Mexanika. Moddalar 3 XIL holatda bo’ladi: Qattiq Suyuq Gaz Qattiq jism


Rangi bilan farq qiluvchi nurlar chastotasi bilan farqlanadi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/16
tarix02.01.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#37103
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Mexanika. Moddalar 3 xil holatda bo’ladi Qattiq Suyuq Gaz Qatti

Rangi bilan farq qiluvchi nurlar chastotasi bilan farqlanadi. 

Yorug’lik bir muhitdan ikkinchi muhitga o’tganda uning rangi va chastotasi o’zgarmaydi, to’lqin uzunligi  

o’zgaradi. 

256.Nisbiylik nazariyasining 1- postuloti-Tabiatdagi barcha hodisalar barcha inersial sanoq sistemalarida bir xilda yuz  

beradi. 

257.Nisbiylik nazariyasining 2- postuloti-Yorug’likning vakuumda tarqalish tezligi barcha inersial sanoq sistemalari  

uchun bir xildir.U manbaaning tezligiga ham,yorug’lik signalini qabul qilgichning tezligiga ham bog’liq  

emas. 


258. Relyativistik dinamika-Yorug’lik tezligiga yaqin tezliklar dinamikasi relyativistik dinamika deyiladi. 

259.Tinchlik energiyasi-Har qanday jism o’zining mavjudlik faktiga ko’ra tinchlik energiyasiga ega. 

260.To’lqin sirt-Bir xil fazada tebranuvchi fazoning barcha nuqtalari to’plami to’lqin sirt deyiladi. 

261.To’lqin fronti-Bir xil vaqt mobaynida to’lqinlar yetib brogan fazoning barcha nuqtalar to’plami to’lqin fronti  

deyiladi. 

To’lqin fronti bitta, to’lqin sirt istalgancha bo’lishi mumkin. 

Har qanday o’zidan issiqlik chiqaruvchi jism infraqizil nurlar tarqatadi. 

Yorug’lik vakuumdan boshqa muhitga o’tganda uning to’lqin uzunligi kamayadi.  

262.Fotoeffekt-Yorug’’lik ta’sirida moddadan elektronlarning uchib chiqish hodisasi fotoeffekt deyiladi. 

Fotoeffekt hodisassi yorug’likning korpuskulyar nazariyasini tasdiqlovchi hodisadir. 

Interferensiya,dispersiya,difraksiya va qutublanish hodisalari yorug’likning to’lqin nazariyasini tasdiqlovchi  

hodisalardir. 

263.Qutblanish-Yorug’lik ayrim shaffof  kristallar orqali o’tkanda intensivligining kamayishi qutblanish deyiladi.  

Qutblanish hodisasi yorug’likning ko’ndalang to’lqin ekanligini isbotlovchi asosiy hodisadir. 

Yorug’lik va elektromagnit to’lqinlarda qutblanish hodisasi kuzatiladi. 

264.Intensivlik-Birlik yuza orrqali birlik vaqt ichida o’tuvchi to’lqin energiyasi intensivlik deyiladi. 

265.Foton-Yorug’lik zarrasi, yorug’lik portsiya va yorug’lik kvanti foton deyiladi. 

266.Fotoeffektning 1-qonuni-Yorug;lik ta’sirida metall sirtidan uchib chiqayotgan fotoelektronlar soni intensivlik ortishi  

bilan ortadi. 

267. Fotoeffektning 1-qonuni-Yorug;lik ta’sirida metall sirtidan uchib chiqayotgan fotoelektronlar soni birlik vaqt ichida  

birlik yuzaga tushuvchi yorug’lik to’lqinining energiyasi ortishi bilan ortadi. 

268.Fotoeffektning 2-qonuni-Yorug;lik ta’sirida metall sirtidan uchib chiqayotgan fotoelektronlar maksimal kinetik  

energiyasi chastota ortishi bilan ortadi,intensivlikka bog’liq emas. 


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin