142
ta’limining milliy uslubiyoti, uning bolalarda musiqaviy ijrochilik, ritmik
qobiliyatlarini rivojlantirishga
qaratilgan usullari, musiqiy tarbiyaning dastlabki
bosqichida o‘quvchining badiha va boshqa ijodiy harakatlarini rag‘batlantiradi.
Bolgariya musiqa ta’limi tizimida notasiz kuylashdan, notaga qarab kuylash
jarayoniga o‘tishda 1923-yilda Boris Trichkov tomonidan ishlab chiqilgan
“stolbitsa” (ustun) metodi keng tarqaldi. Oddiy, ommabop, qiziqarli bo‘lgan
“stolbitsa” usuli, ayniqsa, umumta’lim maktab bolalari bilan ishlashda katta
yordam bermoqda. Bu uslub asosan musiqa savodi jarayonida qo‘l keladi. Biroq,
amaliyotda qo‘shiq kuylash, musiqa tinglash jarayonlarida
bu metoddan faqat do
major miqyosidagina foydalanish mumkin. Boshlang‘ich sinflarda musiqa darsini
barcha o‘quv fanlaridan mashg‘ulot olib boradigan pedagoglar o‘tkazadilar. Ular
gimnaziyani bitirgach, muallimlar institutida ta’lim oladilar. Muallimlar institutida
o‘qish muddati uch yil.
5–8-sinflarda ashula darsini ikki o‘quv fani (masalan, til va ashula) bo‘yicha
pedagogika institutining maxsus fakultetida ta’lim olgan o‘qituvchi o‘tadi. 9–12-
sinflarda esa konservatoriyaning musiqiy pedagogika bo‘limlarining bitiruvchilari
olib boradilar. Ularning o‘qish muddati 4 yil.
O‘quv dasturlarida ko‘rsatilganidek, musiqa darsini asosini guruhli kuylash
va musiqa cholg‘ularida ijro etish tashkil etadi. Darslarda qo‘llaniladigan musiqa
cholg‘ulari turli-tumandir: urib chalinadigan cholg‘ular – bolgar (milliy) va maktab
o‘quvchilari tomonidan yasalgan havaskorlik cholg‘ulari; metallofonlar, milliy
puflab chalinadigan (surnaycha, hushtak va hokazo), furuylar (venger xalq
cholg‘usi); “melodika” (akkordeonga o‘xshash katta bo‘lmagan cholg‘u). Bu
cholg‘ularda ijro etish unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi va bolalarni musiqa
darslariga faol jalb qiladi. Ko‘pchilik bolgar o‘qituvchilari musiqiy cholg‘ularni
darslarda keng qo‘llanishiga ehtiyotkoronalik bilan qarashmoqda.
Ularning
fikrlariga ko‘ra mazkur cholg‘ularni dars jarayoniga tatbiq etish boshqa faoliyat
turlariga kam e’tibor berilishiga sabab bo‘lmoqda. 1970-yillarda qabul qilingan
dasturga ko‘ra musiqa tinglash jarayoniga juda kam soat ajratilgan bo‘lib, musiqa
143
darslarining asosiy faoliyatlari jamoa bo‘lib kuylash va musiqiy cholg‘ularda ijro
etishdir. O‘tgan yillar tajribasi shuni ko‘rsatdiki, mazkur dastur o‘zini oqlay oldi.
Maktabdagi o‘quv jarayoni darsliklar va o‘qituvchilarga mo‘ljallangan
uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlangan bo‘lib, bu narsa, albatta, ommaviy
musiqiy tarbiyani amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. 2–9-sinflar uchun
yaratilgan darsliklar o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun muhim vosita bo‘lib xizmat
qilmoqda. Bundan tashqari o‘qituvchilar uchun chiqarilgan o‘quv qo‘llanmalar
notaga qarab kuylash, metodika masalalari, vokal-xor malakalarini shakllantirishga
qaratilgan bir qator muammolar yechimiga qaratilgan. Bolgariyada
sinfdan tashqari
ta’lim masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, xor madaniyatini
rivojlantirishga Sofiya o‘smirlar saroyining “Bodra smyana” bolalar xor jamoasi
o‘zining ulkan hissasini qo‘shdi. Jamoa 1947-yilda tashkil topgan bo‘lib, u ko‘p
yillar davomida bu jamoaga Bolgariya xalq artisti, professor Boncho Bochev
rahbarlik qilgan edi. Xor jamoasi tarkibida 380 a’zosi bo‘lib,
katta va kichik
yoshdagi bolalar guruhlari, 100 kishilik konsert guruhidan iborat. Mazkur jamoa
dasturiga murakkab ko‘povozli, turli janr va uslubdagi asarlar kirgan. Bolalar va
o‘smirlar havaskor xor maktab – studiyasi bolalar xor jamoalarining zamonaviy
ko‘rinishi sifatida yosh ijrochilar uchun ma’lum kasbiy istiqbollarini ochib beradi.
Shunday jamoaning muntazam konsert faoliyati,
havaskor xor jamoaning xor
maktabiga aylanishidagi muhim shart-sharoitlaridan biridir. Yuqorida tilga olingan
jamoadan tashqari, Bolgariyada boshqa juda ko‘p bolalar va o‘smirlar xor
maktablari mavjud. Ushbu maktablarda ta’lim olayotgan o‘quvchilar kasbiy xor
jamoalarining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday xor jamoalari
negizida turli xil repertuarga ega bo‘lgan kamer, modregal, katta konsert jamoalari
shakl topishi mumkin. B. Bochev “Bodra smyana”
xor jamoasining ish tajribasini har bir bolalar xor jamoasiga tatbiq etish mumkin.
Bolalar va o‘smirlar havaskor xor maktablarini mustahkamlash zamon talablariga
javob beradigan, mukammal tashkiliy o‘quv shakllarini vujudga keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: