Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-hozir.org
Inson xarakteri va shaxs kamoloti Inson xarakterini tarkib toptirishning muhim omili tariqasida vaziyat (situatsiya) etakchi rol uynaydi va regulyatorlik funksiyasini bajaradi. Bizning fikrimizcha, vaziyat goho qo‘shstimul, juft determinator, qo‘shmexanizm sifatida uzluksiz ruhiy holatlar (qaysi muhitda bo‘lishdan qat’i nazar) vujudga kelib turishini ta’minlashi mumkin. Vaziyatlar ekstremal (favqulodda), kazusli (tasodifiy), kazual (sababiy) kabi ko‘rinishlarga ega bo‘lib, ularning har qaysisi o‘ziga xos xususiyatlari bilan o‘zaro muayyan darajada ajralib turadi.
Ekstremal vaziyatlar yo tabiiy omillar, hodisalar ta’siri, natijasi mohiyatidan kelib chiqib, ofatlar, larzalar, tabiatning injiqliklari, mo‘‘jizalari, dahshatli kuchlari shaklida namoyon bo‘lishi, vujudga kelishi, kechishi va rivojlanishidan iboratdir. Individning muayyan darajada uyushgan guruh (etnik birlik)ning munosabati xarakterologik xususiyatlarning shakllanishiga zarur ob’yektiv va sub’yektiv qulay sharoitlar yaratilishiga imkon yaratadi. Vaziyatlar o‘zining mohiyati bilan rasmiy yoki norasmiy guruhlar, maxsus mutaxassislar tomonidan uyushtirilishi ham mumkin (harbiy mashqlar va hokazo). Ularning aks sadosiga nisbatan javob reaksiyasi (goho aksiya) sifatida vaziyatlarning qatnashchilari munosabati ularning xarakter xususiyatlarida ifodalanadi. Kutilmagan favkuloddagi vaziyatlar qatoriga psixoterapevtik ta’sir o‘tkazish, gipnotik holatga keltirish, ongsizlikka tushirish oqibatlarida bir yoqlama ruhiy ta’sir o‘tkazish hamda ta’sirga berilish (diada, triada, poliada) natijasida o‘taishonch bildirish tufayli ta’sir doirasiga kirib qolish milliy xarakterning kuchliligi yoki kuchsizligini namoyish qiladi.
Mazkur vaziyatlar qatoriga alkogolizm, narkomaniya, taksikomaniya holatlaridan ongsiz ideomotor harakatlarga tortilganlik, insoniy qiyofadan hayvoniy hirslarga o‘tish, fikrlarni uzatishda qo‘pol nuqsonlarga yo‘l qo‘yish, o‘zini o‘zi ongli ravishda boshqarish (guruhiy jipslik) imkoniyatini yo‘qotish jarayonlari shular jumlasidandir.
Sub’yektiv maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan sun’iy vaziyatlar ham xarakterologik xislatlarni sinashda muhim ob’yekt sifatida xizmat qiladi (masalan, shijoat, ehtiros, stress, affekt).
1. Kazusli (tasodifiy) vaziyatlar inson hayoti va faoliyatida alohida ahamiyat kasb etib, unda ishonch, qat’iyatlik, barqarorlik, mustaqillik, ta’sirga beriluvchanlik kabi xislatlar yoki illatlar ustuvorligi hamda barqarorligi haqida ma’lumot olishga zamin hozirlaydi.
Bunday vaziyatlarni keltirib chiqaruvchi omillardan biri — bu tolerantlikning vujudga kelishi bilan neyrofiziologik, psixofiziologik mexanizmlardan iboratdir. Bizning ta’birimizcha, uni keltirib chiqaruvchi omillar, asosan ikki qutbga taalluqli bo‘lib, biri tasodifiy, yondosh qo‘zg‘atuvchilar ta’sirida yuzaga kelib tolerantlikka asoslanadi, ikkinchisi esa ichki qo‘zg‘ovchilar «reaksiyalar» («aksiyalar») orqali ifodalanib, ko‘proq sub’yektiv omillar mahsuli hisoblanadi, armonning har xil shakllari funksiyasini bajaradi. Omadlilik xuddi shunday ruhiy hodisalarni vujudga keltiradi, shaxsning (etnik birlikning, jamoaning) faollikka undovchi uzluksiz xatti—harakatlar qo‘shstimul vazifasini muvaqqat bajarishga kirishishi mumkin. Birinchi holatda shijoat harakatlantiruvchi mexanizm rolini bajarsa, ikkinchisida esa ushalgan ezgu niyat, ichki ruhiy g‘alayon, tug‘ilayotgan fikrlarning «jangi», ularning o‘zaro qarama—qarshi tayanch nuqtalariga ega ekanligi hal qiluvchi stimul funksiyasini ijro etadi. Shaxslararo munosabat negizidan kelib chiquvchi muvaffaqiyat va muvaffaqiyasizlik, omadlilik va omadsizlik kabilarni vujudga keltiradi. Masalan, talabaning yuqori ballga erishganligi uni yanada ilhomlantiradi, kursdoshida esa ikki xil xususiyatli kechinmani yuzaga keltirib, bir tomondan xohish, ishtiyoq, ilhom, ezgulik his tuyg‘ularining kuchayishiga olib keladi. Ikkinchi tomondan esa g‘ayrilik illati individni (shaxsni) faollik sari etaklaydi.
2. Kauzal (sababiy) vaziyatning paydo bo‘lishi sub’yektiv kechinmalar, manbalar negizi bilan uyg‘unlashib, xilma—xil ehtiyojlar, motivlar, egoistik yoki alturistik pozitsiyalar, tub ma’nodagi fidoiylik namunasining sababiy bog‘liqliklar (determinatorlar) mahsuli ustiga quriladi, Vatanparvarlik tuyg‘usi insonni (guruhni, jamoani) ijodiy izlanish sari etaklaydi, barqaror harakatlantiruvchi kuchlarni vujudga keltiradi, puxta mexanizmlar uzluksizligini ta’minlashda ishtirok etadi. Qonuniyatlar ma’naviy jihatdan eskirishi, yangilarini ochishga intilish, muayyan nazariyalar yaratishga ishtiyoqlilik tug‘ilishi ham jismoniy, ham huquqiy shaxs (guruh) oldiga istiqbol maqsadlari rejalarini qo‘yadi.