Texnik konstruksiyalash VA MODELlashtirishning vazifalari bosqichlari va o‘ziga xos xususiyatlari I



Yüklə 61,14 Kb.
səhifə1/3
tarix29.04.2023
ölçüsü61,14 Kb.
#104533
  1   2   3
2-mavzu


2 - mavzu: TEXNIK KONSTRUKSIYaLASh VA MODELLAShTIRIShNING VAZIFALARI BOSQIChLARI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYaTLARI


I. Xozir sanoatning turli tarmoklarida noyob inshootlar, agregatlar, mashinalar yaratilmokdaki, ular kata moddiy mablaglar sarflab tayyorlanadi. Shunday yekan tegishli texnik hujjatlarni ishlab chikadigan muxandislarning hisoblashlarida xatoliklarga yul kuyib bulmaydi. Chunki bunday xatoliklar yaroksiz yoki buyumning vaqtidan ilgari ishdan chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Texnik hujjatlarda xatolarga yul kuyimaganini aniqlash uchun avval buyumning o‘zi yemas balki modeli tayyorlanadi.
Odatda modelning ulchamlari originalga nisbatan ancha kichik buladi va shunga kura undan arzonga tushadi. Model to‘zilishi jihatdan originaldan farklanishi mumkin, lekin unda ishlash jarayonida originalda sodir buladigan fizik xodisalar tuzatilishi kerak.
Texnik modellashtirish jarayoni quyidagi 3 ta asosiy bosqichdan iborat:
1. Model yasash uchun texnik hujjatlarni (texnik shartlar, chizmalar, texnologiyani) tayyorlash;
2. Model yasash
3. Modelni sinab kurish.
Ishlab chiqarish sharoitlarida texnik modellashtirishning asosiy vazifasi modelni sinashdir. Shuning uchun texnik modellashtirishning dastlabki ikkita bosqichi uchinchi bosqichiga nisbatan yordamchi ishlar hisoblanadi.
Maktabda yoki pedagogika institutining o‘quv ustaxonasidagi texnik modellashtirish bosqichlarining uzaro munosabati boshqacharokdir. Texnik ijodkorlikni o‘rgatishda texnik hujjatlarni tayyorlash va model yasash ham uni sinab kurish kabi muxim ahamiyatga yegadir. Ba’zi hollarda yesa dastlabki ikkita bosqich ta’lim jarayonidagi ahamiyatiga kura asosiy bosqichlar hisoblanadi.
II. Texnik modellashtirish talablarning: turli buyumlar tayyorlash bilan boglik bo‘lgan; ularning zamonaviy ishlab chiqarish asoslari haqidagi tushunchasini kenagytradigan; ularda konstruktorlik qobiliyatlarini rivojlantiradigan; texnik bilimlarni chukurlashtradgan; materiallarga ishlov berish ko‘nikma va malakalarini mustaxkamlaydigan faoliyat deb tushunish kerak.
Konstruksiyalash va modellashtirishni o‘rgatish jarayonini quyidagi asosy bosqichlarga bo‘lish mumkin:
1. Obektlarni mukammal texnik hujjatlar bo‘yicha tayyorlash.
2. Obektlarni kiskarilgan texnik hujjatlar bo‘yicha tayyorlash.
3. Obektni texnik shartlar bo‘yicha yoki uz ixtiyoricha tayyorlash.
III. O‘quvchilar texnik ijodkorligi o‘ziga xos integral xarakterga yega: u uzaro ongli kayta o‘zgartiruvchi faoliyatdan iborat bo‘lib, uzaro boglik komponentlardan tashkil topgan ilmiy izlanish, yeksperiment, texnik masalalarni yechish, model va qurilmalarni yaratish, sinovdan keyin xayotga tadbik qilish kabilar. Bu faoliyat natijasida o‘quvchilar ularni urab turgan atrof dunyo to‘g‘risida chukur bilimga yega buladi, ular tomonidan taklif kilingan nazariy fikrlarni xakliligiga (yoki yolgonligiga) ishonch xosil qiladi, kaysikim texnik ijodkorlik jarayonida amalda tasdiqlanadi yoki rad yetiladi, yeng muximi yangi texnik qurilma, malaka va ko‘nikma xosil qiladi.
Maktab o‘quvchilarining yangi texnik qurilmani yaratish jarayoni ma’lum bir kator mustaqil, xuddi shuningdek organiq jihatdan uzaro boglik bir necha bosqichlarni uz ichiga oladi. Yangi texnik qurilmani yaratish bo‘yicha ijodiy faoliyatning asosiy bosqichlarini karab chikamiz.
I-bosqich. Bu bosqichda o‘quvchilar faol holda ilgari texnika soxasida yaratilgan mavjud qurilmalarni o‘rganishga intiladi va buning natijasida o‘quvchilar ongida muammoli holat vujudga keladi. Kaysikim buning natijasida analTIk fikrlaydi: ijodiy izlanish vujudga keladi va bu bosqich natijasi sifatida konkret texnik masalani oldinga kuyadi.
II-bosqich. Bu bosqichda o‘quvchilar ongida mavjud qurilma to‘g‘risida texnik g‘oyalar vujudga keladi. Bu yetapda yaratiladigan texnik qurilmaning ishlash prinsipi aniqlanadi, kayiki ilgari ma’lum bo‘lgandan o‘zgartirib olinadi yoki tanlanadi, yoki yangidan yaratiladi. Bunda g‘oya masalani texnik mohiyatini tashkil yetadi. Texnik g‘oya bosqichida faol ongli texnik ijldkorlik yuzaga keladi.
III-bosqich. Tasavvur kilingan yaratalidigan modelni ishlab chiqarishdan iborat. U o‘quvchilar ongida fikriy yeksperiment natijasi sifatida vujudga keladi: texnik g‘oya sxemada rasmiylashtiriladi, ishlab chikadigan formulani funksional va to‘zilish sxemasi aniqlanadi, o‘quvchilar ongida g‘oya obraz sifatida vujudga keladi.
IV-bosqich. Konstruksiyalash bosqichi bo‘lib bunda yosh texniklar uylaganini mazmuni va shaklini yuzaga chiqarishga intilishadi. Bu bosqichda ijodiy izlanishning asosiy prinsipi sifatida mufaffaqiyatining maqsadga muvofiqligi, aniqligi, oddiyligi va konstruksiyalanadigan qurilmani texnologikligi tashki shaklda ulchamlarini haqiqatligi ijodiy obekt mohiyatiga ularning optimal mosligi xizmat qiladi.
Konstruksiyalash bosqichida yeskiz yoki texnik loyiha ishchi Chizma modellar yoki maketlar tayyorlaydilar. Loyihalashni asosida texnik hisoblash yotadi: o‘quvchilar yoshidan, fizika-matematika va texnik tayyorgarlik darajasidan hamda murakkblik darajasidan boglik ravishda ma’lumot bir chegarada o‘zgarib turadi. Bundan tashqarii bu bosqichda qurilmani ayrim detal va uzellari tajriba yuli bilan tekshiriladi.
V-bosqich. Harakatlanuvchi modelni yaratish va sinash. Bu bosqichda amalda g‘oyaning haqiqiyligi texnik hisobini maqsadga muvofiqligi tekshiriladi hamda uning amalga oshirilishi va rasionalligi tekshiriladi va material bilan ta’minlanadi. Yechiladigan masalani murakkabligidan yeksperiment uchun modellar bosqichini doimo murakkablashuvchi, asosan o‘zgaruvchi bo‘lishi mumkin.
VI-bosqich. Haqiqiy qo‘llaniladigan qurilmani tajriba nusxasini yaratish, uni sinash. Texnik ijldkorlikning nazariy bosqichidagi bajarilgan ish, xuddi shuningdek qurilgan yeksperimental model asosida va uni sinash orkali o‘quvchilar tomonidan haqiqiy qo‘llaniladigan texnik qurilma yaratilishi mumkin. (Qishloq xo‘jaligi va sanoat ishlab chiqarishi uchun transport maqsadida va boshqalar). Bu bosqichda o‘quvchilarning konstruktorlik-topkirlik faoliyati bir vaqtning o‘zida ularning ijtimoiy foydali va unumli mehnatining yelementi hisoblanadi, yoki bulmasam ixtirochilikda rasionalizatorlikka qarashi mumkin.
VII-bosqich. Texnik hujjatlarni rasmiylashtirish. Bu o‘quvchilar texnik ijodkorligi jarayonida yakunlovchi bosqich. Bu bosqich xozirgi vaqtda nisbatan kam qo‘llaniladi, ko‘pchilik hollarda yosh texniklar tugaragining rahbari o‘quvchilarning ijodiy ishlarini ishlab chiqarishga tadbik yetishni ta’minlash holatida bulmaydi, shuning uchun o‘quvchilarning konstruktorlik-topkirlik faoliyati Yangi hujjatlarni rasmiylashtirish bosqichiga yetib bormaydi. Bunday hollarda bu bosqichni texnik hujjatlarini yozma ravishda Chizma shaklida sxema holida rasmiylashtirish, o‘quvchilarni texnik madaniyatini oshirishga faol yordam beradi.
Chizmachilik malaka va ko‘niklamalarini ishlab chiqadi.


Yüklə 61,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin