147
5.3.
GOLLANDIYA, RUMINIYA, CHEXIYA, SHVETSARIYA
MAMLAKATLARIDA MUSIQA O‘QITISH TIZIMI.
GOLLANDIYA MUSIQA TA’LIMI
Gollandiyadagi bolalar musiqiy tarbiyaning tizimi umrining 35 yilini musiqa
faoliyatiga bag‘ishlagan Fransiya van Xauve (Delft shahri) nomi bilan bog‘liqdir.
U Parij va Bryusselda konservatoriyalarining dirijorlik, musiqa nazariyasini hamda
kompozitsiya sinflari bo‘yicha tugatgan. Delftdagi musiqiy maktabini tashkil etishi
hamda uni boshqarish takliflarini qabul qilgandan so‘ng u xor va orkestr
jamoalarida dirijorlik faoliyatini to‘xtatdi. Hozirgi zamon pedagogik usullar bilan
tanishish maqsadida Fransiya van Xauve Yevropa mamlakatlariga birinchi
navbatda, Bavariyaga yo‘l oldi. U yerda Karl Orf
va uning bolalar musiqiy
tarbiyasi tizimi bilan tanishib, uning ashaddiy muxlisiga aylandi. Shuningdek,
Fransiya, Belgiya, Italiya va Ispaniyada bo‘lib qaytdi. Vengriyada u Z.Koday bilan
tanishdi. Kodayning musiqiy tarbiya tizimi Fransiya van Xauveda katta yutuqlarga
erishishga asos bo‘lgan relyativ tizimini qunt bilan o‘rganishga kirishdi.
Bolalar
bilan olib borgan amaliy faoliyat natijasida Pyer van Xauve musiqiy tarbiyadagi
o‘zining yangi tizimini yaratdi, bu tizim ikki – Orf va Koday usullarining o‘zaro
uyg‘unlashgan mahsuli bo‘lib, unda psixologiya va bolalar tasavvuriga mos
keladigan asosiy tomonlari olingan edi. Bu usulning
mohiyati quyidagilardan
iborat: bolalarni o‘yinga jalb etib (masalan, qarsak chalish, tarelkalar,
qo‘ng‘iroqchalar, bubenlarni urib tovush chiqarish),
pedagoglar ularda musiqa
bo‘yicha malakalarni hosil qiladilar. Shu ravishda hamma bolalar musiqaviy bilim
saviyalari turlicha bo‘lishiga qaramay ta’lim jarayoniga kirishib ketadilar.
Ta’kidlash joizki, Gollandiya musiqa maktablari bolalarga kasbiy ma’lumot
berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymaydi, gap o‘zining musiqaviy vaqtichog‘ligi
va xursandchiligi haqida ketadi. Delft musiqa maktabi tashkil topish davridan
keyin Pyer van Xauve o‘z amaliyotida sinovdan o‘tgan shaxsiy tajribalariga
asoslanib, har bir sinf uchun “musiqa bilan o‘yinlar” nomli qator darsliklar yaratdi.
Darsliklarda ko‘plab
musiqali pyesalar, mashqlar, o‘yinlar, qo‘shiqlar va aniq
148
vazifalar mavjud bo‘lib,
ularni bajarib, bola asta-sekin notani yozish va o‘qishni,
nota bo‘yicha qo‘shiq aytish va o‘yin o‘ynashni o‘rganadi.
“Musiqani eshitamiz” keyingi kitobi esa Gollandiya va Belgiyada nashr
etildi. Bundan tashqari Gollandiyada grammplastinkalar chiqarilgan edi,
ulardan
Pyer van Xauvening musiqiy tarbiya usullari va tizimini aniq tushunish mumkin.
Pyer van Xauvening “musiqa bilan o‘yinlar” nomli musiqiy tarbiya usuli nafaqat
Gollandiyada, shuningdek, Zalsburgdagi Motsarteumda, Belgiya,
Norvegiya,
Fransiyada keng tarqalgan. Uning kitoblari turli tillarga tarjima qilingan va Delft
shahriga jahonning ko‘pgina mamlakatlaridan kelgan muallimlar musiqa
pedagogikasi masalalariga bag‘ishlangan xalqaro seminarlarda
uning tizimi bilan
yaxshiroq tanishish imkoniga ega bo‘ladilar. O‘tkir qobiliyatga ega musiqachi,
mohir psixolog, olijanob va xushchaqchaq inson, o‘ta farosat sohibi bo‘lmish Pyer
van Xauve birinchi sinf o‘quvchilari bilan, turli yoshdagi bolalar bilan va
shuningdek, o‘zini o‘rab turgan hamma kishilar bilan ham til topa oladi. “Musiqa
shodlik ulashishi lozim” – bu Pyer van Xauve hayotidagi asosiy shiordir.
Dostları ilə paylaş: