Mexanika. Moddalar 3 XIL holatda bo’ladi: Qattiq Suyuq Gaz Qattiq jism



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/16
tarix02.01.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#37103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Mexanika. Moddalar 3 xil holatda bo’ladi Qattiq Suyuq Gaz Qatti

Miltillama razryad  juda past kuchlanishlarda va  tok kuchlarida hosil bo’ladi. Reklama chiroqlarida foydalaniladi. 

Elektr  yoyi  50-100 A tok kuchida va taxminan shunday kuchlanishlarda sodir bo’ladi.Undan payvantlash  ishlarida  

va projektorlarda  foydalaniladi. 



Tojli razryad o’tkazgichning uchli qismlarida paydo bo’ladi. Tojli razryad energiya isrofiga sababchi bo’lganligi  

uchun o’tkazgichning uchli qismlari olib tashlanadi. 



Uchqunli razryad juda yuqori  kuchlanishlarda va  tok kuchlarida sodir  bo’ladi. Yashin misol bo’ladi. 

 190.Plazma-Qisman yoki to’liq ionlashgan gaz plazma deyiladi. 

     

                         



Molekulyar kinetik nazariya 

191.Issiqlik  harakati- Jismni  tashkil  qiluvchi zarrachalarning tartibsiz xaotik harakti issiqlik harakati deyiladi. 

192.Issiqlik  hodisalari-Issiqlik  harakatiga bog’liq bo’lgan hodisalar issiqlik hodisalari deyiladi. 

193.Molekulyar  kinetik  nazariya- Issiqlik  hodisalarini barcha jismlar eng mayda zarralardan tuzilgan degan tasavvur  

asosida o’rganadigan nazariya molekulyar kinetik nazariya deyiladi. 

        Molekulyar kinetik  nazariyaning asosiy qonun-qoidalari 3 ta: 

1.Barcha jismlar eng mayda zarrachalardan tuzilgan. 

2.Bu zarralar tartibsiz harakat qiladi. 

3.Bu zarralar o’zaro ta’sirda bo’ladi. 

194.Braun  harakati- Suyuqlikda erimaydigan qattiq jism zarralarining hech qachon to’xtamaydigan tartibsiz (xaotik)  

harakati Braun  harakati deyiladi. 

195.Ideal  gaz-Molekulalari  orasidagi o’zaro ta’sir e’tiborga olinmaydigan gaz  ideal  gaz deyiladi.  

196.Ideal  gaz- Gaz  qonunlariga  to’liq  bo’sunadigan gaz ideal gaz deyiladi. 

Gaz  parametrlari  3 ta: 

1.Harorat 

2.Hajm 


3.Bosim. 

197.Issiqlik  muvozanati-

Gaz  parametrlari istalgancha  uzoq  vaqt o’zgarmay qoladigan holat issiqlik muvozanati deyiladi.  

198.Nisbiy  molekulyar  massa- Tayinli bir modda molekulasi massasining uglerod atomi massasining 12 dan 1 qismiga  

nisbati nisbiy  molekulyar massa deyiladi.  

199.Modda  miqdori- Tayinli bir moddadagi  molekulalar  sonining 0.012 kg ugleroddagi atomlar  soniga  nisbati modda  

miqdori deyiladi.    

200. 1  mol- Moddaning  shunday miqdoriki , undagi molekulalar  soni 0.012 kg ugleroddagi  atomlar soniga teng. 

201.Molyar hajm-Normal sharoitda 1 mol gaz egallaydigan hajm molyar hajm deyiladi. 



 

 

202.Normal sharoit-Atmosfera bosimi 100 kP



a

 va harorat 0 

o

C bo’lgandagi sharoit normal sharoit deyiladi. 



203.Loshmidt soni-Normal sharoitdagi 1 m

3

 hajmdagi ideal gaz molekulalari soni Loshmidt soni deyiladi. 



204.Molyar massa- 1 mol miqdorda olingan modda massasi molyar massa deyiladi. 

205.Konsentratsiya-Hajm birligidagi molekulalar soni konsentratsiya deyiladi. 

206.Boltsman doimiysining fizik ma’nosi- 1ta gaz molekulasining haroratini 1 K ga o’zgartirish uchun 

23

10



38

,

1



 J  



energiya berish zarur. 

207.Universal gaz doimiysining fizik ma’nosi- 1 mol gazning haroratini 1 K ga o’zgartirish uchun 8,31 J  

energiya berish zarur. 

208.Izojarayon-Gaz parametrlaridan biri o’zgarmas bo’lganda sodir bo’ladigan jarayon izojarayon deyiladi. 

209.Boyl-Mariot qonuni-Ma’lum bir massali gazning harorati o’zgarmas bo’lganda,bosimi va hajmining ko’paytmasi  

o’zgarmaydi. 

210.Izotermik jarayon-Harorat o’zgarmas bo’lganda sodir bo’ladigan jarayon izotermik jarayon deyiladi. 

211.Gey-Lyussak qonuni- Ma’lum bir massali gazning bosimi o’zgarmas bo’lganda,hajmining haroratga nisbati  

o’zgarmaydi. 

212. Izobarik jarayon-Bosim o’zgarmas bo’lganda sodir bo’ladigan jarayon izobarik jarayon deyiladi. 

213.Sharl qonuni- Ma’lum bir massali gazning hajmi o’zgarmas bo’lganda,bosimning haroratga nisbati o’zgarmaydi. 

214. Izoxorik jarayon-Hajm o’zgarmas bo’lganda sodir bo’ladigan jarayon izoxorik jarayon deyiladi. 




Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin