Me’mor” romanida kasb-hunar leksikasining lisoniy tadqiqi va ta’limi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə18/36
tarix12.05.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#111944
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
Sirojiddiт dissertatsiya oxirgi-5

II .3. Kasb-hunar leksikasining birikmalar vositasida ifodalanishi
O‘zbek tilining barcha terminologik sistemalarida, jumladan, kasb-hunarmandlik sohasida ham qo‘llab kelingan va kelinayotgan minglab birikma terminlar haqida ham shunday deyish mumkin. Urgut tumanida gilamning 10 dan ortiq turi to‘qiladi: arabi (aravi) gilam, taqir gilam, taqillovuq gilam, pat gilam, jo‘lbaroq gilam, eroni gilam, afg‘oni gilam, urguti gilam, turkmani gilam kabilar. Giponimik munosabatning turterminlari hisoblanmish bu birikmalar gilamlarning biror jihati bilan farq qilib turishini anglatishi tabiiydir. holbuki, ularning har birini tub yoki sodda leksema bilan ifodalash juda mushkul. Shuning uchun ham bunday turdagi gilamlarning har bittasi tegishli birikmalar vositasida ifodalanadi
Hunarmandlar nutqida birikma terminlarning ikki xilidan foydalanib kelinayotir: 1) «ot+ot» qolipida yasalgan terminlar; 2) «sifat+ot» qolipida yasalgan terminlar.
II.3.1. «Ot+ot» qolipli birikma terminlar
O‘zbek tilining terminologik sistemalarini o‘rganishga bag‘ishlangan ishlarda «ot+ot» qolipli birikma terminlarning o‘rni, nihoyat, darajada kattadir.
Birinchi komponenti qo‘shimchasiz, ikkinchi komponenti esa egalik qo‘shimchasi (-i yoki -si) bilan shakllantirilgan besh yuztadan ortiq birikma terminning kartotekaga olinganligi fikrimizning dalilidir: bodom guli, markiza naqshi, baliq ko‘zi, chumchuq ko‘zi, shaxmat guli, pichoq uchi, kizak mag‘zi, ilon (jilon) izi, kashta suvi, tol bargi, morpech qalami, popop mashinasi, gilam sochag‘i//chochag‘i va b. Mohak toshi – Tilla bilan jezni ajratadigan mineral tosh.
To‘plangan materiallar tahlilidan kasb-hunarmandlikka oid moslashuvli birikmalar (qo‘shma terminlar)ning ko‘pgina qismi bitishuvli birikma holida quyidagi ma’nolarda qo‘llanayotganligi aniqlandi:
1. Buyumlarga to‘qiladigan, tikiladigan, yasaladigan bezaklar (kashtalar, gullar, naqshlar)ni ifodalovchi birikmalar (ular qo‘shib yozilganda qo‘shma termin maqomini oladi): tol bargi-tolbarg, chumchuq ko‘zi-chumchuqko‘z, ot tuyog‘i-ottuyoq, baliq ko‘zi-baliqko‘z, it tovoni-ittovon, paxta guli-paxtagul, olma guli-olmagul, quvurchoq (qo‘g‘irchoq) beti-quvurchoqbet va b. Karnob tuprog‘i, oq qum, angob loyi, luk, jo‘sha, magil, mis to‘poni, qo‘rg‘oshin – Aksincha, “polopon qanot yozib, parvoz etmog‘i qanday yaxshi“, - dedi. Koshinpar uchun karnob tuprog‘i, oq qum, angob loyi, luk, jo‘sha hamda tog‘jismlari bo‘lmish malgash “magil“ ham, mis to‘poni, qo‘rg‘oshin to‘poni kerak. (Me’mor romani, 69-bet).
2. To‘qilgan, tikilgan, tayyorlangan, yasalgan buyumlarni anglatuvchi birikmalar: qozoq gilami-qozoqgilam, turkman gilami-turkmangilam30, jelak boshi (ayollarning kashta tikilgan bosh yopinchig‘i)-jelakbosh, qo‘l jilopi (qo‘lqop)-qo‘ljilop, oyna xaltasi-oynaxalta, gul tuvagi-gultuvak va b.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin