Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə116/176
tarix05.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#174149
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   176
Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-hozir.org

Xarakter

Ijtimoiy turmushda hayot va faoliyat ko‘rsatayotgan har qanday shaxs o‘zining individual psixologik xususiyatlari bilan boshqa insonlardan ajralib turadi va bu farqlar uning xarakter xislatlarida o‘z ifodasini topadi. Xarakter tushunchasi yunoncha so‘z bo‘lib, «charakter» bosilgan tag‘ma yoki qiyofa, xislat degan ma’noni anglatsa-da, lekin u psixologiyada torroq mazmunda qo‘llaniladi. Xuddi shu boisdan insonning barcha individual xususiyalarini xarakter xislati tarkibiga kiritib bo‘lmaydi, chunonchi, aqlning tiyrakligi, topqirligi, xotiraning barqarorligi, ko‘rishning o‘tkirligi idrokning tanlovchanligi singari individual psixologik xususiyatlar bunga yorqin misoldir.


Psixologiya fanida xarakterga turlicha ta’rif berilishiga qaramay, uning asosiy belgilari ta’kidlanishi bilan bir-biriga mohiyati bilan muvofiq tushadi. Masalan, shaxs xulqining tipik usullari bilan bog‘liq, faoliyat, muammolari va munosabatda namoyon bo‘luvchi, mujassamlanuvchi, uning barqaror individual xususiyatlari majmuasi xarakter deyiladi. Shaxsning tabiatga, jamiyatga, o‘ziga, ashyolarga (narsalarga) nisbatan munosabatlari asosiy va muhim belgisi bo‘lib hisoblanadi. Odatda shaxsning munosabatlari xarakter xislatlarining individual o‘ziga xos xususiyatlarini ikki xil yo‘sinda aniqlash imkoniyatiga ega.
  1. Shaxs xarakterining xususiyati ro‘yobga chiqadigan har qanday vaziyat, sharoit, holat, muhit hissiy kechinmalarning individual o‘ziga xos xislati uning munosabatlariga bog‘liq. Misol uchun, ishlab chiqarishga yaqinda kelgan A. B. ning xarakter xislati mana bunday ro‘yobga chiqadi: korxona ma’yus, o‘zini jasoada noxush sezadi, tortinchoq, rahbar va hamkasabalaridan cho‘chiydi, xonadonida (mahallada) va tengdoshlari davrasida ko‘tarinki ruhda, kayfiyati a’lo darajada, ular bilan munosabati iliq, vaqtichog‘, o‘zini atrofdagilarga yaqin tutadi. Ushbu hodisani to‘g‘ri baholash uchun A. B. ning xarakter xislatlarini aniqlash, uning namoyon qilgan harakatlari va qiliqlarini tasvirlash bilan cheklanib qolmasdan, balki bir nechta holatdagi hissiy kechinmalarni tahlillash hamda voqelikni to‘g‘ri tushuntirishga erishish lozim.


  2. Har qanday favquloddagi tipik holatdagi (muhitdagi) harakatning sifatlari hamda individual o‘ziga xos usullari shaxsning munosabatlariga taalluqlidir. Jumladan, yuqorida keltirilgan misolda A. B. ning xarakteri uning o‘zini ishxonada hamda mahallada tutishida o‘z ifodasini topadi. Shu bilan birga xarakterning xislati hisoblanmish mehnatsevarlik: a) mehnat insonlarga rohat tuyg‘usi keltirishida, ishsizlikda afsus chekishida; b)atrof-muhitdagi narsalarga diqqatini chalqitmay, vaqtni behuda sarflamay, vujudi bilan vijdonan mehnat qilishida ro‘yobga chiqadi.


  3. Shaxs harakatlarining sifati va ularning oqilona usullari nafaqat uning munosabatlariga aloqador, balki insonning irodaviy, hissiyoti, diqqati, aqliy sifatlariga yoki psixik jarayonlarining individual xususiyatlariga ham bog‘liqdir. Chunonchi, mehnatda ko‘zga tashlanadigan tirishqoqlik, puxtalik mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni aks ettirishga emas, balki boshqa omillarga: a) diqqatning to‘planishiga (markazlashuviga), b) harakatlarning aniqligi, maqsadga yo‘nalganligi, v) irodaviy zo‘r berishga, g) usullar mahsuldorligiga, d) aqlning tiyrakligiga bog‘liq. Xarakterning aqliy, hissiy, irodaviy xislatlariga ajratishni harakat usullaridan hamda xilma-xil ruhiy jarayonlarning ustivorlik qiluvchi ta’siridan kelib chiqqan holda amalga oshirish mumkin.


Xarakter xislatlari shaxsni muayyan faoliyatga chiqishi mumkin. Ma’lumki, xarakterning aksariyat xislatlari shaxsning xatti-harakatlari muvaffaqiyatini belgilovchi turtki va faol mayllar bo‘lib hisoblanadi. Odatda shaxslar o‘zaro o‘xshash sharoitlarda bir xil motivlar va munosabatlarga asoslanib, aniq maqsadga intilib, maqsadga erishishga mutanosib harakat usullariga nisbatan moyillikni namoyon etadilar. Moyilliklar negizida xarakter xislatlarining undovchanlik kuchi vujudga keladi va uning ta’siri tufayli inson tabiiy sharoitga zid, maqsadga nomuvofiq harakat usullaridan foydalanadi.


Shaxs ba’zida o‘z xarakter xislatidan afsuslanadi, lekin boshqacha harakatni amalga oshirishni uddasidan chiqmaydi. Xorijiy psixologlarning tasdiqlashicha, ayrim insonlar faoliyatida muvaffaqiyasizlikdan xavsirashga qaraganda, ular o‘z yutuqlarini yuksakroq qadrlaydilar va yuqori baholaydilar. Muvaffaqiyasizlik ular uchun halokatli hodisa emas, shuning uchun «tavakkalchilik»ka qo‘l urishida davom etaveradilar. Boshqa toifadagi odamlar muvaffaqiyasizlikdan cho‘chiydilar, o‘ta ehtiyotkor bo‘ladilar, qiyinchilikdan yuz o‘giradi, engil ishga qo‘l urishni lozim topadilar.
Maqsadga nomuvofiq, lekin shaxs uchun o‘ziga xos harakat usullarini tanlashga moyillik kuchli irodaviy zo‘r berish sharoitlarida, jiddiylik (zo‘riqish) vaziyatlarida yorqin aks etadi. Inson uchun o‘ziga xos harakat usuli favquloddagi sharoitda maqsadga muvofiq kelsa, u holda o‘z xislatiga nomuvofiq, bir xil yo‘sindagi usullaridan foydalanishga qaraganda ko‘p kuch-quvvat, qat’iylik, ishchanlik namoyish qilinishni ma’qul topadi. Mabodo xarakter xislatlari talabiga (ob’yektiv) sharoit talabiga qarshi harakat qilishga undasa, uning xislatlari o‘ziga xalaqit va pand beradi. Xarakter xislatlari sharoit vaziyat talablariga muvofiq tushsa, u holda bunda shaxs ijobiy faoliyat ko‘rsatadi, butun kuch-quvvatini jamlab harakat qilishga imkon tug‘iladi.
Shunday qilib, xarakat xislatlari shaxsni muayyan yo‘sinda intilishiga, ba’zida sharoitga zid harakat qilishga undash bilan birga, ular murakkab vaziyatlarda yorqin ro‘yobga chiqadilar. Haqqoniylik, dadillik, to‘g‘rilik shaxsni noxush kechinmalarga olib kelishiga qaramay, uni davralarda haqiqatni tik aytishga undaydi, sobitqadamlikni shakllantirishga xizmat qiladi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin