Mundarija I. Bob. Kirish


-rasm. Donxo’rlar (Bruchidae)



Yüklə 1,62 Mb.
səhifə8/17
tarix21.06.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#133564
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
8-rasm. Donxo’rlar (Bruchidae).
Donga katta zarar yetkazuvchi oila vakillaridan no’xat donxo’ri (Bruchus pisorum L), yasmiq donxo’ri (Bruchuslentis Frol) fasol donxo’ri (Acanthoscllides obtectus Say) eng ko’p tarqalgan.

9-rasm. Kapalaklar (parda qanotlilar Lepidoptera).
Qo’ng’izlari va lichinkalari dondan tashqari o’simlikni o’sib turgan vaqtida ham kuchli ziyon yetkazadi. Donxo’rlar asosan dukkakli donlarga zarar yetkazadi va bu donlar ekishga ham, iste’molga ham yaroqsiz bo’lib qoladi.
Hozirgi kungacha don va don mahsulotlariga zarar yetkazuvchi kapalaklarning 80 mingdan ortiq turi aniqlangan. Kapalaklar ham qo’ng’izlar singari toʻrtta rivojlanish bosqichini bosib o’tadi (tuxum, lichinka, g’umbak, yetuk hasharot).
Kapalaklar quyidagi belgilari bilan qo’ng’izlardan farq qiladi: og’iz apparati so’ruvchi tipda, shuning uchun ular donni yemaydi, shuningdek un va boshqa mahsulotlarni ham; qurtlar deb ataluvchi lichinkalarida uch juft ko’krak oyoqdan tashqari, 2–4 juft qorin oyoqlari ham mavjud bo’ladi. G’umbakni yopiq tipda. Asosiy zararni ularning lichinkalari keltirib chiqaradi. Don zaxirasi zararkunanda kapalaklarining tunlam, parvona va kuya kabi oilalari mavjud. Quyida ularning eng ko’p tarqalgan turlari bilan tanishib chiqamiz:



10-rasm. Don kuyasi.
Don kuyasi (Sitotoda cevalella Oliv) kapalagi. Kichik o’lchamda (6–9 mm) Qanoti yozilganda 11–19 mm yetadi.
Tanasi oq, qanotlari sarg’ish-kulrang, uy kuyasiga juda o’xshab ketadi. Mazkur kuya bug’doy, arpa, makkajo’xori, grechixa, sholi, javdar va boshqa o’simlik donlarini omborlarda ham, ekin maydonida ham zararlaydi. Dunyo bo’yicha juda ham zararli hasharot hisoblanadi.
Uy parvonasi (Pyrolis farinalis L). Garchi uning nomi shunday atalsa-da, don uyumida ham yaxshi rivojlana oladi.
Kapalak old qanotlarining o’ziga xos rangi bilan ajralib turadi. Qanotining yuqori qismi mallarang – qo’ng’ir tusda, o’rta qismi to’q sariq, bu ikki xil fonni oq yo’l ajratib turadi. Qanoti yozilganda 15–28 mm, qurtlari dastlab qo’ng’ir, keyinchalik oq tusda bo’ladi.
Don to’plami (Hadena basilinea Schiff) To’plamlar oilasiga mansub (Noctuidae) hasharot. O’simliklarga jiddiy zarar yetkazadi.
Kapalak yirik (17–20 mm) qanoti (yozilganda) 38-40 mm. deyarli barcha to’plamlar tungi hayot faoliyatiga ega. Qurti kulrangqizg’ish tusda, kattaligi 20–28 mm. Mamlakatimizda zararkunanda to’plamlarning 3 mingdan ortiq turi aniqlangan bo’lib, don o’simliklariga jiddiy zarar yetkazadi.





Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin