Me’mor” romanida kasb-hunar leksikasining lisoniy tadqiqi va ta’limi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə10/36
tarix12.05.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#111944
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36
Sirojiddiт dissertatsiya oxirgi-5

Bob bo‘yicha xulosa
Ma’lumki, keyingi paytlarda jahon tilshunosligida, jumladan o‘zbek tilshunosligida terminologiyaning turli masalalari bo‘yicha bir qator tadqiqotlar yaratilmoqda. Ularda asosan, soha terminologiyasi masalalari keng yoritilib kelinmoqda. Ammo biror ijodkor asarlarida qo‘llangan terminlar tadqiqiga doir biror ilmiy ish yuzaga kelmagan. Shu bois ham Mirmuhsinning “Me`mor” asarida qo‘llangan terminlarini tahlil qilsh muhim ahamiyat kasb etadi.
Termin ta`rifi bo‘yicha jahon va o‘zbek tishunosligida juda ko‘plab fikrlar bildirilgan bo‘lib, biz mazkur fikrlarga qo‘shilgan holda termin bu – ma’lum soha vakillari uchun tushunarli bo‘lgan so‘zlar yig‘indisi,- degan mazmunda fikr bildirishga harakat qildik.
Terminologiya va kasb-hunar leksikasi bir-biriga vazifa va ma’no jihatdan yaqin bo‘lib, kasb-hunar leksikasi ko‘proq hudud shevalari bilan bog‘liq tarzda yuzaga keladi.


IKKINCHI BOB
Kasb-hunar leksikasining yasalishi (Mirmuhsinning “Me’mor” romani materiallari asosida)
II.1. Kasb-hunar leksikasining semantik usul bilan yasalishi
Har qanday tushuncha til birliklarida–leksemalarda o‘z ifodasini topadi. Leksemalar esa muayyan qonun-qoidalar asosida yuzaga keltiriladi va til egalari tomonidan muomalaga kiritiladi. Bu jarayon bevosita tilning ichki va tashqi omillariga bog‘liqdir, chunki ular asosida til hamisha o‘zining lug‘at fondini yangi leksemalar bilan to‘ldirib turadi. Bu jarayon so‘z yasalish va so‘z o‘zlashtirish vositasida amalga oshiriladi.
Umumiste’moldagi leksikaning tarkibiy bir qismi hisoblangan terminlar tilning qonun-qoidalari asosida yaratiladi. Har ikkala manbaga oid leksemalarning yasalishiga xos umumiylik shundan iboratdir. Lekin ular o‘rtasida muayyan farqlar mavjud bo‘lib, ular, quyidagilardir:
Birinchi farq. hozirgi o‘zbek adabiy tilida leksemalar besh xil usul bilan yasaladi: 1) affiksatsiya usuli; 2) fonetik usul; 3) semantik usul; 4) kompozitsiya usuli; 5) abrevatsiya usuli (Tursunov va b., 1992, 202).
Terminologik sistemalarda esa so‘z yasash usullarining faqat uchtasiga amal qilinadi: 1) semantik22; 2) affiksatsiya; 3) kompozitsiya.
Ikkinchi farq. har bir terminologik sistema o‘z boyligini turli usullar bilan yasalgan terminlar hisobiga to‘ldirib boradi. Biroq, har bir sistema o‘ziga xos tushunchalarni ifodalovchi leksemalar bilan ham ish ko‘radi. Bunday terminlar esa yasalishi nuqtai nazaridan xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun har qaysi terminologik sistemaning faqat uning o‘ziga xos termin yasash qonun-qoidalari bor. Affiksatsiya usulida elliktadan ortiq yasovchi element ishtirok etadi. Biroq, ularning ba’zilari faol ravishda, boshqalari nofaol ravishda leksemalar hosil qilsa, uchinchilari lug‘aviy birliklar yasash funksiyasini to‘xtatgan. Adib Mirmuhsinning asarlarida ham juda ko‘plab milliy hunarmandchilikka doir terminlar qo‘llangan.
O‘zbek tilshunosligida ham so‘z ma’nosida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar va buning natijasida u yoki bu tushunchalarni ifodalay oladigan lug‘aviy birliklarning hosil bo‘lish jarayoni dastlab ayrim ishlar tarkibida o‘rganila boshlandi (Pinxasov, 1960; Mirzayev va b., 1978; Tursunov va b., 1992). Mazkur muammo maxsus tadqiqotlarning tekshirish obyektiga aylandi T.Aliqulov (1966), M.Mirtojiyev (1975) va b.
Shu bilan birga, terminologiya masalalarini o‘rganishga bag‘ishlangan ishlarda tushunchalarning semantik usul bilan ifodalanishi masalasiga alohida e’tibor berib kelinmoqda (S.Ibrohimov, T.Tursunova, R.Doniyorov, A.Madvaliyev).
Shunga ko‘ra, ishda semantik usul bilan terminlar hosil qilishning har bir turiga alohida to‘xtab o‘tiladi.
I. Sof semantik usul bilan hosil qilingan terminlar
Semantik yo‘l bilan termin hosil qilishning bu usulida tilda mavjud bo‘lgan va yakka holda olingan leksemalarning mustaqil ma’no anglatish hodisasi tushuniladi. Bolor (balor) termini «imoratning tepasiga ko‘ndalang solinadigan baquvvat balka» (O‘TIL,I,29) ma’nosini anglatadi. Hunarmandchilik mikroguruhida esa mazkur termin «patli gilam to‘qishda tizilgan iplarni saqlab turish uchun ishlatiladigan ikki-uch metr uzunlikdagi yog‘och» ma’nosini ifodalaydi .
Tirsak terminining asl ma’nosi insonga tegishli bo‘lib, u texnikada ham alohida bir semema tarzida ishlatiladi (masalan, valning tirsagi). Bundan tashqari, mazkur termin tibbiyotda ham qo‘llaniladi: «tilda paydo bo‘ladigan so‘galsimon bo‘rtiq, chiqiq; sariqcha» (O‘TIL, II, 187). Kasb-hunarmandlikning metallsozlik sohasida ham tirsak termini ishlatiladi: «tunuka pechka trubasi (karnayi)ning burchak shaklida egilib yasalgan turi». Ushbu termin hunarmandchiliklik kasb-hunarmandligida «dastgohning tig‘i harakatini tekis va to‘g‘ri saqlaydigan ikki bo‘lakdan iborat burchaksimon yog‘och tayoq» ma’nosida qo‘llanayotganligi aniqlandi.
Qilich termini asli harbiy termin bo‘lib, «bir tig‘li, xanjardan uzun qurol» (O‘TIL, II, 577) ma’nosini bildiradi. o‘rganilgan obyektning gilamchilik mikroguruhida «gilam to‘qishda arqov iplarni juftlashtirish uchun ishlatiladigan va qilich quroliga o‘xshagan yog‘och asbob» ma’nosida ishlatilayotir .
Langar termini «kemani bir joyda to‘xtatib turish uchun zanjirga biriktirib suv ostiga tashlanadigan changaksimon og‘ir temir», ikkinchidan, «dorda muvozanatni saqlash uchun dorboz qo‘lida tutadigan uzun xoda» (O‘TIL, I, 426) ma’nosini anglatadi.
Shuningdek, langar terminining yana ikki ma’noda qo‘llanilayotganligi shevalarda uchraydi:
1. Gilamchilikda: to‘quv dastgohida tizilgan iplarga bog‘langan bir-ikki chorakli tosh yoki tuproq bilan to‘ldirilgan ko‘zasimon buyum (K.q.).
2. Ko‘nchilikda: olovli rax uyning yoniga birlashtirib qurilgan o‘ziga xos ayvon. Bu yerda ko‘nchilik bilan shug‘ullanuvchilar dam olishadi. Ba’zan terilarga ishlov beriladi hamda ko‘nchilik buyumlari saqlanadi (Sam.sh.).
II. Semantik-sintaktik usul bilan hosil qilingan terminlar
Biror tushunchani ifodalash maqsadida termin hosil qilishning semantik-sintaktik usullaridan ham keng foydalanilayotir:
1. Gilam, poyondoz, olacha, sochiq, kashta, choyshab kabi narsa-predmetlar nomiga gul, kashta, nusxa, naqsh, usul, bezak kabi termin elementlar qo‘shib ishlatiladi: ikkigulli gilam, choyshab kashtasi (keshtasi), sochiq (sochaq) guli, yostiq (dostiq) guli kabilar.
2. Narsa-predmetlar nomlariga qayd etilgan leksemalarni birinchi tip izofa vositasida ifodalash orqali ham maxsus terminlarning yuzaga keltirilganligini quyidagi misollar bilan tasdiqlash mumkin. Bunday lug‘aviy birliklar hunarmandchilikning kashtachilik, gilamchilik kabi sohalarida ko‘proq uchraydi: anorgul (kashtachilikda), ilon izi (o‘ymakorlik, kashtachilik, koshinkorlik, kulollik kabi sohalarda), chashmi bulbul (kashtachilik, yo‘rmado‘zlik sohalarida), baliqko‘z (gilamchilik, pichoqchilik), tuya-ko‘z (holvapazlik), samovargul (kashtachilik), tariqgul (kashtachilik, gilamchilik, kulollik), bovirsoqgul (bo‘g‘irsoqgul), kosagul (kashtachilik, gilamchilik), karsangul tog‘oragul ( gilamchilik, kashtachilik), tol bargi (kashtachilik), ittovon (gilamchilik), pichoq uchi ( gilamchilik ) kabilar.
3. Toponim va etnonimlarga ham hunarmandchilik terminlarini qo‘shish bilan terminlar hosil qilinadi: urguti nusxa, buxorcha usul, samarqandcha bezak, qozoqi gilam, juhuti sandiq, turkmani gilam, o‘ris kashta, tatarcha sandiq, kattaqo‘rg‘oni sandiq, panjakenti etik, baxmali gilam, o‘zbeki xalat kabilar.
Kasb-hunarmandchilikning turli-tuman sohalarida ishlatilayotgan, biroq boshqa-boshqa sohalarga aloqador lug‘aviy birliklar jumlasiga yana quyidagilarni dalil sifatida keltiramiz: bodom–kashtachilik, o‘ymakorlik, naqshinkorlik, to‘qimachilik, jiyakchilikda; bodomcha–kashtachilik, kulollikda; ilon izi–kashtachilik, kulollik, o‘ymakorlikda; kapalak–kashtachilik, to‘qimachilikda; no‘xat, naxo‘d–kashtachilik, kulollikda; ot– gilamchilik, kashtachilikda; suv–kashtachilik, gilamchilikda.
Shu yo‘l bilan hosil qilingan terminlarni muayyan guruhlarga ajratib ko‘rsatish ma’qul deb topildi. Bu jarayonda quyidagi qoliplarga amal qilingan:
I. O‘xshatish asosi+o‘simliklar nomi. o‘zbek xalqining amaliy san’atida, kasb-hunarlarning barchasida o‘simliklar olami aks ettirilgan naqsh va nusxa nomlaridan keng foydalanib kelinganligi va foydalanib kelinayotganligi maxsus adabiyotlarda alohida uqtirib o‘tilgan. Gilamchilik, kashtachilik, to‘qimachilik, o‘ymakorlik, zardo‘zlik, do‘ppido‘zlik kabi kasb-kor sohalarida o‘simliklar dunyosiga aloqador motivlar shunchalik ko‘pki, ularning son-sanog‘i yo‘qdir. Binobarin, o‘simlik dunyosiga aloqador nomlarning hunarmandlik sohasiga o‘xshatish yo‘li bilan o‘tib, maxsus tushunchalarni anglatish uchun xizmat qilayotgan terminlar juda ko‘p.
Tahlillar natijasida quyidagi ikki holatga e’tibor berish kerakligi ayon bo‘ldi:
1. O‘xshatish asosini o‘simliklarning qismi (bargi, shoxi va h.) hamda mevalari nomlari tashkil etadi. Bunday leksemalar, nihoyatda, ko‘pligi bilan ajralib turadi. Ularning ayrimlari quyidagilardan iborat: shox (cha), barg, shoxchagul, paxtagul, olma guli, g‘uncha, uzum/angur, bodom, dubarg, shoxbarg, yakkabarg, qo‘shbarg, novda, butoq va b.
2. Amaliy san’atda gul «biror narsaga chizib, tikib, bosib tushirilgan bezak», ya’ni «naqsh» ma’nosida ham ishlatiladi: oygul, yulduzgul, vazagul, bovirsoqgul (bo‘g‘irsoqgul), karsangul (tog‘oragul), taroqgul, taraqgul, tuvakgul, samovargul, panjagul, sambo‘sagul, somsagul, patnisgul, davragul, islimiygul, kosagul, parvardagul, chamandagul, shapalaqgul, shapoloqgul, qiyiqchagul, ko‘zachagul, choynikgul, tovoqgul.
II. O‘xshatish asosi+hayvonlar nomi. Kasb-hunarmandlikka doir terminologik sistemada hayvonot dunyosi bilan aloqador leksemalar buyumlarning biror turini yoxud naqshini anglatishda o‘sha hayvon nomining o‘zi kasb-hunar termini sifatida ishlatilaveradi: ot, qo‘chqor, kiyik, kapalak, tovus, qo‘ng‘iz, chumchuq, qo‘y, go‘balak (parvona), kaptar/kabutar, o‘rdak, qirg‘ovul, xo‘roz, qaldirg‘och, to‘ti, turna, laylak, burgut va b.
III. O‘xshatish asosi+kishi tana a’zolari nomi. har bir kosib-hunarmand biror buyumni yaratar ekan, o‘z fantaziyasini ishga solib, insonning u yoki bu tana a’zolariga o‘xshash naqsh yaratadi yoxud ishlab chiqarish qurollarini ixtiro qilishi asosda, odamlarning tana a’zolari nomi ham takror nomlangan bo‘lib chiqadi:qosh/qoshak/abro‘, boshmaldoq, yurak, ko‘z, oyoq, qo‘l, manglayqosh/peshanaqosh, peshanaband, kiprik, barmoq, panja va boshqalar
IV. O‘xshatish asosi+uy-ro‘zg‘or buyumlari nomi. Uy-ro‘zg‘or buyumlari kishida xilma-xil assosiasiyalar tug‘diradi, chiroyli buyumning o‘zi ko‘zga yanada go‘zalroq bo‘lib ko‘rinadi: tarkibiga o‘tadi: sandiq, taboq/tovoq, chiroqpoya, qulf-kalit, nimkosa, samovar, chaynik/choynak, ko‘za/ko‘zacha, qoshiqcha, piyola, oftoba, lali, qumg‘on, qaychi, gugurt(gurgit)qutinusxa, taroqnusxa, vazagul, qaychikashta, chiroqnusxa, nimkosakashta, kosagul, taroqgul va b.
V. O‘xshatish asosi+dehqonchilik asbob-uskunalari nomi: bo‘yintiriq (gilamchilikda–o‘rmakning yarimoy shaklidagi tayoqchasi), o‘roq (ko‘nchilikda–teri yuzida qolgan junlarni sidirish uchun ishlatiladigan, yarimoysimon o‘roq shaklidagi metall asbob), arra), dushoxa (charx dukini saqlab turadigan ayrili cho‘p).
VI. O‘xshatish asosi + harbiy terminlar: qilich (gilamchilikda–arqov iplarni juftlash uchun ishlatiladigan, harbiy qurol bo‘lmish qilichga o‘xshash yog‘och asbob), qalqon ( gilamchilikda–to‘qima buyumlarga ishlatiladigan yarimoysimon naqsh turi).
VII. O‘xshatish asosi + texnika asbob-uskunalari nomi. Kasb-korlar-ning gilamchilik, kashtachilik kabi turlarida o‘tgan asrda paydo bo‘lgan yangi texnik vositalarni tasvirlash asosida yaratilgan naqshlar shu vositalarning nomlari asosida ifodalanmoqda: aeroplan/oyraplan nusxa, nusxai traktor, otash aroba, televizor, poyezd, raketa, lunaxod va b.
IX. O‘xshatish asosi + astronomik obyektlar nomi termin sifatida nisbatan kam bo‘lsa-da, naqshlarga ko‘chirilgan. Natijada, kasb-korlarga oid lug‘aviy birliklar ham paydo bo‘lgan: oy/moh, yulduz/sitora, quyosh/xurshid, oy va yulduz/mohi sitora va b.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin