Mexanika. Moddalar 3 XIL holatda bo’ladi: Qattiq Suyuq Gaz Qattiq jism



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/16
tarix02.01.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#37103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Mexanika. Moddalar 3 xil holatda bo’ladi Qattiq Suyuq Gaz Qatti

Optika 

 

221.Optika-Fizikaning yorug’lik o’rganadigan bo’limi optika deyiladi. 

222.Geometrik optika-Yorug’likni yorug’lik nuri to’g’risidagi tasavvurlar asosida o’rganadigan optikaning bo’limi  

geometrik optika deyiladi. 

223.Yorug’lik nuri-Yorug’likning tarqlish yo’nalishini ko’rsatadigan to’g’ri chiziq yorug’lik nuri deyiladi. 

Yorug’likning qaytishi 2 turli bo’ladi: 

1.Ko’zu qaytish 

2.Diffuz qaytish 

Ko’zgu qaytish yo’naltirilgan holda qaytishdir. 

Diffuz qaytish sochilgan holda qaytishdir. 

Diffuz qaytish tufayli biz tevarak atrofdagi jismlarni ko’ramiz. 

224.Ko’zgu qaytish-Sirt notekisliklarining o’lchamlari yorug’lik to’lqinining uzunligi qadar bo’lgan holdagi qaytish  

ko’zgu qaytish deyiladi. 

225.Diffuz qaytish- Sirt notekisliklarining o’lchamlari yorug’lik to’lqinining uzunligidan ancha katta bo’lgan holdagi  

qaytish diffuz qaytish deyiladi. 

226.Yorug’likning qaytish qonuni-Tushuvchi nur, qaytgan nur va nurning tushish nuqtasida sirtga o’tkazilgan  

perpendikulyar bir tekislikda yotadi.Qaytish burchagi 

 tushish burchagi 



ga teng. 




 

 

227. Yorug’likning qaytish qonuni-Tushuvchi nur, singan nur va nurning tushish nuqtasida 2 muhit chegarasiga  



o’tkazilgan perpendikulyar bir tekislikda yotadi.Tushish burchagi sinusining sinish burchagi sinusiga  

nisbati berilgan 2 muhit uchun o’zgarmas kattalikdir. 

228.Absolyut sindirish ko’rsatkichi-Muhitning vakuumga nisbatan sindrish ko’rsatkichi absolyut sindirish ko’rsatkichi  

deyiladi. 

229.Nisbiy sindirish ko’rsatkichi- Ikkinchi muhitning birinchi muhitga nisbatan sindrish ko’rsatkichi nisbiy sindirish  

ko’rsatkichi deyiladi. 

Sindirish ko’rsatkichi katta bo’lgan muhit optic zichligi katta muhit deyiladi. 

Yorug’lik optik zichligi katta muhitdan optik zichligi kichik muhitga o’tganda to’la qaytish hodisasi ro’y beradi. 

230.To’la qaytish- Yorug’lik optik zichligi katta muhitdan optik zichligi kichik muhitga o’tganda, 

o

90



bo’lgan  

holdagi qaytish to’la qaytish deyiladi. 

231.To’la qaytishning chegaraviy burchagi- Yorug’lik optik zichligi katta muhitdan optik zichligi kichik muhitga  

o’tganda 

o

tushish burchagi to’la qaytishning chegaraviy burchagi deyiladi. 



232.Linza- 2 tomoni sferik sirt bilan chegaralanga shaffof jism linza deyiladi. 

Linzalar 2 turli bo’ladi: 

1.Qavariq linza 

2.Botiq linza 

Qavariq linza yig’uvchi linzadir. 

Botiq linza sochuvchi linzadir. 

233.Qavariq linza-O’rtalari chetlariga nisbatan yo’g’on bo’lgan linza qavariq linza deyiladi. 

234.Botiq linza-O’rtalari chetlariga nisbatan ingichka bo’lgan linza botiq linza deyiladi. 




Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin