Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari


YAPONIYADA MUSIQA TA’LIMI TIZIMI



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

 
YAPONIYADA MUSIQA TA’LIMI TIZIMI 
 
Yaponiya – go‘zallikni ulug‘laydigan mamlakat, shuning uchun bolalarda 
estetik didni shakllantirish va rivojlantirishga bo‘lgan intilish maktab o‘quv 
rejasidagi «musiqa» o‘quv fanida o‘z ifodasini topgan.
Birinchi sinfda o‘quvchilar musiqa bilan haftada uch marta, ikkinchidan to 
sakkizinchi sinfga qadar – ikki marta, to‘qqizinchi sinfda esa haftada bir marta 
shug‘ullanadilar. Mashg‘ulotlarni olib boradigan pedagoglar o‘rta ma’lumotli, 
aksariyati esa maxsus oliy ma’lumotga egadirlar.
Yaponiyalik muallimlar 1-sinf bolalarining musiqiy tarbiyasiga alohida 
e’tibor beradilar, chunki aynan shu yoshdagi bolalarda o‘quv faniga intilish va 
jiddiy munosabat tarbiyalanadi. Birinchi sinfda o‘quvchilar ko‘nikma-
malakalarning butun bir majmuasini, ya’ni tovushni to‘g‘ri chiqara olish, nafasni 
rostlash, dirijorning oddiy harakatlarini tushunish, qo‘shiqni o‘rganish hamda uni 
ijro etish, usulni his etish kabilarni egallashlari lozim. Bolalarga mutlaq tizim 
asosida nota savodini o‘rgatish, keyinchalik metallofon, lab garmonchasi va 


136 
fisgarmoniyada kuy ijro etish o‘rgatiladi. Shunday qilib qo‘shiq ijrochiligi 
cholg‘ular jo‘rnavozligi bilan to‘ldiriladi. Maktabdagi o‘quv yili uch trimestrga 
bo‘linib, 38 hafta davom etadi. Birinchi trimestrda bolalar ritmik jo‘rnavozligi, 
ikkinchisida esa musiqa cholg‘ularida murakkab bo‘lmagan ikki ovozli mashqlar 
bajarishadi. Birinchi sinfda bolalar musiqani eshitib, musiqa asarining badiiy 
xususiyatlarini, sur’ati, registr, dinamika, tembrni belgilaydilar, oddiy uch qismli 
(AVA) shaklni aniqlaydilar. 6-sinfga kelib, bolalar murakkab musiqa asarlarini ijro 
etadilar. Shunday qilib, musiqa darslarida asosiy o‘rin musiqa cholg‘u asboblarida 
ijro etishga ajratilib, bu narsa hamma bolalarni ijodiy jarayonda faol ishtirok 
etishga jalb etadi va ularda musiqaga qiziqish va muhabbatni uyg‘otadi.
Musiqaga oid o‘quv rejasi va dastur shu tarzda tuzilganki, bolalarning 
musiqa ijrochiligida ishtiroki ularning musiqani eshitish qobiliyatini muttasil 
rivojlantirib beradi, ularni yanada murakkabroq musiqa asarlarini tinglab, idrok 
qilishga tayyorlaydi. Maktab o‘quvchilari I.S. Bax, A. Vivaldi, V. Motsart, L. 
Betxoven, F. 
Shubert, F. Mendelson, M. Glinka, M. Musorgskiy, P. Chaykovskiy, N. Rimskiy-
Korsakov, I. Stravinskiy, D. Shostakovich, A. Xachaturyan asarlari bilan, 
shuningdek, G. Karayan, E.Shvartskopf, L. Kogan, D. Oystrax, S. Rixter kabi 
buyuk ijrochilar va ular yaratgan asarlar bilan tanishadilar.
Musiqani eshitish jarayonida o‘qituvchi texnik vositalardan, stereoelektrofon 
va videomagnitofonlardan keng foydalanadi. Hozirgi kunda Yaponiya maktab va 
oliy o‘quv yurtlarida fan-texnika taraqqiyoti o‘z aksini topgan. Barcha darsxonalar 
yangi zamonaviy texnika asboblari bilan jihozlangan.
Bolalar bog‘chasida «Sudzuki» tizimi mashhurdir. Yapon pedagogi 
Sudzukining metodi juda yaxshi natijalarni bermoqda. Uning tizimida ona tilini 
o‘qitilishi musiqa tinglab idrok etishi bilan amalga oshiriladi. Bolalar cholg‘u 
asboblarda kuy chalishlari muhim rol o‘ynaydi. Sudzuki musiqani eshitish – 
bolaning musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirishdagi muhim vosita deb ta’riflaydi. 
Bola iloji boricha, o‘zi ijro etadigan musiqani ko‘proq eshitishi ham lozim. Bunda 
garchand, musiqa mutaxassisi bo‘lmasa ham onaning roliga Sudzuki alohida 


137 
e’tibor beradi. Mashg‘ulotlar jarayonida bolalarning onasi ham ishtirok etadi. 
Onalar mashg‘ulot mazmuni va maqsadidan ogoh bo‘ladilar va oilada o‘z ovozi 
bilan shug‘ullanadilar. Sudzukining ta’birida onalar musiqa ma’lumotiga ega 
bo‘lishi shart emas. Oilada gramyozuv, televideniya, konsertlarda tinglangan 
asarlarni muhokama etadilar. Bunda bog‘cha va oilaning hamkorligi muhim rol 
o‘ynaydi. Natijada 5-6 yoshli bolalar Betxoven sonatalarini chalishga erishadilar. 
Televideniya, grammplastinka va magnitofon yozuvlaridan foydalanib, Sudzuki, 
bolakaylarni ham bevosita, ham «sirtqi» tarzda o‘qitmoqda. Ta’limning an’anaviy 
usulidan farqli o‘laroq ushbu uslub bolaga ona tilini o‘rgatish jarayoniga o‘xshab 
ketadi.
O‘quvchilarning bilimlarini baholash uchun har bir trimestrda ikki marta 
barcha mavzular bo‘yicha yalpi so‘rov o‘tkaziladi. Yaponiyadagi qariyb har bir 
maktabda xor jamoasi bo‘lib, unda haftada ikki marta mashg‘ulot o‘tkaziladi. Xor 
jamoasi bilan musiqa o‘qituvchisi ish olib boradi. Yaponiyaning musiqali hayoti 
yosh skripkachilarning qo‘shma orkestrlari chiqishlari bilan o‘zgacha ko‘rinishga 
egadir. 1948-yili Yaponiyada xor dirijori va jamoat arbobi Akiko Seki tashabbusi 
bilan «Yaponiyaning kuylovchi ovozlari» xor jamoasi tuzilib, u xor 
qo‘shiqchiligining barcha havaskorlarini birlashtiradi.
Yaponiyada ham yagona o‘quv reja va dasturga amal qilinmaydi. 
Yaponiyada musiqa tarbiyasining o‘ziga xos sistemasi vujudga kelgan. Ularda 
bolalar bog‘chasidan oliy ta’limgacha estetik tarbiya amalga oshiriladi. Estetik 
tarbiya intengratsiya qilingan fan bo‘lib, unga musiqa, tasviriy san’at va mehnat 
uzviy birlashgan. U bir necha bosqichda amalga oshiriladi/ 
a) 1-5 yoshgacha bolalar bog‘chasida; 
b) 6-14 yoshgacha to‘liqsiz o‘rta maktab; 
c) 15-18 yosh o‘rta maktabi; 
d) 18-23 yosh oliy ta’lim maktabi. 
Yuqori sinflarga ko‘chgan sari estetik tarbiya ham bir predmet singari 
murakkablashib boradi. Yuqori sinflarda o‘qigan talabalar rassomchilik, 
haykaltaroshlik, xalq amaliy san’ati va musiqa san’ati tanqidchilari kasblarini 


138 
egallab chiqadilar. O‘qituvchi-kadrlar tayyorlash juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. 
Ular 
oliy pedagogika va san’at oliygohlarida tayyorlanadi. O‘qituvchilar, shuningdek 
ona-Vatanidan olgan bilimlariga qoniqmay, rivojlangan Yevropa mamlakatlariga 
o‘qishga borib o‘z bilim va malakalarini oshirib qaytadilar. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin