Me’mor” romanida kasb-hunar leksikasining lisoniy tadqiqi va ta’limi


II.4.Kasb-hunar leksikasining kompozisiya usuli bilan yasalishi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə20/36
tarix12.05.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#111944
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
Sirojiddiт dissertatsiya oxirgi-5

II.4.Kasb-hunar leksikasining kompozisiya usuli bilan yasalishi
Qo‘shma terminlar barcha terminologik sistemalarda qo‘llanib kelinayotganligini ta’kidlash lozim. Bundan kasb-hunarmandlik terminologik sistemasi ham mustasno emas. T.Tursunovaning tadqiqotidan kasb-hunarning gilamchilik sohasida ham ko‘plab qo‘shma terminlar qo‘llanishda ekanligi ma’lum bo‘ldi: belbog‘, dastro‘mol, dastlungi, et qars, zar do‘ppi, zar yoqa, oyna xalta, taroq xalta, gulko‘rpa, beshik yopiq, nina ilmoq, qorin bostiriq, aylanma qovuq31 va boshqalar shular jumlasidandir (Tursunova, 1978, 88).
To‘plangan materiallardan shu sohada faqat ikki xil qolipli qo‘shma terminlar yasalayotgani ma’lum bo‘ldi: 1) «ot+ot» qolipli qo‘shma terminlar; 2) «son+ot» qolipli qo‘shma terminlar.
II.4. 1. «Ot+ot» qolipli qo‘shma terminlar
To‘plangan material tahlili kasb-hunarmandlik terminologiyasida «ot+ot» qolipidagi qo‘shma terminlar quyidagi ma’nolarda kelishi mumkinligini ko‘rsatdi:
1. To‘qilgan, tikilgan, yasalgan narsa-buyumlarni ifodalash uchun xizmat qiladi: zardevor/zardevol, lo‘labolish/lo‘latakiya, taroqxalta, qoshiqxalta, oynaxalta, somsatandir, moyko‘za va b. Belkurak – Zavrak Me’mor yuzidagi g‘ayri odatiy bir holni ko‘rib, qo‘lidagi belkurakni yerga qo‘ydi. ( Me’mor romani, 19-bet )
2. Buyumga tikilgan, yasalgan, tayyorlangan kashta, bezak, gul kabilarning turlarini ifodalashda foydalaniladi: ottuyoq, parvardagul, taroqgul, tuvakgul, turnagul, shapalakgul/kapalakgul (to‘qimaga tushirilgan kapalaksimon nusxa), qo‘chqorshox, zanjirchiziq, oychiziq, panjagul, popukgajak va b.
3. To‘qish, tikish, tayyorlash jarayonida ishlatiladigan asbob, moslama va h.k. yordamchi vositalarni yoxud ularning qismlarini anglatuvchi terminlar yasaydi: terio‘roq, teriarra, urchuqbosh, xossupurgi/yog‘supurgi, charxtovaldiriq, shayinyog‘och/shayinjog‘ach, o‘roqranda, qilsupurgi/qilshipirgi, quloqcho‘p, qo‘rchoqtovaldiriq/qo‘g‘irchoqtovaldiriq, manglay(malg‘ay, mag‘lay)qosh, yuraknusxa, yulduznaqsh, oftobnusxa.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin