harakati amalga oshirgan faoliyatining aksi bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, asab tizimi, ichki, vegetativ, anglamaydigan funksiyalar: tana harorati, yurak urishi va boshqa gomeostaz (muvozanat, doimiylik)ni tashkil etuvchilarni boshqaradi.
Asab tizimi somatik va vegetativ bo‘limlarga ajratiladi. Birinchisi, skelet mushaklari qisqarishi yordamida sezuvchanlik va harakat bilan ta’minlagan holda organizm bilan tashqi muhit o‘rtasidagi aloqani amalga oshiradi. Ikkinchisi, moddalar almashinuvi, nafas olish, ajratishga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Miya oq va kulrang moddadan iborat. Kul rang modda asab hujayralarining to‘plamlaridan hosil bo‘ladi, oq moddani esa asab tolalari tashkil etadi. YAqin vaqtgacha kulrang modda asosan yurish va yugurishga bo‘lgan ko‘nikma hosil qilish bilan bog‘lanar edi. Hozirgi kunlarda olimlar yana bir qonuniyatni aniqladilar – yangi raqs harakatlarini o‘rganib, ijro etishga layoqatli insonlarning miyasi faolroq bo‘lar ekan.
Amerikalik olimlar (R. Xaer va boshqalar) erkaklar va ayollar turlicha fikr yuritishlarini aniqladilar. Miya anatomiyasini tadqiq etish orqali erkaklar ko‘proq kulrang moddani, ayollar esa oq moddani faollashtirishlari ma’lum bo‘ldi. Boshqacha aytganda, tafakkur jarayonida kuchli jins ayollarga nisbatan kulrang moddadan 6,5 marta ko‘proq, go‘zal jins vakillari esa oq moddadan 10 marta ko‘proq foydalanar ekan.
Asab tizimining strukturaviy birligi neyrondir. Asab tizimi neyronlar yig‘indisidan iborat bo‘lib, ular o‘zaro bir-birilari bilan maxsus tuzilmalar – sinapslar orqali aloqada bo‘ladilar. Har bir neyronda muntazam ravishda almashinuv jarayonlari ro‘y berib, oqsillar sintezlanadi, asab impulslari to‘plangan holda o‘tkazilib turiladi.
Neyron – o‘ziga xos hujayra bo‘lib, o‘simtalari bo‘ladi: uzun o‘simtalari aksonlar, kalta sertarmoq o‘simtalar – dendritlar deb ataladi. Neyron tanasining o‘rtacha diametri 0,01 mmni, bosh miyadagi neyronlarning umumiy soni esa 100 mlrd.ni tashkil etadi
Rivojlanib kelayotgan miyaga tabiat yuqori darajadagi mustahkamlik zaxirasini joylaydiva natijada, ko‘p miqdorda ortiqcha neyronlar hosil bo‘ladi. Ularning taxminan 70 foizi bolaning tug‘ilish davrigacha nobud bo‘ladi va bu jarayon tug‘ilgandan so‘ng hamumrining oxirigacha davom etadi. Hujayralarning bunday nobud bo‘lishi irsiyat tomonidan oldindan belgilab berilgan bo‘ladi. Neyronlar o‘ta egiluvchandir. Egiluvchanlikning ma’nosi shundan iboratki, nobud bo‘lgan asab hujayralarining funksiyalari ularning o‘z yashovchanligini saqlab qolgan «hamkasblari» zimmasiga yuklanadi, ularning o‘lchamlari kattalashgani hisobiga yo‘qotilgan funksiyalarning o‘rni to‘ldiriladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bosh miyadagi neyronlarning 90 foizga yaqini nobud bo‘lmagunicha, kasallik belgilari namoyon bo‘lmay, inson sog‘lom ko‘rinishini saqlab qolar ekan. YA’nibitta tirik asab hujayrasi to‘qqizta nobud bo‘lgan hujayralarning o‘rnini bosishi mumkin ekan.
Lekin asab tizimining egiluvchanligi keksalik davrigacha zehnni tiniq holatda saqlab qolishning yagona mexanizmi emas. Tabiatning zaxiradagi yana bir yo‘li – voyaga etgan sut emizuvchilarning bosh miyasida yangi asab hujayralarining hosil bo‘lishiyoki neyrogenez hodisasi ham mavjud. Agar asab hujayralari bo‘linmaydigan bo‘lsa, yangi neyronlar qaerdan paydo bo‘ladi? Ular voyaga etgan organizmning o‘zak hujayralaridan hosil bo‘ladi.
Nerv faoliyatining asosiy mexanizmi bo‘lib refleks hisoblanadi. Refleks – organizmning markaziy asab tizimidan beriladigan va u orqali nazorat qilinadigan ta’sirga javob reaksiyasi. «Refleks» atamasi ilk bora 17 asrda fiziologiyaga fransiyalik olim Rene Dekart tomonidan kiritilgan. Ammo bu atama psixik faoliyatni tushuntirib berish uchun 1863 yildagina I.M.Sechenov tomonidan qo‘llanilgan edi. I.M.Sechenov ta’limotini rivojlantirgan holda, I.P.Pavlov tajribada refleksning o‘z funksiyalarini bajarish xususiyatlarini tadqiq etdi.
Barcha reflekslar ikki guruhga ajratiladi: shartli va shartsiz. Shartsiz reflekslar – organizmning muhim hayotiy ta’sirlovchi omillar (ozuqa, xavf va shunga o‘xshashlar)ga nisbatan tug‘ma reaksiyasi. Ularning paydo bo‘lishi u yoki bu sharoitlarni talab etmaydi, masalan, ko‘zni pirpiratish, ozuqani ko‘rganda so‘lak ajratish reflekslari va boshqalar. Shartsiz reflekslar organizmning tayyor tabiiy zaxiradagi javob reaksiyalaridir. Ular ma’lum hayvon turining evolyusiya davomida rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan. Shartsiz reflekslar bir turga mansub bo‘lgan organizmlarda bir xilda bo‘ladi – bu tabiiy tuyg‘ularning fiziologik mexanizmi. Ammo yuqori tuzilgan hayvonlar va insonlarda tug‘ma reaksiyalardan tashqari, ushbu organizm shaxsiy hayotiy faoliyatida orttirgan reaksiyalar, ya’ni shartli reflekslar ham o‘rin tutadi.
Shartli reflekslar – bu organizmning shunday reksiyalaridirki, ular tug‘ma bo‘lmasdan, hayotiy sharoitlarda orttiriladi. Ular ko‘p marotaba takrorlanishlar yoki qat’iy odatlarning shakllanishi sababidan paydo bo‘ladi.