152
tushunchalarning shakllanishida birinchi qadamdir. Musiqiy asar orqali ya’ni,
qo‘shiq, raqs, marsh janrida yozilgan asarlarni eshitib, ularni farqlash, aniqlash,
tinglaganda fahmlay olishini maqsad qilib qo‘ygan. Keyingi bosqichda ushbu
tushunchalar chuqurlashtiriladi, ya’ni raqssimon, marshsimon, qo‘shiqsimon
asarlar
bolalarga eshittirilib, ular haqida yorqin fikr yuritish malakalari
rivojlantirilishi maqsad qilib qo‘yiladi.
Umuman D.B.Kabalevskiyning ishlab chiqqan musiqiy o‘qitish tizimi
musiqiy asarlar orqali hamma bilim va malakalarni bolalarga taqdim etish asosida
tuzilgan.
Shu
bilan
birga
pedagogikaning
muammoli o‘qitish tizimi
Kabalevskiyning tizimida asosiy vositalardan biri bo‘lib qolgan. Ya’ni bolalar
o‘zlari fikr yuritib, muhokama qilib, o‘qituvchining rahbarligida ma’lum bir bilim
malakalarga ega bo‘lishligi nazarda tutiladi.
ESTONIYADA MUSIQA TA’LIMI TIZIMI
Estoniyadagi musiqa tarbiya tizimi qo‘shiq bayramlarining ko‘p yillik xalq
an’analari asosida shakllanadi hamda eston xalqining yuksak xor san’atini saqlab
qolishga intilgan musiqa o‘qituvchilarining, musiqachilarning ulkan tashabbuslari
hisobiga rivojlanib bordi. Hozirgi zamon musiqiy tarbiyasining ildizlari XIX asrga
qarab o‘tilgan. Sankt-Peterburg konservatoriyasida musiqa ta’limini olgan birinchi
eston kompozitorlari bolalarga beradigan musiqiy tarbiyaning zarurligini angladilar
va bolalar uchun xor pyesalari hamda qo‘shiqlarini
shuningdek, maktablar uchun
ko‘plab to‘plamlarni yaratishga e’tiborlarini qaratdilar. Estoniya musiqa hayotida
qo‘shiq bayramlarini o‘tkazish katta voqeadir. Bu bayramlarni o‘tkazishdan oldin
har bir tumanda qo‘shiq kunlari o‘tadi. Birinchi ommaviy qo‘shiqlar bayrami
1869-yili Tartu shahrida o‘tkazilgan. Bunda hamma vohalardan erkaklar xor
jamoalari (sakkiz yuz kishidan iborat) ommaviy
ravishda qatnashish uchun
to‘planadilar. Ushbu bayram bugungi kunga yetib kelgan an’analarga asos soldi.
Bolalar xor jamoalari 1870-yildan boshlab (doimiy ravishda bo‘lmasa ham)
qo‘shiqlar bayramida ishtirok etmoqdalar. Qo‘shiqlar bayrami birinchi kundan
153
boshlab, aholining hamma qatlamlarini san’atga jalb etishga asoslangan edi. 1947-
yildagi umumrespublika qo‘shiq bayrami 25000 dan oshiq qatnashchilarni yig‘ini
va umumxalq ommaviy bayramiga aylandi. 1947-yildan boshlab maktab xor
jamoalari hamma qo‘shiq bayramlarida ishtirok eta boshlaydilar. Dastlab,
bayramlarda maktab bolalar xor jamoalari, aralash va ayollar xor jamoalari
shunindek, damli cholg‘ular jamoalari ishtirok etdilar. 1960-yildan boshlab o‘g‘il
bolalar xor jamoalari ham ishtirok eta boshladilar. V.Laul boshchiligidagi o‘g‘il
bolalar qo‘shma xorini alohida ko‘rsatish lozim. 1965-yili
birinchi marta
respublika yosh skripkachilar ansambli ishtirok etib, qo‘shiq bayramini
an’analariga yangilik kiritdilar. Maktab xor jamoalari qatnashchilarining soni oshib
borayotganligi, shu munosabat bilan qo‘shiq bayramlarini tashkil etishda paydo
bo‘lgan qiyinchiliklarni hisobga olib, umumrespublika qo‘shiqlar bayrami orasida
maktab o‘quvchilari xor jamoalarining ko‘riklarini o‘tkazishga qaror qilindi.
Bayramning birinchi kechasi 1962-yilning yozida Tallin shahrida o‘tkazildi.
Qatnashchilarning umumiy soni 20000ga yaqin edi. Xor ishida eng muhim va
qiziqarli shakllardan biri 1963-yildan boshlab o‘tkazilayotgan yozgi qo‘shiq
oromgohlaridir. Ikki soatlik qo‘shiq mashg‘ulotlari
bolalarning kayfiyatlariga
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, sport va boshqa o‘yinlar esa kunning qolgan vaqtini
to‘ldiradi. Estoniyadagi qo‘shiqlar bayramiga tayyorgarlik jarayonida seminar va
yozgi yig‘ilishlar o‘tkaziladi. Seminarning alohida shakli – dirijorlarning
respublika qo‘shma xori bo‘lib uning tarkibiga 200 dan ortiq musiqa o‘qituvchilari
va xor dirijorlari kiradi. Bu xor jamoasini respublikaning eng yaxshi dirijorlari, shu
qatorda Gustav Emesaks, Yuriy Variste edi. Ularning xorni boshqarishi mamlakat
xormeysterlarining malakasini oshishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar va yoshlarning
musiqa madaniyatini rivojlanishiga maktabdan tashqari musiqiy tarbiya ham katta
ahamiyatga ega. 1951-yili Yu.Variste rahbarligi ostida Tallindagi o‘smirlar saroyi
qoshida bolalar xor jamoasi tashkil qilindi. Bugungi
kunga kelib bu jamoa xor
maktabiga aylanib, hamma sinf o‘quvchilarini qamrab olgan. Xor jamoasi bitta
asosiy va uchta tayyorlov xor jamoalaridan iborat. 1964-yildan boshlab xor
maktabi o‘quvchilari nota o‘qishning yangi “Yo-LYE-MI” tizimiga o‘tdi, yangi
154
repertuarni muvaffaqiyat bilan egallab, notani juda yaxshi o‘qib,
musiqa
ohanglarini to‘g‘ri kuylamoqda. 1964-yili respublikada bolalar musiqa maktablari
o‘quvchilaridan iborat yosh skripkachilar ansambli tashkil etildi. Orkestr
repertuarini bolalar o‘zining turar joylarida o‘rganadilar va har yili 3-4 marta
konsertlar uchun repetitsiyaga yig‘iladilar. Orkestr qatnashchilarining yoshi 7 dan
17 gachadir, ya’ni o‘qishni boshlayotgan va uni tugatayotgan o‘quvchilar bir
jamoaga birlashgan. Orkestr konsertlari doimo muvaffaqiyat bilan o‘tmoqda. O‘sib
kelayotgan yosh avlodga musiqa-xorni o‘rgatish respublikadagi eng yaxshi bolalar
xor jamoalaridan biri ‘‘Ellerxeyne”ning rahbari X.Kalyustening hissasi kattadir.
Bu jamoadagi ijrochilik madaniyatining yuqori saviyada ekanligi bolalar bilan
yaxshi tashkil etilgan ishning bevosita natijasidir. Xor jamoasidagi mashg‘ulotlar
natijalari faqat qo‘shiq ijro etish bilan chegaralanib qolmagan.
Xor jamoasida
qo‘shiq aytish bolalarning his-tuyg‘ulari va salohiyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi,
ularning ma’naviy kamolotiga turtki bo‘ladi. Musiqa bilan shug‘ullanish
bolalarning badiiy bilim darajasini kengaytiradi, ularning dunyoni tasavvur
qilishlariga yordam beradi. Shaxsga beriladigan estetik tarbiyaning muhim tarkibiy
qismlaridan hisoblangan xor qo‘shiqchiligini buyuk mazmuni ana shundadir.
Dostları ilə paylaş: