Mazkur o‘quv adabiyoti O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan


partiyasidir. Ularning faollari, asosan, yozuvchi va olimlardan iborat bo‘lgan



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#186378
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   78
ALFRAGANUS DARSLIK 2023


partiyasidir. Ularning faollari, asosan, yozuvchi va olimlardan iborat bo‘lgan. 
Xususan, 1988-yil 11-noyabrda Аbdurahim Po‘latov, Muhammad Solih tomonidan 
asos solingan edi. Chunki o‘sha vaqtda sobiq ittifoqning g‘arbiy hududlarida 
ijtimoiy harakatlar faollashgan edi. Xususan, Boltiqbo‘yi respublikalarida 


77 
“Sayudis” va boshqa harakatlar paydo bo‘lgan edi. “Birlik” harakati dastlab til, 
milliy maʼnaviyat kabi masalalarni ko‘tarib chiqsada, so‘ngra siyosiy liderlari 
“shaxsiy manfaati yo‘lida” kurash boshlab, davlat va jamiyat faoliyatiga xavf 
tug‘dira boshladi. So‘ngra ularning faoliyati tugadi. 
Keyin esa davlat va jamiyat rivojini ko‘zlab siyosiy partiyalar tashkil topa 
boshladi. Ulaning aniq maqsad va dasturlari mavjud edi. 
Bugungi kunda O‘zbekistonda beshta siyosiy partiya rasman ro‘yxatdan 
o‘tgan holda faoliyat olib bormoqda, bular: O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi; 
“Аdolat” sotsial-demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va 
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston Ekologik 
partiyalaridir. 
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (O‘zXDP) – 1991-yilda O‘zbekiston 
mustaqillikka erishgandan so‘ng tashkil qilingan birinchi siyosiy partiya. Mazkur 
partiyani ko‘p jihatdan sobiq kommunistik partiyaning merosxo‘ri sifatida ham 
eʼtirof etadilar. O‘zXDP 1991-yil 1-noyabrda rasman ro‘yxatga olingan. Rasmiy 
maʼlumotlarga qaraganda bugungi kunda partiyaning aʼzolari soni 500 minga 
yaqin. Joylarda partiyaning 11 mingdan ortiq boshlang‘ich partiya tashkilotlari 
faoliyat olib boradi. O‘zXDP markaziy kengashi raisi – Ulug‘bek Inoyatovdir.
Partiya ustavida uning asosiy maqsadi – davlat hokimiyatining vakillik 
organlarida davlat va jamiyat tomonidan manzilli ijtimoiy himoya va ijtimoiy 
qo‘llab-quvvatlashga ehtiyojmand aholi qatlamlari manfaatlarini himoya qilishdan 
iborat ekanligi belgilab qo‘yilgan. Partiyaning matbuot organi – “O‘zbekiston 
ovozi” va “Golos Uzbekistana” gazetalari. 
“Аdolat” sotsial-demokratik partiyasi – 1995-yil 18-fevralda tashkil topgan. 
Bugungi kunda 400 ming aʼzosi bor. Respublika hududlarida 5 minga yaqin 
boshlang‘ich partiya tashkilotlariga ega. Partiya siyosiy kengashining raisi – 
Bahrom Аbdurahmonov. Matbuot organi – “Аdolat” ijtimoiy-siyosiy gazetasi. 
Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin