Mundarija I. Kirish II. Bob. Migratsiya haqida umumiy malumot



Yüklə 124,15 Kb.
səhifə3/9
tarix02.05.2023
ölçüsü124,15 Kb.
#106394
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mundarija I. Kirish II. Bob. Migratsiya haqida umumiy malumot

Kurs ishining obyekti: Aholi migratsiyasi tarixiy taraqqiyoti Kurs ishining predmeti: O`zbekiston aholi migratsiyasi
Kurs ishining hajmi va tuzilishi: Kurs ishi 29 sahifadan iborat. Kirish, 6 ta reja, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
II.Bob. Migratsiya haqida umumiy malumot
. Migratsiya to’g’risida tushuncha.
Migratsiya so’zi lotincha so’zdan olingan bo’lib, ko’chish degan ma’noni bildiradi. Kishilarning yashash, ishlash, o’qish maqsadida, ma’muriy chegaralardan o’tgan holda, bir manzilgoxdan ikkinchi manzilgohga doimiy yokima’lum muddatga ko’chishi migratsiya deyiladi. Demak, ayholining hududlar bo’ylab harakati aholi migratsiyasini ifodalaydi. Migratsiyada ishtirok etgan kishilarni esa «migrantlar» deb ataladi. Aholining yashash joyini o’zgartirish maqsadida bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi (harakati) aholi migratsiyasidir. Bazan adbiyotlarda aholining qishloqdan shaharga yoki aksincha shahardan qishloqqa borib ishlab qaytishini mayatniksimon migratsiya deb ataladi. Bu to’g’ri emas albatta. Chunki qishloqdan shxarga yoki shahardan qishloqqa ishga kelib kechqurun uyga qaytishda, migrassiyaning eng muxim sharti bajarilmaydi- aholi yashash joyi o’zgartirilmaydi. Shuninmg uchun bu jarayonning aholining mayantiksimon harakati deb atash muvofiqdir. Migratsiya yo’nalishiga binoan:
- Tashqi migratsiya.
- Ichki migratsiya.
Tashqi migratsiya-bir davlatdan ikkinchi davlatga, bir qit’adan ikkinchi qit’aga aholining ko’chishidir. Bu jarayonda davlatlar aholisi qayta taqsimlanadi va ularda aholining kamayishi va ko’payishi kuzatiladi. Ichki migratsiya bir davlatning ichida aholining hududlar bo’ylab ko’chishidir. Bunday migratsiyada ma’lum davlat ichida shahar va qishloq, tumanlar bo’ylab aholining qayta taqsimlanishi sodir bo’ladi. Lekin shu davlat aholisining umumiy soni o’zgarmaydi. Aholi migratsiyasi o’z mohiyatiyaga ko’ra uch turga, ya’ni doimiy, vaqtincha (mavsumiy) va tebranma (mayatniksimon) migratsiyaga bo’linadi. Doimiy migratsiya BMT ta’rifiga binoan aholining bir joydan ikkinchi joyga ko’chib, bir yildan ko’p yashab qolishidir. Vaqtincha migratsiya esa aholining bir joydan ikkinchi bir joyga ko’chib, ma’lum muddat yashab qaytishidir. Vaqtincha
migratsiyaga aholinng o’qish, armiya xizmati, shartnoma asosida ishlash uchun vaqtincha yashash joyini o’zgartirishini kiritish mumkin. Tebranma migratsiyada kishilar bir manzilgohdan boshqa bir manzilgohga ishlash yoki o’qish maqsadida har kuni yoki bir haftada qatnashidir. Ushbu migratsiya aksariyat hollarda urbanizatsiya sharoitida rivojlanib boradi. Tebranma migratsiyani asosiy yo’nalishi qishloqdan shaharga, kichik shaharlardan katta shaharlarga tomon bo’ladi. Ilmiy manbalarda aholining bir joydan ikkinchi joyga bo’lgan harakatini ya’ni ko’chishini ifodalashda “Aholining migratsion harakati”, “Aholining mexanik harakati”, “Emigratsiya”, “Immigratsiya”, “Reemigratsiya” tushunchalaridan foydalaniladi. “Aholining migratsion harakati”, “Aholining mexanik harakati”, tushunchalari asosan bir jarayonni - aholini ko’chishini ifodalaydi. Emmigratsiya-aholining ma’lum davlatdan ko’chib ketish jarayoni bo’lib, ularni, ya’ni ko’chib ketganlarni emmigrantlar deyiladi. Immigratsiya ma’lum davlatga aholining ko’chib kelish jarayoni bo’lib, ko’chib kelganlarni immigrantlar deyiladi. Aholini ko’chib ketgan davlatiga yana qaytib ko’chib kelishi reemmigratsiya jarayoni xisoblanadi. Shuni alohida qayd etish lozimki. “Emmigrant” va “Immigrant” tushunchalari uchun xalqaro yagona ta’rif mavjud emas. Bu tushunchalar bo’yicha xar bir davlatning o’z mezonlari bordir. Masalan. Bolgariyada “immigrant” shu davlatga joylashish maqsadida boshqa davlatdan kelganlar: “emigrant” esa-Bolgariyani butunlay tashlab boshqa davlatga yashash uchun ketganlar: Polshada - oldin xorijda, ya’ni boshqa davlatda yashab, keyinchalik shu davlatga doimiy fuqarolik uchun kelganlar “immigrantlar” deb, Polshani butunlay tashlab ketganlar esa “emmigrantlar” deb ataladi. Rosiyada Rossiyaga ishlash yoki o’qish maqsadida 1,5 yildan ko’p muxlatga kelganlar va ularning kuzatuvchilari “immigrantlar” deb, o’qish yoki ishlash uchun 1,5 oydan ko’p muxlatga boshqa davlatga ketganlar “emmigrantlar” deb ataladi. AQShda qonuniy asosda boshqa davlatlardan doimiy yashash maqsadida AQSh ga kelganlar “immigrant”lar deb ataladi, Emmigrantlarga esa ta’rif yo’q. Aholining migratsion harakatiga ta’sir etuvchi omillar: iqtisodiy, ijtimoiy,
siyosiy, milliy, diniy, ekologik, harbiy, demografik. Xalqaro migratsiyani olti guruhga ajratiladi: 1.Oilaviy va boshqa sabablarga ko’ra, doimiy yashash maqsadida bir davlatdan ikkinchi davlatga ketgan emmigrantlar. 2. Migrant mehnatkashlar.
3. Nolegal immigrantlar.
4. Qochoqlar.
5. Talabalar, stajer-tadqiqotchilar, ilmiy xodimlar va o’qituvchilar.
6. Turli maqsadda ko’chib yuruvchilar, turistlar, dam oluvchilar, anjuman qatnashuvchilari va h.k. Hozirgi xalqaro migratsiyada asosiy o’rinni mehnat migratsiyasi egallaydi. Chunki xozirgi davrda insonning yashashi uchun iqtisodiy omilning ahamiyati kuchaydi. Dunyoda va uning alohida hududlarida jamiyat taraqqiyotining ma’lum bir tarixiy davrlarida turli ijtimoiy guruhlaridagi migratsion harakatni o’rganishda migratsiya ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Ayniqsa migratsiya jarayonini demografik nuqtai nazardan o’rganilganda uning ko’rsatkichlari atroflicha tahlil etiladi.
Migratsiya ko’rsatkichlari:
1. Migratsiyaning mutloq va nisbiy son ma’lumotlari.
2. Migratsion harakatning intensivligi yoki koeffitsienti (ma’lum hududda
yashovchi aholida har 1000 kishiga to’g’ri keluvchi migrantlar soni).
3. Migratsiya saldosi (bir yil davomida ko’chib kelgan aholi bilan ko’chib
ketgan ahotlining ayirmasi). Migratsiya saldosi manfiy yoki musbat bo’ladi va u absolyut (masalan, yiliga 3000 kishi) hamda nisbiy ko’rsatkichlarda (100 va 1000 kishi hisobiga) ifodalanadi. Ma’lumki, migratsiya aholi ko’chib kelgan hududning ham, ko’chib ketgan
hududning ham demografik holatiga ta’sir qiladi. 1980 yillarda aholi o’sishida tashqi migratsiyaning roli AQSh, Kanada, Fransiya, Avstraliya kabi davlatlarda o’rtacha 25 foizni tashkil etgan. Boshqacha so’z bilan aytilsa, yuqorida qayd etilgan davlatlarda aholi o’sishining 1/4 qismini immigrantlar tashkil etgan. Migrantlar oqimi yo’nalgan hududlarda, migratsiya salhdosi ijobiy, ya’ni ko’chib kelganlar soni, ko’chib ketganlar sonidan ortiq bo’ladi. Natijada bunday hududlarda aholi soni o’sib boradi. Bu hol o’z navbatida nikoh holatiga, oilalar miqdorining oshib borishiga, tug’ilish jarayoniga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Aholi ko’chib ketayotgan hududlarda esa yoshlar salmog’i, jami aholi tarkibida kamayib boradi, mehnat yoshidan katta bo’lgan aholi salmog’i esa ortib borib, hududning demografik holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Aholining bir ijtimoiy-iqtisodiy muhitdan ikkinchi muhitga o’tishi uning demografik mayliga (nikohga kirish va oila qurishiga, oiladagi farzandlar soniga, oila mustahkamligiga munosabati va h.k.) bevosita ta’sir etadi. Shuningdek, aholi migratsiyasi mehnat resurslari shakllanishida ham muhim omillardan hisoblanadi. Migrantlar oqimi aholining yosh jinsiy tarkibida o’z aksini topadi. Mehnat resurslari ortib boradi. Natijada qator muammolar yuzaga keladi yoki aksincha mehnat resurslarining kamayib ketish hollari ham yuzaga kelishi mumkinki, bu ham muammolarga sabab bo’ladi. Aholining bir joydan ikkinchi joyga ko’chib joylashishi juda qadim zamonlardayoq mavjud bo’lgan. Biroq har bir davrning migratsiyasiga o’ziga xos xususiyatlarga ega va turli xil oqibatlarga olib keladi.

Yüklə 124,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin