1-Modul. Oila psixologiyasi faniga kirish



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/20
tarix20.11.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#161902
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
1-maruza.



1-Modul. Oila psixologiyasi faniga kirish 
1-Mavzu: Oila psixologiyasi fan sifatida. Oila va oilaviy munosabatlar 
borasidagi qarashlar. Oilaning ijtimoiy vazifalari, oilaviy rollar. Yoshlarni 
oilaviy hayotga tayyorlash 
Reja: 
1.1.
 
Oila psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Oilaviy 
psixologiyaning tadqiqot metodlari: 
1.2.
 
Shaxs rivojlanishida oilaning roli. Oila ijtimoiylashuvning muhim instituti 
sifatida.
1.3.
 
Oila institutining rivojlanish tarixi. Guruhiy nikohdan juftlik nikohgacha. 
«Avesto»da oila haqida bayon etilgan fikrlar. Islomda oilaviy munosabatlar 
masalalari. Mutafakkirlarining oila haqidagi qarashlari.
1.4.
 
Oilaning ijtimoiy vazifalari va ularning o‗zaro bog‗liqligi. Oila vazifalarining 
o‗ziga xos xususiyatlari. Oila vazifalari klassifikatsiyasi.
1.5.
 
Oilaviy rollar tushunchasi. Oilada rollar taqsimoti va oilaning rolli tuzilishi. 
1.6.
 
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash zarurati. Yoshlarda psixologik 
yetuklikning hal qiluvchi ahamiyatga egaligi. Oilaviy hayot haqidagi 
tasavvurlar. 
Tayanch so’z va iboralar: 
Psixologiya, oila, ijtimoiy, etnopsixologik xususiyat, konstruktiv, destruktiv 
yo’nalish, kuzatish, eksperiment, endogamiya, tabu, ekzogamiya, juft nikoh, 
monogam oila, porso, oila vazifalari: iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy, rekreativ, 
kommunikativ, regulyativ, feliotsitologiya, relaksatsiya yoki psixoterapevtik, rol. 
1.1.
 
Oila psixologiyasi ijtimoiy psixologiyaning bir tarmog‘i sifatida XX 
asrning oxirlariga kеlib shakllangan. XXI asrga kеlib esa uning inson hayotidagi 
ahamiyati va jamiyat ma`naviyatini barqarorlashtirishdagi roli yanada sеzila 
boshladi. Zеro, dunyoning qator mamlakatlari, jumladan, rivojlangan davlatlarda 
ham oila va nikoh munosabatlaridagi bo‘hron, psixotеrapеvtlar yordamiga 
muhtojlik kabi holatlar ushbu maskanning muammolarini o‘rganish va shu 
yo‘nalishda maqsadli tadqiqotlar, ilmiy-amaliy tadbirlarni amalga oshirish 
lozimligini uqtirmoqda. 
Oilaviy munosabatlar psixologiyasi va ushbu masalaga qarashlar tarixidan shu 
narsa ayon bo‘ldiki, inson, uning kim bilan va qanday yashashi muammosiga 
qiziqish qanchalik uzoq o‘tmishga borib taqalsa, oila psixologiyasining fan 
tarmog‘i sifatida shakllanishi shunchalik navqiron va yosh bo‘lib, uning 
shakllanishi yangi davrga to‘g‘ri kеladi. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin