Mexanika. Moddalar 3 XIL holatda bo’ladi: Qattiq Suyuq Gaz Qattiq jism



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/16
tarix02.01.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#37103
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Mexanika. Moddalar 3 xil holatda bo’ladi Qattiq Suyuq Gaz Qatti

 

To’lqinlar 

 


 

 

238.To’lqin-Vaqt o’tishi bilan tebranishlarning fazoda tarqalishi to’lqin deyiladi. 



To’lqinlar 2 turli bo’ladi: 

1.Ko’ndalang to’lqin 

2.Bo’ylama to’lqin 

239.Ko’ndalang to’lqin-Tarqalish yo’nalishi tebranish yo’nalishiga perpendikulyar bo’lgan to’lqin ko’ndalang to’lqin  

deyiladi. 

240. Bo’ylama to’lqin-Tarqalish yo’nalishi tebranish yo’nalishi bilan bir xil bo’lgan to’lqin bo’ylama to’lqin deyiladi. 

Kondalang mexanik to’lqinlar faqat qattiq jismlarda va suyuqlik sirtlaridagina tarqala oladi. 

Bo’ylama mexanik to’lqinlar suyuqliklarda ham, gazlarda ham qattiq jismlarda ham tarqala oladi. 

241.Tovush to’lqinlari-Chastotasi 17 Gs dan 20 ming Gs gacha bo’lgan to’lqinlar tovush to’lqinlari deyiladi. 

242.Infratovush to’lqinlari-Chastotasi 17 Gs dan kam bo’lgan tovush diapazonidagi to’lqinlar infratovush to’lqinlari  

deyiladi. 

243. Ultratovush to’lqinlari-Chastotasi 20 ming Gs dan katta bo’lgan tovush diapazonidagi to’lqinlar ultratovush  

to’lqinlari deyiladi. 

Tovushning qattiqligi amplitudaga, balandligi chastotaga bog’liq. 

Tovush to’lqinlari vakuumda tarqalmaydi. 

Tovushning havoda tarqalish tezligi havoning zichligiga bog’liq emas, haroratga bog’liq va harorat ortish bilan  

ortadi.  

244.Gyugens prinspi-Fazoning to’lqinlar g’alayoni yetib brogan istalgan nuqtasi ikkilamchi to’lqinlar manbaiga aylanadi. 

245.Gyugens-Frinel prinspi-Fazoning to’lqinlar g’alayoni yetib brogan istalgan nuqtasi ikkilamchi to’lqinlar manbaigina  

bo’lib qolmasdan balki, interferensiyalash natijasi hamdir aylanadi. 

246.Interferensiya-To’lqinlarning o’zaro qo’shilishi natijasida bir-birini kuchaytirishi yoki zaiflashtirishi interferensiya  

deyiladi. 

247.Interferensiya-Fazoning biror nuqtasida to’lqinlar energiyalarining butunlay qayta taqsimlanishini yuzaga keltirgan  

holda qo’shilishi interferensiya deyiladi. 

248.Maksimumlar sharti-Fazoning biror nuqtasida o’zaro qo’shiluvchi to’lqinlarning yo’l ayirmasi butun son marta  

to’lqin uzunligiga teng bo’lsa bu to’lqinlar bir-birini kuchaytiradi. 

249. Minimumlar sharti-Fazoning biror nuqtasida o’zaro qo’shiluvchi to’lqinlarning yo’l ayirmasi toq son marta yarim  

to’lqin uzunligiga teng bo’lsa bu to’lqinlar bir-birini susaytiradi (zaiflashtiradi). 

250.Difraksiya-To’lqinlarning to’siqlarni aylanib o’tish hodisasi difraksiya deyiladi. 

Yorug’lik to’lqinlarining difraksiyasi tirqish yoki to’siq o’lchamlari yorug’lik to’lqinining uzunligi qadar bo’lgan  

hollarda kuzatiladi. Shuningdek, yorug’lik difraksiyasi manbaadan buyumgacha va buyumdan ekrangacha bo’lgan  

masofa buyum o’lchamlaridan juda katta bo’lgan hollarda ham kuzatiladi. 

Yorug’lik difraksiyasi difraksion panjara yordamida kuzatiladi. 


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin