Me’mor” romanida kasb-hunar leksikasining lisoniy tadqiqi va ta’limi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə25/36
tarix12.05.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#111944
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36
Sirojiddiт dissertatsiya oxirgi-5

1. Atash semalari narsa, belgi, harakat, miqdor kabi tushunchalarni nomlaydigan semalardir. Masalan, ruchka, qalam, bo‘r, flomaster kabi leksemalar uchun “yozish va chizish quroli“ semasi atash semasi bo‘lib hisoblanadi.
2. Ifoda semalari atashdan tashqari tushunchaga munosabatni ifodalaydigan semalardir. Masalan, lab- leksemasidagi “betaraflik” semasi, dudoq leksemasidagi “kitobiylik” semasi ifoda semalariga misol bo‘la oladi.
3. Vazifa semalari leksemalarning gapda qanday vazifa bajarishini, ya’ni qanday leksemalar bilan birika olishini belgilaydigan semalardir. Masalan, Bola kitob o‘qidi gapidagi leksemalarni tahlil qilib ko‘ramiz. Bola- leksemasi sememasida shu gap ichida “harakatni bajaruvchi” semasi bor, shuning uchun bu leksema ega bo‘lib kelgan. Kitob- leksemasida “harakat o‘tgan narsa” degan sema mavjud, shuning uchun u to‘ldiruvchi bo‘lib kelgan. O‘qi- leksemasida esa “bajarilgan harakat” degan sema bor, shuning uchun u kesim vazifasida kelgan.
Leksemalarda bir va ko‘p ma’nolilik mavjud. Agar leksema bittagina ma’noga ega bo‘lsa, bunday leksemalarga bir ma’noli leksemalar deyiladi. Bu hodisa tilshunoslikda monosemiya (yun. mono – bir, sema - belgi) deb ham yuritiladi. Masalan, ko‘l leksemasining yagona sememasi quyidagi semalarni qamrab oladi: 1) suvga to‘lgan havza; 2) atrofi berk suv havzasi; 3) chuqurlikdan iborat tabiiy suv havzasi; Shu leksemaning gap tarkibidagi hosilasi bo‘lgan ko‘l so‘zida ham shu ma’nolar mavjud: Ko‘l juda katta edi.
Ko‘pincha lmiy atamalar, atoqli otlar, yangilik bo‘yog‘i o‘chmagan leksemalar bir manoli hisoblanadi.
Agar leksema birdan ortiq ma’noga ega bo‘lsa, bunday leksema ko‘p ma’noli leksema deb ataladi. Bu hodisa tilshunoslikda polisemiya (yun. poli – ko‘p, sema - belgi) deb ham yuritiladi.
Masalan, izohli lug‘atda og‘ir so‘zining jami 17 ta ma’nosi keltirilgan38. Shulardan ba’zilarini quyida keltiramiz:
1) vazni katta bo‘lgan, tosh bosadigan, vaznli, vazmin (og‘ir yuk);
2) o‘zini tuta biladigan, sipo, vazmin, bosiq (og‘ir, vazmin yigit);
3) muayyan me’yori buzilgan, talabga javob bermaydigan (og‘ir havo);
4) yomon oqibatlarga olib borishi mumkin bo‘lgan, jiddiy, xavfli (og‘ir dard) va h.
Lug‘aviy ma’noning ko‘chishi bu kabi shakily o‘xshashlikdan tashqari belgi, harakat, vazifa o‘xshashligiga, narsalar o‘rtasidagi aloqaga asoslangan holda yuz berishi mumkin. Shularga asoslanib, lug‘aviy ma’no ko‘chishining quyidagi turlarini ajratsa bo‘ladi:

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin