Mundarija I. Kirish II. Bob. Migratsiya haqida umumiy malumot


III.Bob. Migratsiyaning aholidagi o’rni



Yüklə 124,15 Kb.
səhifə6/9
tarix02.05.2023
ölçüsü124,15 Kb.
#106394
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mundarija I. Kirish II. Bob. Migratsiya haqida umumiy malumot

III.Bob. Migratsiyaning aholidagi o’rni
Migratsiya ko’rsatkichlari:
Aholining bir joydan ikkinchi joyga ko’chib joylashishi juda qadim zamonlardayoq mavjud bo’lgan. Biroq xar bir davrning migratsiyasiga o’ziga xos xususiyatlarga ega va turli xil oqibatlarga olib keladi. Antik davrning oxiri va o’rta asrlarining boshlarida ro’y bergan hamda adabiyotlarda “xalqlarning buyuk ko’chish davri” deb nomlangan migrassion harakatlar Yevropa va Osiyodagi ko’p xalqlarning etnik tarkibiga katta tasir ko’rsatadi. Markaziy va Shimoliy EVROPAGA German xalqlarining joylashuvi, ularning Britaniya opollariga kirib borishi xuddi ana hsu davrga to’g’ri keladi. Shu davrda slavyan xalqlari Sharqiy Yevropa xamda bokon yarimorolini egalladi xamda O’rta Osiyoda turkiy xaqlar paydo bo’ldi. Arablarning istelolari (ayniqsa Yaqin sharq va shimoliy Afrika hududlarida), mug’ullarning yurishlari va boshqalar xam uzoq o’tmishda xalqlarning bir joydan ikkinchi joyga ko’chib ketishga xamda ularning etnik sostaviga ta’sir qilgan muxim voqealardandir. XV-XVI asrlardagi buyuk geografik kashfiyotlar aholi migrasiyasining avj olishiga sabab bo’ldi. Bu davrda yangi dunyo (Amerika)ning kashf qilinishi natijasida yevropadan juda ko’plab odamlar bu yerga ko’chib kela boshladilar, keyinchlik esa, asosan shimoliy Amerikaga ingilizlar, gollandlar fransuzlar va boshqa yevropaliklar ko’chib borib u yerlarni egalladilar. Shimoliy Amerikaning janubiy qismlari xamda markaziy Amerikaning o’zlashtirilishida Afrikadan qul olib borilgan negrlar katta ro’l o’ynadi.
Aholi migrassiyasi kapitalizmning rivojlanishi bilan ayniqsa, kuchayib boradi . Bu esa kapitalistik ishlab chiqarishning tub mohiyatidan, uning aholi qonunlaridan kelib chiqadigan bevosita natija edi. Yevropada kapitalizmning rivojlanishi natijasida bu yerda nisbiy ortiqcha aholining, ishsizlik va yersiz dexqonlar sonining ko’payishiga sababchi bo’ldi. Monopolistik kapitalizmgacha bo’lgan davrlarda yevropadan Amerikagacha, Avstraliyaga va boshqa qit’larga ko’chib boruvchilar uchun ma’lum imtiyozlar va yetarli miqdorda yerlar bo’lib berilar edi. Bu xol yevropadan boshqa qit’alarga, ayniqsa Amerika, Avstraliya, Yangi Zellandiyaga ko’chib ketishni kuchaytirdi. XVI asr o’rtalaridsan to ikkinchi jaxon urushi boshlangunga qadar Yvropadan boshqa qit’alar 70 milliondan ortiqroq aholi ko’chib ketgan. Boshqa rayonlarga xan Yevropadan, ayniqsa, ko’p aholi ko’chib ketgan. Agar 1870 –yi8llargacha Emigrantlar ko’proq G’arbiy va shimoliy Yevropa mamlakatlari (Buyuk Britaniya, Irlandiya, Germaniya, Skandinaviya mamlakatlari va boshqalar)dan ketgan bo’lsa XIX asrning oxirlaridan boshlab, emigrantlar soni bo’yicha Janubiy va sharqiy Yevropa mamlakatlari (Italiya, Avstriya-Vengriya, rossiya kabilar) birinchi o’ringa chiqib oldi. Buning nasosiy sabablari ana shu mamlakatlar qishloq xo’jaligida kapitalizmning rivojlaninshi va dexqonlarning qishloqlashuvida edi. Bu davrga kelganda transport aloqalarnining rivojanishi xam ko’chib ketishni ancha osonlashtirdi. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida AQSHda arzon ishchi kuchiga talab oshib bordi. Janubiy va sharqiy yevropa mamlaktlatlari eas ana shunday arzon ishchi kuchi yetkazib beruvchi rayonga aylanib qoldi.
XVIII asr va XIX asrlardagi emigratlar ko’proq Amerika (AQSH, Kanada)ga ko’chib borgan bo’lsalar, XIX asrdan boshlab yana janubiy Amerika mamlakatlari (ayniqsa Argentina, Braziliya)ga ko’plab ko’chib bordilar. Chunki shimoliy mamlakatlarda kapitalizm umumiy krizisning kuchyishi natijasida ishsizlar ko’paya boshladi, yerlarning narxi qimmaqlashib ketdi, keyinchalik AQSH Kanada mamlakatlariga ko’chib kelish to’xtatildi. Bu davrlarda asosan Inglizlar va Britaniya orollarida yashovchi boshqa millat vakillari Avstrliya yangi Zellandiya, Janubiy Afrikaga ko’plab ko’chib bordilar. Shimoliy Afrika mamlakatlariga Jazoirga – fransuzlar va ispanlar xam ko’plab yevropaliklar ko’chib bordilar. Shunday qilib, XVX va XIX asrlardagi eng yirik migrassiya yevropadan boshqa joylarga ko’chib ketish bilan bog’liq qit’aning o’z ichida yoki ayrim mamlaktlarning ichidagi migrassion xarakatlar uncha katta emas edi. Maslan XIX asrning ikkinchi yarmida ya’ni Rossiyada kapitalistik ishlab chiqarishning rivojlanib borishi va krepostniklik xuquqining bekor qilinishi munosabati bilan mamlakatning Yevropa qismidan Osiyo qismi (Sibir, Qozog’iston, O’rta Osiyo )ga ko’chib o’tish ancha kuchaydi. 1861-1914 yillar davomida rossiyaning g’arbidan 5 millionga yaqin aholi (asosan Ruslar, Ukrainlar, Beloruslarб Tatarlar, Mordvalar) kuchib o’tdi. XIX asr XX asrning boshlarida Xitoydan Janubiy-Shaqiy Osiyo mamlakatlari Malaziya, Tayland, Indoneziya va boshqalar)ga Yaponiyadan Gavayi orollariga, AQSH ga va ayniqsa, Shimoliy-Sharqiy Xitoy (manchjuniya) xamda Koreyaga, Xindistondan, Shrilankaga, Janubiy va Sharqiy Afrika mamlakatlariga, Janubiy Sharqiy Osiyo (Birma, malaziya)ga va boshqa joylarga aholi ko’chib o’tdi. Aholining mamlakatlararo va qit’alararo migrassion xarakatlari natijasida juda ko’p davlatlarda (aynisa Amerika qiasida) etnik tartibi xilma-xillanib ketdi. Xozir AQSH, Kanada , Braziliya, Argentina , Avstraliya, Yangi Zellandiya kabi mamlaktlarda yashayotgan 300 milliondan ortiq aholining oltidan besh qismi yevropaliklar avlodlaridir. Faqat AQSH ning o’zidagina barcha aholining 90 foizi yevropadan yoki ularning avlodlari xisoblanadi. Yevropaning ayrim davlatlaridan ko’chib borgan xalqlar xozir xam aloxida yashahsga harakat qiladilar. Masalan, Aqshning Shimoli-Sharqida asosan buyuk britaniya va Irlandiyadan ko’chib kelganlar edi. Nyuyorkda ko’pchilikni italyanlar va yaxudiylar tashkil etadi. Braziliyaning sharqiy rayonlarida asosan portugaliyadan ko’chib kelganlar, Argentinaning sharqida esa Ispaniyadan kelganlar
Yashaydi va hokazo.
Birinchi va ikkinchi jahon urushlari juda katta migrasion harakatlarga sabab buldi.Urush davom etib turgan paytdagi migrasion harakatlar vaqtincha migrasiyadir. Chunki aholining xarbiy harakatlar zonasidan qochib xavf – xavfsizroq rayonlarga ko’chishi urush paytidagi qonuniy bir xoldir. Urush tugagandan so’ng chegaralarning o’zgarishi yangi davlatlarning tuzulishi va boshqalar doimiy migrasion harakatlarga sabab bo’ladi. Ikkinchi jahon urushi boshlanmasdan avval sharqiy va janubiy Sharqiy Yevropa mamlakatlari xududida Yevropa mamlakatlar (asosan Polsha, Chexoslavakiya, Vengriya, Ruminiya, Sobiq Yugoslavakiya) 12 millionga yaqin nemislar yashar edi. Urushning Germaniyaning mag’lubiyati bilan tugashi va yevropada yangi konferensiyaning qaroriga muvofiq nemislarning deyarli xammasi Germaniya, va qisman Avstriya hududiga ko’chib o’tdi. Xozirgi paytda sharqiy yevropa mamlakatlarida (asosan ruminiya va vengriyada 800 mingga yaqin nemislar yashaydi). Urush davrida va undan so’ng Sharqiy yevropa mamlakatlari o’rtasida qaysi millatga mansubligiga qarab aholi ayirboshlash ham bo’ldi. Bu chegaralarni aniqlash va o’zgartirish yoki o’z aholisi milliy tarkibining mumkin qadar bir xil bo’lishini ta’minlash maqsadida ko’rilgan chora edi. Ana shunday aholi ayirboshlash Bolgariya bilan Ruminiya, Polsha va Rossiya, Chexoslovakiya va hakozalar o’rtasida bo’ldi. Ikkinchi jahon urushining siyosiy va harbiy yakunlari bilan bog’liq bo’lgan migratsion harakatlar Osiyoda ham kuzatildi. Bu esa imperialistik Yaponiyatining urushda taslim bo’lishi va u ilgari bosib olgan rayonlardan yaponlarning o’z yurtiga qaytishi bilan bog’liq edi.
1956 yilgacha Yaponiyaga milliondan ortiqroq yaponlar ko’chib keldi (asosan xitoy va Koreya xududidan). Ammo ikkinchi jahon urushidan keyingi Osiyoda eng kata migratsion harakatlar Hindiston va Pokiston davlatlarining tashkil topishi bilan bog’liqdir. Ma’lumki, bu ikkita davlatga ajralish u yerda yashovchi aholining diniy e’tiqodiga qarab amalga oshirildi. Natijada Hindiston ko’chib o’tdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin qit’alararo migratsiya yanada kuchaydi. 1946-1961 yillarda yevropadan 6,9 millionga yaqin aholi boshqa qit’alarga ko’chib ketdi. Italiyadan 1,1 million kishi – asosan Argentina, AQSh va Venesuelaga. Buyuk Britaniyadan (950 ming kishi – ko’proq Kanada, Avtraliya va AQSh ga), Ispanidan (500 mingdan ortiqroq kishi Argentina va Venesuelaga) ko’plab kishilar ko’chib ketdi. Shunday qilib ikkinchi jahon urushidan keyin 60-yillarning boshlarigacha yevropa boshqa mamlakatlariga muxojirlar beruvchi qit’a bo’lib keldi. Faqat keyingi yillardagina yevropada emigratsiya birmuncha susaydi. Ayrim hollarda esa, yevropa boshqa qit’alar bilan migratsion aloqalarda xatto ijobiy migratsion balansga ega bo’la boshladi. Chet davlatlardagi aholining migratsion harakati haqidagi qisqacha obzorni tugatar ekanmiz, migratsiya oqibatlariga qisqacha to’xtalib o’tish zarur. Migratsiya oqibatida Biron davlat aholisi ko’payadi yoki kamayadi, bundan tashqari, aholining yosh, jinsiy tarkibi o’zgaradi. Bu esa bir qancha oqibatlarga olib keladi. Ma’lumki, migratsion harakatlarda ko’pincha yosh va o’rta yosh aholi (eng sifatli mehnat resurslari) ishtirok etadi. Bu esa, emigrantlar ketgan mamlakat mehnat resurslari soning kamayishi, tarkbining yomonlashuviga sabab bo’lsa, immigrantlar qabul qilgan davlat mehnat resurslari tarkibini har tomonlama yaxshilaydi. Migratsion harakatlarda mehnatga yaroqli yoki o’rta yashar kishilar orasida ko’proq erkaklar ishtirok etadi. Shuning uchun ham olimlar emigratsiyaning oqibatini urushlar oqibati bilan tenglashtiradilar. Chunki ko’p emigrantlar yo’qotgan mamlakatlar urushlardagi singari, o’zining yo shva o’rta yoshdagi, asosan erkak mehnat resurslaridan judo bo’ladi. Bu esa shu mamlakatda aholining bundan keyingi takror barpo qilinishi hamda iqtisodiyotga katta salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Yüklə 124,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin