Mundarija I. Bob. Kirish


Kimyoviy usullarning umumiy tavsifi



Yüklə 1,62 Mb.
səhifə14/17
tarix21.06.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#133564
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Kimyoviy usullarning umumiy tavsifi. Kimyoviy dezinfeksiya orqali kemiruvchilarga qarshi kurashish (deratizatsiya) deb aytiladi. Bu usullarda kimyoviy vositalar orqali hasharotlarga qarshi kurashish keng tarqalgan bo’lib, mamlakatimiz, shuningdek dunyoning ko’pgina rivojlangan davlatlarida keng qo’llaniladi.
Kimyoviy dezinfeksiya yoki deratizatsiya o’tkazish uchun maxsus kimyoviy moddalardan foydalaniladi. Bu moddalar hatto kichik me’yorlarda ham hasharotlar, kanalar va kemiruvchilarga halokatli ta’sir etadi yoki uning organizmida chuqur o’zgarishlarni yuzaga keltiradi. Hozirgi kunda zararkunandalarga qarshi kurashishda qo’llaniladigan barcha kimyoviy zaharli moddalar pestitsidlar deb ataladi.
Qo’llaniladigan obyekti bo’yicha pestitsidlar bir-biridan farqlanadi, ya’ni zaharli preparatlar muayyan obyektnigina dezinfeksiyalash uchun qo’llanilishi mumkin. Masalan, ba’zi moddalar don yuklanmagan bo’sh omborlar va unga yondashgan territoriyalarni dezinfeksiyalashda qo’llanilsa, ba’zilari esa don va don mahsulotlarini dezinfeksiyalashda qo’llaniladi, uchinchilari esa un va yorma zavodlari inshootlari va undagi uskunalarga ishlov berishda qo’llaniladi va hokazo.
Zararkunandalarning organizmga kirish yo’li va organizmga ta’sir etish mexanizmi bo’yicha pestitsidlarni to’rt guruhga bo’lish mumkin: suv va ozuqa bilan oshqozon-ichak orqali zararkunanda organizmga kirib boruvchi me’da-ichak orqali ta’sir etuvchi pestitsidlar; teri qoplamasi orqali organizmga kirib boruvchi kontakt ta’sir etuvchi pestitsidlar; nafas olish organlari orqali kirib boruvchi fumigantlar; birgalikda ta’sir etuvchi pestitsidlar.
Kimyoviy tarkibi va xossalari bo’yicha pestitsidlar quyidagicha bo’lib, kimyoviy tarkibiga qarab turkumlanadi. Olinishi va qo’llanilishi bo’yicha esa, don va don mahsulotlarini himoya qilish uchun xlororganik va fosfoorganik pestitsidlar, shuningdek galogen tarkibli (xlor va brom) birikmalari bilan birgalikda qo’llaniladi.
Qo’llanish uslubi bo’yicha pestitsidlarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: changlatish yo’li bilan qo’llaniladigan kukunlar, sepish yo’li bilan qo’llaniladigan emulsiyalar, suspenziya va eritmalar, aerozol holatidagi gazsimon moddalar; shuningdek zaharli eritmalarni sepish usullari orqali amalga oshiriladi.

Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin