Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə18/176
tarix05.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#174149
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   176
Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-hozir.org

Evolyusion nazariyaning mazmuni
Biologlarning fikriga ko‘ra tabiiy tanlanish jarayonlari hozirgi kunda eng maqbul usullardan biri hisoblanadi. Tabiiy tanlanish jarayonida insonning biologik mayllar ortadi. Tabiiy tanlanish inson munosabatlarga kirish vaqtida o‘z xohish irodalarini ko‘rsatishga, o‘zining ijobiy xislatlarini namoyon qilishga urinadi, shu sababli insondagi o‘zgarishlarni biz boshqacha tahlil qilishimiz ham mumkin. Erkak va ayollarni tabiiy tanlanishga munosabatlari albatta turlicha kechadi ayollarda jinsiy munosabatlarga yondashuv nisbiydir, erkaklarda esa jinsiy munosabatlar xordiq chiqarish usuli sifatida e’tirof etiladi (Schmitt, 2005, 2007).
Zambiyada nasl qoldirishga moyil bo‘lgan ayollar ko‘proq qadrlanadi va farzanlari ko‘p ayollarni alohida hurmat bilan e’tirof etiladi. Ularning tanasi qanchalik katta bo‘lsa, ular shunchalik ulug‘lanishi ham ma’lumdir. Turmush qurish vaqtida yoshi katta erkaklar albatta yosh ayollar bilan turmush qurishni afzal bilishadi. Ayollar ham o‘z vaqtida o‘zlaridan bir muncha katta erkaklar bilan turmush qurish istagini bildiradilar, hozirgi vaqtda ham bu odatlar saqlanib qolgan, faqat ba’zi bir holatlarda ayollar o‘zlaridan kichik erkaklar bilan turmush qurishlari mumkin. Bu misollar evolyusion (tadrijiy) yondashuvlar haqida fikrlashga undaydi. Avlodlardan olingan genotiplar albatta saqlanib, kelajak avlodga etkazib beriladi va shu genlar orqali ba’zi bir xususiyatlar shakllanishi mumkin.
Organizm genotipining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgaruvchanlik mutatsion o‘zgaruvchanlik deyiladi, o‘zgarishlar natijasida hosil bo‘lgan organizm mutant deb ataladi. Mutatsion o‘zgaruvchanlik modifikatsion o‘zgaruvchanlikdan tubdan farqqiladi, hosil bo‘lgan yangi belgi va xususiyatlar (mutatsiyalar) tashqi muhitqanday bo‘lishidan qat’i nazar nasldan-naslga berilaveradi. Mutatsiyalar hosil bo‘lishi hujayraning nodir tuzilishi – xromosomalarning o‘zgarishiga bog‘liq.
Mutatsiya tashqi omillar yoki ichki sabablar ta’sirida hujayraning irsiy tuzilishida yuz beradigan o‘zgarish bo‘lib, organizmlarda yangi belgi va xususiyatlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Boshqacha aytganda, mutatsiya genlarning molekulyar o‘zgarishi, genlar miqdorining hamda xromosomalar soni va tuzilishining o‘zgarishidir.
Irsiy o‘zgaruvchanlik Darvinga ham ma’lum bo‘lib, uni noaniq (yoki muayyan) o‘zgaruvchanlik deb atagan edi. U bunday o‘zgaruvchanlik kuchsiz tafovutlardan to ko‘zga tashlanadigan darajada yaqqol va keskin bo‘lishi mumkinligini aniqlagan. Masalan, 1891 yilda Shimoliy Amerikadagi Massachusets degan joyda normal qo‘ylardan oyoqlari juda kalta qo‘zichoqlar tug‘ilgan. Bunday keskin o‘zgarishlar o‘simliklarda ham uchraydi. XVIII va XIX asrlarda Angliyalik bog‘bonlar mevali va manzarali o‘simliklar shoxidagi kurtaklardan morfologik jihatdan asosiy novdalardan keskin farq qiladigan novdalar o‘sib chiqqanligini aniqlagan edilar. Ammo Darvin zamonida hali irsiyat va o‘zgaruvchanlik qonuniyatlari kashf etilmagan, shu sababli o‘zgaruvchanlikning turli formalari o’rtasidagi tafovutlar aniq emas edi. O‘zgaruvchanlik shakllari haqidagi masala XIX asrning oxiri XX asr boshlarida ilmiy asosda ishlab chiqildi.
«Mutatsiya» atamasini fanga gollandiyalik botanik G.Friz kiritgan. U organizm irsiy belgilarining keskin o‘zgarishi hodisasini mutatsiya deb atadi. G.Frizning asosiy ta’limoti «Mutatsiya nazariyasi» (1901-1903) degan asarida bayon qilinganbo‘lib, hozirgacha o‘z mohiyatini saqlab kelmoqda.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin