55
Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi
Qonunining 35-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov
komissiyasi Islom Аbdug‘aniyevich Karimovning O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti lavozimiga saylanganligi to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Umumiy qilib aytganda, Islom Karimov O‘zbekiston davlati va
davlatchiligini barpo qilish, demokratik fuqarolik jamiyati qurish asoslarini yaratdi,
mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo‘nalishini ishlab chiqdi, yurtimizning
yorug‘ istiqboli yo‘lida ko‘pmillatli xalqimizni birlashtirib, uni ulug‘ maqsadlar
sari boshlab bordi. Mana shunday buyuk ishlarni amalga oshirgan O‘zbekiston
Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Аbdug‘aniyevich Karimov 2016-yil 2-
sentabr kuni 78 yoshida Toshkent shahrida vafot etdi. U 2016-yil 3-sentabr kuni
Samarqand shahrida dafn etildi. Dafn marosimida jahonning 17 ta mamlakatidan
delegatsiyalar, davlat rahbarlari, ko‘plab rasmiy doira vakillari, respublikaning
keng jamoatchilik aʼzolari ishtirok etdilar.
Shu o‘rinda taʼkidlash kerakki, yurtimizda qad ko‘targan ko‘plab noyob
ishootlar, ulkan bunyodkorlik ishlari, ulug‘ ajdodlarimizning nomi bilan bog‘liq
bo‘lgan meʼmoriy majmualar Islom Karimov nomi bilan bog‘liqdir. O‘tish
davrining qiyinchiliklari, o‘zligini topayotgan davlat mafkurasini yaratish,
tinchligini saqlash va millatlararo totuvlikni taʼminlash kabi muhim vazifalar bu
insonning yelkasiga yuk bo‘lib tushgani, umrining oxiriga qadar bu ishlarni sharaf
bilan uddalab o‘tganini qayd etishimiz kerak. Shuningdek, u mamlakatimizda
mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik
va suverenitetni mustahkamlash, jamiyatda qonun ustuvorligini, insonlarning
huquq va erkinliklarini taʼminlash, xalqimizning munosib hayot kechirishi,
fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-
sharoitlar yaratdi.
2017-yil
27-noyabrda
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti,
buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Аbdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80
yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi, Toshkent, Samarqand va
Qarshi shaharlarida Islom Karimov haykali o‘rnatildi. Samarqand shahridagi
Shohizinda meʼmoriy majmuasida Islom Karimov nomiga atab maqbara bunyod
etildi, Toshkent davlat texnika universitetiga Islom Karimov nomi berildi.
Dostları ilə paylaş: