Kashtachilik san’atining tarixiy an’analari. Annotatsiya



Yüklə 18,56 Kb.
tarix07.06.2023
ölçüsü18,56 Kb.
#126084
kashta


KASHTACHILIK SAN’ATINING
TARIXIY AN’ANALARI.
ANNOTATSIYA; Maqolada kashtachilik san’atining tarixiy an’analari haqida fikr yuritiladi.
Kalit so’zlar: kashtachilik,kashta choklari,kashta tikish uchun asboblar va moslamalar.
KASHTADO‘ZLIK, kashtachilik —kashta tikish kasbi, amaliy san’atning qadimiy sohalaridan biri. Arxeologik topilmalar Kashtado‘zlikning deyarli barcha xalklarda qadimiyligini, iqlim, tabiiy sharoit, muhit bilan bog‘liq holda har bir xalqning madaniyati, san’ati, kasb-hunar turlari bilan birga, ularning ta’sirida rivoj topganini ko‘rsatadi. Kashtado‘zlikning paydo bo‘lishi teridan qilingan kiyimlarda bog‘lam va choklarning yuzaga kelishi bilan bog‘liq. Davrlar davomida toshdan suyak bigizlarga, undan metall bigizlarga o‘tish bilan, shuningdek, to‘qish, mato to‘qish,bo‘yash va boshqa ishlar bilan bog‘liq. Kashtado‘zlik taraqqiyotini Qadimiy Osiyo, Yevropa, Amerika madaniy yodgorliklari, adabiy manbalardagi kashtalar tasvirida, shuningdek, saqlanib qolgan Kashtado‘zlik namunalarida kuzatish mumkin. Kashtado‘zlik mahsulotlarining eng qadimiy nusxalari saqlanmagan. Kashtado‘zlik rivojlangan xalqlarda unga tasviriy san’atning ta’siri katta bo‘lgan. Macalan, 11-asrga oid ingliz kashtalarida jang lavhalari aks ettirilgan. 12-asrgaa mansub rus kashtalarida Vizantiya ikona san’atining ta’siri ko‘zga tashlanadi. Xitoyda 14-asrdan «syuxua» (ignali tasvir) nomi bilan mashhur bo‘lgan kashtali namoyonlar uslub jihatdan shoyiga tush bilan ishlangan manzara janriga yaqin.
Yevropada Kashtado‘zlik. Uyg‘onish davrida yuqori pog‘onaga ko‘tarildi. Davrning buyuk rassomlari (mas, Perujino, Bottichelli va b.) kashtaduzlar uchun andazalar tayyorlab berishgan, bu esa kashtalarning badiiyligini oshirgan. Kashtado‘zlikda qimmatbaho toshlardan ham foydalanilgan, ip, jun, ipak, zar va kumushsuvi berilgan iplar ishlatilgan. 18-asrda Yevropada aslzodalar kiyimini bezashda kashtalardan foydalanib tayyorlangan Kashtado‘zlik buyumlari keng tarqalgan.
19-asrning 2-yarmida kashta tikish mashinasi ixtiro etilgach, sanoati rivoj topgan mamlakatlarda Kashtado‘zlik korxonalari vujudga kela boshladi, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilishi an’anaviy Kashtado‘zlikni inqirozga uchratdi. Kashtado‘zlikdagi mavjud an’analar susayib ketdi, arzon baho mashina kashtalari katta maxrrat va ko‘p mehnat talab qiladigan qo‘l kashtalarini siqib chiqardi. Lekin bir qancha mamlakatlarda mashina kashtasi bilan bir qatorda qo‘lda kashta tikishga alohida e’tibor berilmoqda, kashtado‘zlarning ishlari muzeylarni, jamoat binolarini bezamokda.
O‘rta Osiyoda Kashtado‘zlik mahsulotlarining qadimiy xillari deyarli saqlanmagan. Muzeylardagi palak, so‘zana, choyshab, kirpech, zardevor singari badiiy buyumlar va kashtali kiyimlar faqat 19-asrga mansub.
14—15-asrlarga oid kitoblardagi miniatyuralar Kashtado‘zlikning bu yerda qadimdan keng rivojlanganini ko‘rsatadi. Jumladan, Amir Temur saroyida yashagan ispan elchisi Rui Gonzales de Klavixo o‘z esdaliklarida saroyda kashta bezaklarini tomosha qilganini yozgan. Behzod «Zafarnoma» qo‘lyozmasiga ishlagan «Temur taxtda» miniatyurasida (1467) kashtali chodirni xam aks ettirgan.
O‘rta Osiyoda, ayniqsa, o‘zbek, turkman, tojik ayollari urtasida Kashtado‘zlik keng tarqalgan. Kiyimlar oilada tayyorlangan, badiiy buyumlar (so‘zana, kirpech, dorpech, choyshab, oynaxalta, choyxalta va b.)ning asosiy qismlari har bir xonadonning o‘zida tayyorlangan
Kashta choklari, kashta tikish va uslublarining turli-tumanligi o‘zbek kashtado‘zlarining katta san’atidan dalolat beradi. 
Masalan, Nurota, Buxoro, Samarqand Kashta. mahsulotlari ko‘proq yo‘rma chok bilan, Shahrisabzda yo‘rma, kandaxayol, iroqi, Toshkentda esa ko‘proq bosma chok bilan tikilgan. 
Ijtimoiy hayotda ro‘y bergan o‘zgarishlar Kashtado‘zlik an’analariga, mahsulotning turlariga ta’sir ko‘rsatgan. Macalan, hozir bo‘g‘joma, dorpech, oynaxalta kabi ashyolar o‘z ahamiyatini yo‘qotdi, paranji, kaltacha kabi kiyimlarni faqat muzeylardagina uchratish mumkin. Do‘ppi, sumka, nimcha, kavush, kirpech, so‘zana kabi badiiy buyum va ashyolar zamonaviy did bilan bezatilmokda, shakl va badiiy bezaklarida katta o‘zgarishlar ro‘y berdi.
O‘zbek kashtado‘zlari buyum bezaklarida amaliy bezak san’atining boshqa turlaridagi naqshlardan andaza olganlar, kashtalarda o‘simliksimon tasvirlar, shox, gulband, guldastalar ko‘p uchraydi. Naqsh mujassamotida asosiy bezak matoning o‘rtasida bo‘lib, hoshiyalar qo‘shimcha bezak hisoblanadi. Lekin hoshiya bezagi mahorat bilan ishlangan kashtalar ham ko‘p.
Ganchkorlik, yog‘och o‘ymakorligi, kandakorlik, naqqoshlikda uchraydigan islimiy gul (naqsh) lar Kashtado‘zlikda ham ko‘p uchrashi chizmakash (naqqosh)lar amaliy bezak san’atining turli sohalariga chizma (naqsh)lar tayyorlaganini ko‘rsatadi. Kashtado‘zlikda chizmakashlar yaratgan (naqshgul)lar asosida kashtado‘zlar badiiy buyum yaratadilar. Kashtado‘zlikda ishlatiladigan asosiy ish qurollari: igna, ilmoqli igna, ilmoqli bigiz, angishvona, chambarak va boshqalar keng tarqalgan chok turlari: bosma, kandaxayol, chindaxayol, xomdo‘zi, yurma, iroqi popur, ilmoq, baxya va boshqalar.
Mustahkamlash uchun savollar.
1. Xalq hunarmandchilida kashtachilik san.atining rivojlanishi.
2. Kashtachilikda qanday choklardan foydalaniladi.
3. Kashta tikishda nima uchun geometric shakillardan goydalaniladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.K.M. G’ulomov. Amaliy san’at. – Toshkent, 2008.
2.Q.M.Abdullayeva, M.A.Maxsumova, M.H.Rahimjonova. Gazlamaga badiiy ishlov berish, kashtachilik va uni o’qitish metodikasi. (Kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma) – Toshkent: Voris-Nashriyot, 2012.
3.S.S. Bulatov. O’zbekiston xalq amaliy bezak san’ati. – Toshkent, 1991. 4.X.B.Muhammedova. Mehnat ta’limi darslarida o’quvchilarning xalq
hunarmandchiligiga oid bilim va ko’nikmalarni shakllantirish metodikalari
Yüklə 18,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin