Jizzax Politexnika Instituti Qurilish muhandisligi fakulteti d va pqmt



Yüklə 0,85 Mb.
tarix15.11.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#69280
2 5368571547902549852


Jizzax Politexnika Instituti Qurilish muhandisligi fakulteti D va PQMT
811-22-guruh talabasi Saidmurodov Boburbeknning Kimyodan 1-Mustaqil ishi
I A guruh elementlari. K va Na xossalari va qurilishda ishlatilishi
I A guruh elementlari
Natriy xossalari va olinishi. Ishlatilishi
Kaliyning xossalari, olinishi va ishlatilishi
I A guruh elementlari.
Bu guruh elementlariga litiy, natriy, kaliy, rubidiy, seziy va fransiy kiradi. Barcha guruh a’zolarinig tashqi elektron qavatida bittadan s elektronlar bor. Ularning asosiy kattaliklari 31- jadvalda berilgan.Element tartib nomeri ortishi bilan atom va ionlarning radiusi ortadi.Shu metallarning suyuqlanish harorati kamayadi. Metallarning eng engili litiydir
I A guruh metallarinin eng muhim kattaliklari
Faqat litiyning tashqaridan ikkinchi qavatida ikkita ta elektron bo’lsa, boshqa ishqoriy metallarning tashqaridan 2-qavatida 8 tadan elektronlar bor. Shuning uchun ham litiyning xossalari boshqa ishqoriy metallardan kimyoviy xossalari jihatdan farq bo’lishiga olib keladi.Bu metallarning ishqoriy metallar deyilishi, arabchadan ishqor “emiruvchi” degan ma’no beradi.Faqat litiyning tashqaridan ikkinchi qavatida ikkita ta elektron bo’lsa, boshqa ishqoriy metallarning tashqaridan 2-qavatida 8 tadan elektronlar bor.
Na(Natriy) olinish va hossalari.
Natriy minerallari katoriga: NaCl-galit yoki toshtuz, Na2SO410H2O mirabilit yoki gluaber tuzi, Na3AlF6-kriolit, Na2SO4K2SO4 glazerit,
Na2SO4MgSO44H2O astraxanit, NaNO3 chili selitrasi va boshkalar kiradi.Devi 1807 yilda suyuklantirilgan natriy gidroksidni elektroliz qilish orqali natriy olishga muvaffak buldi. Bunda katodda Na+ + e- --Na Anodda 4OH- --H2O + O2 prosesslar sodir buladi. Xozirda asosan suyuklantirilgan osh tuzini elektroliz qilib natriy olinadi
Kaliy ham suyuqlantirilgan KC1 va KOH ni elektroliz qilib olinishi mumkin. Lekin kaliy olishning bu usuli texnikaviy qiyinchiliklar (tok bo'yicha unumi kamligi, xavfsizlik texnikasini ta’minlash qiyinligi) tufayli keng tarqalmagan. Hozirgi vaqtda sanoatda kaliy olish quyidagi reaksiyalarga asoslangan
Natriy olish uchun soda bilan ko’mir aralashmasini qattiq qizdirish ham mumkin:Na2CO3 + 2C = 2Na + 3CO Hosil bo’lgan natriy kerosin ostida berk metall idishlarda saqlanadi. Natriy erkin holatda kumush kabi oq, yengil va yumshoq metall: suyuq ammiakda eriydi, kimyoviy jihatdan juda aktiv. U suv bilan odatdagi sharoitda reaksiyaga kirishib vodorod ajratib chiqaradi:2Na + 2H2O --2NaOH + H2 Natriy juda ko’p metallar bilan intermetall birikmalar hosil qiladi. Masalan: NaSn2, NaSn va hokazo. Ba'zi metallar bilan qattiq eritmalar hosil qiladi.Natriy gidrid NaH natriyni vodorod atmosferasida kizdirish natijasida xosil buladi.
Tabiatda ishqoriy metallar erkin holda uchramaydi. Natriy va kaliy turli xil birikmalar tarkibiga kiradi. Ulardan eng muhimi natriyning xlor bilan birikmasi NaCl bo‘lib, u tosh tuz qatlamlarini (Donbass, Solikamsk, Sol-Ilesk va b.) hosil qiladi. Natriy xlorid dengiz suvida va sho‘r suv manbalarida bo'ladi. Odatda tosh tuz qatlamlarining yuqori qavatlarida kaliyli tuzlar bo‘ladi. Ular dengiz suvida ham bor, lekin natriy tuzlariga nisbatan ancha kam miqdorlarda bo'ladi. Kaliyli tuzlarning dunyodagi eng katta zaxiralari Uralda — Solikamsk rayonida joylashgan (silvinit NaCl • KC1 va karnallit KC1 • MgCl26H20 minerallari), Belarussiyada (Soligorsk sh.) kaliyli tuzlarning yirik qatlamlari topilgan va ulardan foydalanilmoqda.
  • I A guruh asosiy elementlari asosiy xossalarini aytib bering.
  • Litiyning boshqa elementlardan asosiy farqi nimada?
  • Na ning asosiy kattaliklarini sanab o‘ting ( A.m E.f A.r I.r).
  • K ning asosiy kattaliklarini sanab o‘ting.
  • Kaliyning olinishi haqida gapiring.
  • Ushbu elementlarning tabiatda uchrashini tushuntirib bering.

E’tiboringiz uchun rahmat
Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin