39
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
V. TASHQI SIYOSAT, XAVFSIZLIK, MILLATLARARO
TOTUVLIK VA DINIY BAG‘RIKENGLIKNI TA’MINLASH
BO‘YICHA USTUVOR YO‘NALISHLAR
“MILLIY MANFAATGA TAYANGAN
TASHQI SIYOSAT – TINCHLIK
VA BARQARORLIK ASOSI”
P
artiya O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati
milliy davlatchilik manfaatlari ustuvorligiga, boshqa
davlatlarning
ichki ishlariga aralashmaslik, barcha nizoli
masalalarni tinch yo‘l bilan hal etish, davlatlarning suveren
tengligi, kuch ishlatmaslik
yoki harbiy tahdiddan tiyilish,
chegaralar daxlsizligi va xalqaro huquqning boshqa
me’yorlariga og‘ishmay amal qilish kabi tamoyillarga
asoslanganligini qo‘llabquvvatlaydi.
Partiya jahon moddiy va nomoddiy merosining ajralmas
bo‘lagi hisoblangan O‘zbekiston xalqining madaniy,
an’anaviy va milliyma’naviy qadriyatlarini dunyoga taran
num etish, shuningdek, buyuk alloma va mutafakkirlar
yurti,
ulkan va noyob boyliklar, iqtisodiy va aqliy salohiyatlar
egasi bo‘lgan jonajon O‘zbekistonimizning xalqaro
miqyosdagi nufuzi va obro‘e’tiborini yanada yuksaltirish
yo‘lida faoliyat olib borishni o‘zining ustuvor vazifasi, deb
biladi.
Jahon hamjamiyatini O‘zbekistonning ijtimoiysiyosiy,
sotsialiqtisodiy, madaniy va ma’naviy sohalarda erisha
yotgan yutuqlari bilan keng miqyosda tanishtirish bo‘yicha
tegishli dasturlarni ishlab chiqish,
shu jumladan, bu borada
milliy va xorijdagi nufuzli ommaviy axborot vositalari
imkoniyatlaridan foydalanishni muhim, deb hisoblaydi.