Mendan nima qolar: Ikki misra sheʼr, Ikki sandiq kitob, Bir uyum tuproq. Odamlar ortimdanNima desa der,Men seni oʻylayman Oʻzimdan koʻproq -lola, lolajonim, Lolaqizgʻaldoq



Yüklə 3,88 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü3,88 Kb.
#196455
6-


Mendan nima qolar: Ikki misra sheʼr, Ikki sandiq kitob, Bir uyum tuproq. Odamlar ortimdanNima desa der,Men seni oʻylayman Oʻzimdan koʻproq –Lola, lolajonim, Lolaqizgʻaldoq! Men ketsam, yomondan Yiroq boʻl, ohu, Chunki sen chiroyli, Koʻrkli bir juvon. Yomon kunlar bir kun Yaxshi boʻlar-u, Yomon odam yaxshi Boʻlmas hech qachon… Yasha chegarada Turgandek ogoh, Lola, lolajonim, Lolaqizgʻaldoq! Uyda yotibman-u, Sezib turibman, Koʻkda ketayotir Qushlar qaytishib. Xayrlar yogʻdirib Qanotlaridan, Xasta shoiriga Vido aytishib. Bor, mening uchun ham Ularga qoʻl qoq, Lola, lolajonim, Lolaqizgʻaldoq! Ularni men yana Koʻrarmanmi-a, Ayvondan odamdek Kuzatolmadim. Kuz. Toʻylar boshlandi. Yuragim pora – Bitta qizimni ham Uzatolmadim… Demak, taqdir ekan Toʻy koʻrmay oʻlmoq, Lola, lolajonim, Lolaqizgʻaldoq! Biroq, koʻnglim sezar, Mendan keyin ham, Bir kun bu hovliga Odam toʻladi. Hali toʻylar qilibCharchaysan, erkam, Mening qizlarim eng Baxtli boʻladi! Kelinlar koʻylagi Ruhimday oppoq, Lola, lolajonim, Lolaqizgʻaldoq! Gulim, yaqinroq kel, Qara, ne savdo, Bu ajib ishlarniDil lavhiga yoz: Kimga qasr yetmas, Kimga mol-dunyo, Menga esa havo Yetmaydi, xolos. Tiriklar mudroqda, Oʻliklar uygʻoq, Lola, lolajonim, Lolaqizgʻaldoq! Koʻksim kuyib borar, Koʻkrak yonmoqda, Ayting doʻxtirlarga, Yorishsa yorsin! Jism oʻz ulfati – Jondan tonmoqda. Bechora jon endi Qayerga borsin. Endi osmon yiroq, Endi yer yumshoq, Lola, lolajonim, Lolaqizgʻaldoq! Buni hayot derlar, Unutma aslo, Bir kun ochilasan, Bir kun soʻlasan. Qalbimda-ku, faqat Sen eding tanho, Qabrim ustida ham Oʻzing boʻlasan. Sen bizning sevgidan Xotira – bayroq, Lola, lolajonim, Lolaqizgʻaldoq! Ayol qalbing bilan Suv kech, olov kech, Gʻam kelsa boshingdan Hushing uchmasin. Xudodan soʻradim: Mendan keyin hech Nomard kimsalarga Ishing tushmasin. Ularning qoʻlida Hamisha tuzoq, Lola, lolajonim, Lolaqizgʻaldoq! Ishing tushsa, inim Muhammadga bor, Shoirlar ichida Ishonganim shu. Biroz ichishini Aytmasa agar, Koʻksi tiniq bola, Halol bola u. Faqat sal soddaroq, Faqat sal yoshroq, Lola, lolajonim, Lolaqizgʻaldoq! Jon soʻnggi boshpana Toparkan ongda, U yurak ostida Derdim men boʻlsam. Ajablanma agar Ertaga tongda Seni oʻpib, Oʻshni Quchoqlab oʻlsam!.. Oʻtinchim – tepamda, Yigʻlama uzoq, Lola, lolajonim, Lolaqizgʻaldoq!
Yüklə 3,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin