Mundarija I. Bob. Kirish


-rasm. Qora tanli qo’ng’izlar (Tenebrionidae)



Yüklə 1,62 Mb.
səhifə6/17
tarix21.06.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#133564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
4-rasm. Qora tanli qo’ng’izlar (Tenebrionidae).
Bu oilaga kiruvchi qo’ng’izlar un, yorma va omixta-yem zavodlarida yashaydilar. Ularning tanasi odatda qora tusli bo’ladi. Yer sharining ko’pgina qismlarida keng tarqalgan bo’lib, asosan un, yorma va kepaklar bilan ozuqlanadi. Mamlakatimizdan bu oila vakillarining quyidagi turlari keng tarqalgan katta un xrumagi va kichik un xrumagi.

5-rasm. Kichik qoraqo’ng’iz (Tribolium confusum Duv).
Un yorma va kepakda juda yaxshi rivojlanadi. Bu qo’ngiz don, suxari, non, quritilgan sabzavot va mevalarga kuchli ziyon yetkazadi.
Kichik qoraqo’ng’iz uzunchoq shaklga ega bo’lib, rangi to’q kulrang qo’ng’ir tusli, ko’krak qismi to’rtburchak shaklga ega, tanasining uzunligi 3–5 mm, eni 1,2–1,3 m bo’ladi. Tez ko’payish xususiyatiga ega. Urg’ochisi o’rtacha 450 tagacha tuxum qo’yadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar dastlab oq, so’ngra rivojlanib 1 dan 6–7 mm gacha kattalashadi va rangi sarg’ish tusga kiradi. Lichinkalari don uyumining yuqorigi qismida g’umbakka aylanadi. Qulay sharoitda qisqa muddat ichida (27–35 kun) o’zining butun rivojlanish bosqichini bosib o’tadi va bir yilda bir necha marotaba avlod berishi mumkin. Qo’ng’izlar va lichinkalar ko’p miqdorda ozuqa iste’mol qiladi. Donda asosan uning murtagi bilan ozuqlanadi.
Bu hasharot don zaxirasida uchraydigan qo’nqizlarning eng kattasi hisoblanadi. Tuzilishi jihatidan kichik qoraqo’ng’izga o’xshab ketadi, lekin tanasining uzunligi 13–16 mm gacha boradi. Rangi qoramtir yoki qora tusda. Yaxshi ucha oladi, ayniqsa kechqurun.

Tanasi yirik bo’lsa-da, unchalik xavfli emas. Bir yilda bir marotaba avlod beradi. Isitilmaydigan inshootlarda lichinka bosqichida qishlaydi. Bahorda may-iyun oylarida qo’ng’izlar chiqadi. Urg’ochisi qisqa vaqt ichida 280–580 tagacha tuxum qo’yadi va undan tez orada ko’krak oyoqlari yaxshi rivojlangan oq tusli lichinkalari chiqadi. Lichinkalik davri uzoq davom (yilning asosiy qismi) etadi va bu davrda 2 mm dan 25–30 mm gacha kattalashadi. Rangi ham mos holda avval yorqin sariq, so’ngra to’q sariq tusga o’tadi.


Lichinkalari o’zining rivojlanishi davrida 15 martagacha po’st tashlaydi va unni ifloslantirib yuboradi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, lichinkalar unda bemalol harakatlana oladi.


Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin