66
Gerbning markazida tasvirlangan – qanotlarini keng yozib turgan Humo qushi –
baxt-saodat va erksevarlik ramzidir. Buyuk bobokalonimiz
Аlisher Navoiy Humo
qushini barcha tirik mavjudotlar ichida eng saxovatlisi deb taʼriflagan. Gerbning
yuqori qismida respublikamizning sobit va barqarorligining ramzi sifatida sakkiz
qirrali yulduz tasvirlangan. U “qutlug‘” degan maʼnoni anglatadi.
Uning ichida yarim oy va besh qirrali yulduz ifodalangan. Quyosh tasviri –
davlatimizning yo‘li hamisha nurli bo‘lishi uchun bildirilgan yaxshi niyat
timsolidir. Аyni paytda u respublikamizning noyob iqlim sharoitini ham ko‘rsatib
turadi. Boshoqlar – rizq-ro‘zimiz bo‘lmish g‘allaning timsoli, oppoq bo‘lib
ochilayotgan paxta chanoqlari tasvirlangan g‘o‘za shoxlari – serquyosh
yurtimizning dong‘ini butun dunyoga taratgan asosiy boyligimizning ramzidir.
Bug‘doy boshoqlari va paxta chanoqlarining davlat bayrog‘iga o‘xshagan
lenta
bilan o‘rab qo‘yilgani – bu respublikada yashayotgan xalqlar yakdilligining
timsolidir. Gerb rangli tasvirda bo‘lib, Humo qushi kumushrangda, quyosh,
boshoqlar, paxta chanog‘i va “O‘zbekiston” degan yozuv tilla rangda, g‘o‘za
shoxlari va barglari, vodiylar yashil rangda, tog‘lar havo rangda, chanoqdagi paxta,
daryolar,
yarim oy va yulduz oq rangda, O‘zbekiston Respublikasining davlat
bayrog‘i tasvirlangan lenta to‘rt xil rangda berilgan. Gerb suveren davlatimiz ramzi
sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda keng qo‘llaniladi. O‘zbekistonning xorijiy
mamlakatlar bilan tuzilgan bitim va shartnomalarida,
davlatlararo aloqa va
diplomatik hujjatlarda O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi tasviri
tushirilgan bo‘ladi. Shuningdek, gerb davlat ahamiyatiga molik ichki hujjatlarda,
davlat korxonalari
va muassasalarining muhrlarida, o‘zaro aloqa hujjatlarida ham
gerb tasviri bo‘ladi. Milliy valyutamiz – so‘mda ham davlat gerbi o‘z ifodasini
topgan.
“O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonun 1992-yil
10-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII sessiyasida qabul
qilindi. Shoir Аbdulla Oripov va bastakor
Mutal Burhonov tomonidan
tayyorlangan variant tasdiqlandi.
Davlat madhiyasi mamlakat mustaqilligining timsoli bo‘lib, u O‘zbekiston
fuqarosida vatanparvarlik tuyg‘usini uyg‘otadi. O‘zbekiston Respublikasining
davlat madhiyasi jamoatchilik oldida ijro etilganida ishtirokchilar uni tik turib,
qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib kuylaydilar va tinglaydilar.
Dostları ilə paylaş: