2. Mustaqil O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratilishi.
Deyarli asrlar mobaynida mustaqillikning ajralmas qismiga aylangan
ramzlardan biri – Konstitutsiyadir. Dunyoda suveren deb eʼtirof etilgan har bir
61
mamlakat o‘zining Konstitutsiyasi, davlat ramzlari – gerbi, bayrog‘i, madhiyasiga
ega. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq o‘zining
davlat ramzlarini yaratishga alohida eʼtibor qaratdi. Oliy Kengash Davlat bayrog‘i,
Davlat gerbi va Davlat madhiyasi haqida qonun loyihalarini tayyorlash, Oliy
Kengash sessiyasi muhokamasiga taqdim etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Dastlab, Oliy Kengash Qo‘mitalari Konstitutsiya komissiyasi bilan
hamkorlikda o‘zbek xalqining tarixi, maʼnaviy qadriyatlari, mustaqil davlatimiz
siyosatining mazmun-mohiyatiga mos davlat ramzlari variantlari tayyorlandi.
Jahon tajribasi ko‘rsatadiki, mustaqil demokratik, huquqiy davlatning tashkil
topishi va rivojlanishining asosiy sharti Konstitutsiyaning mavjudligidir.
Mustaqillik qo‘lga kiritilgach, bir qator omillar respublika Konstitutsiyasini
yaratishni zarur qilib qo‘ydi. Mamlakatimizda milliy huquqiy davlat qurish,
demokratik jamiyat barpo etish, bozor munosabatlarini shakllantirish kabi dolzarb
vazifalar mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishni taqozo etardi.
Vujudga kelayotgan yangi siyosiy partiyalar, jamoat harakatlari, jamoat
tashkilotlarining yuridik manfaatlari, jamiyatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni,
milliy totuvlikni taʼminlash masalalari yangi Konstitutsiya qabul qilishga ehtiyoj
tug‘dirdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro huquq subʼyektiga
aylanishi, mustaqil davlat sifatida jahonga tanilishi ham Konstitutsiya qabul
qilinishini talab qilardi. Аslini olganda, “Mustaqillik Deklaratsiyasi“ qabul
qilingan O‘zbekiston Oliy Kengashining 1990-yil 20-iyunda bo‘lgan ikkinchi
sessiyasidayoq yangi Konstitutsiya ishlab chiqish lozim, degan xulosaga kelingan
edi. Sessiya O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov boshchiligida 64 kishidan
iborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida
qaror
qabul
qiladi.
Komissiya
tarkibiga
Oliy
Kengash
deputatlari,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar vakillari, davlat, jamoat tashkilotlari
va xo‘jaliklarning rahbarlari, olimlar, mutaxassislar kiritildi. Konstitutsiyaviy
komissiya O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini ishlab chiqish ustida
qariyb 2,5 yil ishladi.
Konstitutsiyaviy
komissiyaning
1991-yil
12-aprelda
bo‘lib
o‘tgan
yig‘ilishida komissiya aʼzolari hamda yetakchi mutaxassislar va olimlardan iborat
32 kishilik ishchi guruhi tuzildi. Konstitutsiya bo‘limlarini tayyorlash bo‘yicha 50
kishidan iborat 6 ta kichik guruhlar tuzildi. 1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston
davlat mustaqilligining eʼlon qilinishi va “O‘zbekiston Respublikasining davlat
mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi, bu qonunga
Konstitutsiyaviy maqom berilishi Konstitutsiyaviy komissiyaning masʼuliyatini
yanada kuchaytirdi.
Komissiya tomonidan Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda konstitutsiya
rivojlanishining jahon tajribasi o‘rganildi, inson huquqlari, demokratiya va
qonunchilik sohasida jahonda qo‘lga kiritilgan yutuqlar hisobga olindi. Milliy
davlatchiligimizning tajribasi, Аmir Temur va boshqa allomalarimizning davlatni
idora qilish sohasidagi g‘oyalari yangi Konstitutsiyaga asos qilib olindi. 1992-yil
26-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi umumxalq
muhokamasi uchun matbuotda eʼlon qilindi. Muhokama 2 oyga yaqin davom etdi.
62
Muhokama jarayonida bildirilgan takliflar asosida tuzatishlar kiritilgan loyiha
1992-yil 26-noyabrda matbuotda ikkinchi marta eʼlon qilindi. Umumxalq
muhokamasi davrida 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi, ular inobatga
olindi. Birinchi Prezident I.А.Karimov O‘zbekiston Konstitutsiyasini ishlab
chiqishga rahbarlik qildi va o‘zining katta hissasini qo‘shdi. Oliy Kengashning
1992-yil
dekabrda
bo‘lgan
XII
sessiyasida
O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasini qabul qilish masalasi muhokama qilindi. Konstitutsiya loyihasini
yaratishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti hujjatlariga, Inson huquqlari umumjahon
Deklaratsiyasiga, xalqaro huquqning barcha eʼtirof etilgan qoidalariga amal qilindi.
Shuningdek, rivojlangan demokratik davlatlar, jumladan, Аmerika Qo‘shma
Shtatlari, Yaponiya, Kanada, Germaniya, Fransiya, Portugaliya, Italiya, Shvetsiya,
Turkiya, Ispaniya hamda Sharq mamlakatlari Hindiston, Pokiston, Misr
davlatlarining tajribasidan foydalanildi. Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin
o‘zgartirish, qo‘shimcha va aniqliklar kiritdilar. Shunday qilib, 1992-yil 8-dekabr
kuni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi va Konstitutsiya
qabul qilingan sana umumxalq bayrami – O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi kuni deb eʼlon qilindi.
Yangi
ishlab
chiqilgan
mustaqil
O‘zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 128 moddadan iborat. U “Mustaqillik Deklaratsiyasi”,
“O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonunda
mustahkamlangan tamoyillar va g‘oyalarni o‘zida to‘la mujassamlashtirdi, ularni
rivojlantirdi. O‘zbekiston Respublikasining Аsosiy qonuni, pasporti hisoblanuvchi
Konstitutsiya sovet davridagi barcha Konstitutsiyalardan tubdan farq qiladi. Biz
buni quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin.
Birinchidan, yangi qabul qilingan Konstitutsiya mustaqil O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi bo‘lib, barcha moddalari mustaqillik g‘oyalari
bilan sug‘orilgan. Ilgarigi Konstitutsiyalar esa O‘zbekistonning mustaqilligini to‘la
taʼminlay olmaydigan, respublikaning “suveren”ligi haqida quruq gaplar yozilgan,
huquqiy qoidalari qog‘ozda qolib ketadigan, rasmiy bir hujjat edi.
Ikkinchidan, yangi Konstitutsiya ijodkor xalqimizning xohish-irodasi va
dono fikr-mulohazalari asosida hamda jahonda to‘plangan eng ilg‘or
Konstitutsiyaviy rivojlanish tajribasini va milliy davlatchiligimiz xususiyatlarini
hisobga olgan holda mustaqil ishlab chiqildi. Ilgarigi Konstitutsiyalar esa Markaziy
hokimiyat tomonidan tayyorlangan Ittifoq Konstitutsiyasi nusxalaridan ko‘chirib
olinar edi. Shu boisdan ham yangi Аsosiy qonunimiz mustaqil O‘zbekistonning
birinchi Konstitutsiyasi hisoblanadi.
Biz O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini o‘rganish jarayonida
uning mohiyatini ochib beruvchi asosiy tamoyillarini bilib olishga ahamiyat
berishimiz zarur. Ular quyidagilar:
Birinchi tamoyil – davlat suverenitetidir. 1-6-moddalarda O‘zbekiston –
suveren demokratik respublika, davlat xalq manfaatlariga xizmat qiladi, mustaqil
ichki va tashqi siyosat yuritadi, o‘zbek tili davlat tilidir – deb belgilab qo‘yilgan.
Ikkinchi tamoyil – xalq hokimiyatchiligidir. 7-14-moddalarda xalq davlat
hokimiyatining birdan bir manbaidir, O‘zbekiston xalqini millatidan qatʼi nazar
63
uning fuqarolari tashkil etadi, davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini
ko‘zlab amalga oshiradi – deb ko‘rsatilgan.
Uchinchi tamoyil – davlat hokimiyatining uch tarmoqqa bo‘linishidir.
O‘zbekiston davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro
etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linishi qonunlashtirildi. Uch hokimiyatdan har
biri faoliyatda mustaqil bo‘lib, faqat qonunga bo‘ysunadi. O‘zbekistonda qonun
chiqaruvchi hokimiyat – Oliy Majlis, ijro etuvchi hokimiyat – Prezident
rahbarligida faoliyat ko‘rsatuvchi Vazirlar Mahkamasidir. Sud hokimiyati –
Konstitutsiyaviy Sud, O‘zbekiston Respublikasining Oliy Sudi va Oliy xo‘jalik
Sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy Sudi va Oliy xo‘jalik Sudi,
viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar sudlari hamda xo‘jalik sudlaridan
iborat. Konstitutsiyaning 76-88-moddalarida Oliy Majlisning tuzilishi, vakolatlari,
qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish qoidalari belgilab berilgan. 88-98-
moddalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat va ijro etuvchi hokimiyat
boshlig‘i ekanligi, uning vakolatlari va vazifalari, Vazirlar Mahkamasining faoliyat
yuritish qoidalari qonunlashtirilgan.
To‘rtinchi tamoyil – bu demokratiyaga sodiqlikdir. Konstitutsiyada
demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat eʼlon qilinadi hamda insonparvar
demokratik-huquqiy davlat barpo etish nazarda tutiladi. Konstitutsiyada
umuminsoniy demokratik tamoyillarning, xalqaro huquq sohasida umum eʼtirof
etilgan qoidalarning ustunligi tan olingan. O‘zbekiston Konstitutsiyasida inson
hayoti, erkinligi, or-nomusi, qadr-qimmati va boshqa dahlsiz huquqlari eng oliy
qadriyat ekanligi belgilab qo‘yilgan.
Beshinchi tamoyil – Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligidir.
Konstitutsiyaning 15-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi.
Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar
Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar, deb belgilab qo‘yilgan.
Konstitutsiyaning 16-moddasida birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy
hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emasligi qayd
etilgan.
Oltinchi tamoyil – xalqaro andozalar darajasida ifodalangan fuqarolar
huquqlari, erkinliklari va majburiyatlarining tengligi hamda daxlsizligidir.
O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari muhim xalqaro hujjatlar – “Inson huquqlari
butun jahon Deklaratsiyasi”, “Iqtisodiy, sotsial va madaniy huquqlar to‘g‘risida
xalqaro Pakt”, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro Pakt” va
boshqalar asosida bayon etilgan. Konstitutsiyaning 18-52-moddalari inson va
fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag‘ishlangan.
O‘zbekiston davlati tomonidan fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini oliy
qadriyat sifatida tan olingan va ular himoya qilinadi. Konstitutsiya bo‘yicha har bir
shaxsning o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishi kafolatlanadi.
Konstitutsiyada har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli ekanligi, O‘zbekiston
iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakldagi mulk tashkil etishi, barcha mulk
shakllarining teng huquqli ekanligi belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 21-
64
moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik
o‘rnatilgan. O‘zbekiston Respublikasining millati, elatidan qatʼi nazar barcha
fuqarolari O‘zbekiston xalqini tashkil etadi.
Yettinchi tamoyil – qonuniylikdir. Qonuniylik jamiyatning bir maromda
hayot kechirishini, davlat organlarining maromli faoliyat ko‘rsatishini taʼminlaydi.
Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar
Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘rgandagina jamiyatda barqarorlik va
taraqqiyot bo‘ladi. Mazkur tamoyil davlatga va uning organlariga, siyosiy
Dostları ilə paylaş: |