Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə121/176
tarix05.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#174149
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   176
Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-hozir.org

Nazorat savollari
        1. Shaxsning individual-psixologik xususiyatlari .


        2. Temperament-shaxsning dinamik xususiyati ekanligi.


        3. Temperament nazariyalari.


        4. Xarakter. Xarakter xususiyatlarining shakllanishi.


        5. Xarakter aksentuatsiyasi.


        6. Qobiliyatning aniqlash yo‘llari.





13-mavzu. Sotsiogenezda shaxs

14-mavzu. SHAXSNING O‘ZINI O‘ZI ANGLASHI. MEN-KONSEPSIYASI. SHAXSNING IJTIMOIY TASAVVURLARI
Reja:
1. O‘zini o‘zi anglash: jarayoni va natijasi
2. Men-konsepsiyasi va jinsiy o‘xshashlikning shakillanishi
3. Gender o‘xshashligi
4. Ijtimoiy tasavvurlari: muammolar va istiqbollar


O‘zini o‘zi anglash: jarayoni va natijasi
O‘z-o‘zini anglash jarayon va natija sifatida ko‘riladi. Odatda, o‘z-o‘zini anglash ob’yektiv dunyoga qarama-qarshi qo‘yiladi. Bunda aloxida e’tibor ong va o‘z-o‘zini anglash nisbatiga, ong birinchiligi masalasiga beriladi. S.L.Rubenshteyn ongga bo‘lgan ideolistik qarashni tanqid qiladi, unga ko‘ra “psixik mavjutlik uning anglashi bilan; psixikani moxiyati shundaki, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zini-o‘zi bilishda; ruhiyat ong bilan, ong-ruxiyat bilan bir deb xisoblanadi. Natijada ruxiyat anglash doirasida cheklanib qoladi, uning ongi va bilishi- to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumot borligi”. O‘z qarashini ong va o‘z-o‘zini anglash muammosida ximoya qilib Rubenshteyn, o‘z-o‘zini anglash o‘z ichiga, o‘z-o‘ziga munosabatni kiritadi, lekin to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki shaxsning butun xayoti va sub’yektning xayotiy ko‘rinishlari vositachiligida, deb ta’kidlaydi. Ong o‘z-o‘zinianglashdan emas, balki o‘z-o‘zini anglash sub’yektning aktivligidan shakillanadi. “O‘z-o‘zini anglash va o‘z-o‘zini bilishning ob’yekti “toza” ong emas, balki ong insonning real material mavjudligida aloxida , insonning o‘zi esa o‘z borlig‘ining o‘zluksiz butunligida”.
O‘z-o‘zini anglashni jarayon va maxsulot sifatida ajralishini U.Djems tomonidan kiritilgan. U Men-angluvchi(I) va Men-ob’yekt-kabi(Me) ajratgan. Men-angluvchi toza tajriba, o‘z-o‘zini anglashning protsessual xarakteristikasi. O‘z-o‘zini anglashning bu ikki aspektni biz faqat nazariyasiga nisbatan avtonom sifatida tasavvur qilishimiz mumkin, chunki ular real xolatda bir-birisiz mavjud emas.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin