3-MAVZU. MUSTAQIL O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHKIL
TOPISHI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI.
Reja:
1. Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol.
O‘zlikni anglashga intilishning kuchayishi.
2.
Siyosiy tizimdagi o‘zgarishlar. Mustaqillikning eʼlon qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasining tashkil etilishi.
3.
I.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishi.
1. Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy
ahvol. O‘zlikni anglashga intilishning kuchayishi.
XX asrning 80-yillari sobiq sovet davlatida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va
maʼnaviy jihatdan yaqqol tunazzul holati yuzaga kelib qolgan davr edi. “Qayta
qurish”
siyosati
barbod
bo‘lishi,
maʼmuriy-buyrukbozlikka asoslangan,
mulkchilikning turli shakllari raqobat asosida saqlanishni inkor etgan mavhum
siyosiy, sinfiy, umumiy manfaatlarni milliy manfaatlardan ustun qo‘ygan, yagona
partiya ish hukmronligiga tayangan mustabid tuzum butunlay istiqbolsiz ekanini
amalda yana bir bor ko‘rsatgan edi. Bu vaqtda O‘zbekiston iqtisodiy hayoti juda
og‘ir ahvolda, xususan, sanoatning bir yoqlama rivojlanib, “paxta” sanoat
kompleksiga moslashishi, ekologik ahvolning og‘irlashib, onalar va bolalar
o‘limining oshib ketishi, millatlararo munosabatlarda ziddiyatli holatlar yuzaga
kelib, milliy mojarolar yanada kuchayib, milliy urf-odatlar, qadriyatlar taʼqib
ostida qolishi respublikani tang ahvolga solib qo‘ygan edi.
1989-yil sentabrda KPSS MQning navbatdagi plenumida ham I.А.Karimov
respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol tang vaziyatga tushib qolganligini alohida
taʼkidlab o‘tadi. Biroq markaz respublikalar milliy manfaatlarini o‘ylashdan yiroq
edi. Respublikada sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar avvallari
markazning qanchalik eʼtiboridan chetda qolgan bo‘lsa endilikda ham uni
mamlakatda iqtisodiy inqirozlar kuchayib turgan vaqtda bu hol umuman
qiziqtirmas edi. Shuningdek, O‘zbekistonda ham ishlab chiqarish asta-sekin so‘na
bordi. Masalan, 1987-yilda O‘zbekistonda milliy daromad kishi boshiga 1985-
yildagiga nisbatan 94,5 %ni tashkil qildi. Ijtimoiy mehnat unumdorligi 1986-1990-
yillarda biron marta ham 1985-yildagi darajaga yetib bormadi. Bu davrlarda sanoat
va qishloq xo‘jaligining bir qancha sohalari nafaqat kishi boshiga, balki mutlaq
miqdori ham kamayib ketdi. Po‘lat, traktor, paxta terish mashinalari, ekskavator,
ko‘prikli kran, qog‘oz, paxta tolasi, shohi gazlama, go‘sht ishlab chiqarish miqdori
ancha kamaydi. Qishloq xo‘jaligida ham paxta va sabzavot turlarining hosildorligi
pasaydi. Аholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, o‘rtacha ish haqi to‘lash va boshqa
ijtimoiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha O‘zbekiston Rossiyadan deyarli ikki barobar
orqada qola boshladi. Buning asosiy sababi – bu yillarda har bir viloyat bo‘yicha
aniq dasturlar, ichki rezervlar hisobidan ishni to‘g‘ri tashkil etish, ishlab chiqarish
quvvatlarini rekonstruksiya qilish, qancha miqdorda, kimga va qachon qo‘shimcha
xom ashyo ajratish evaziga ahvolni yaxshilash imkoniyatlari to‘g‘risida amaliy
47
tadbirlar bo‘lmagan. Bu davrda yildan-yilga tobora keskinlashib kelayotgan asosiy
ijtimoiy muammo – bu aholi o‘rtasida ishsizlar sonining jadal ravishda o‘sib
borishi edi. Mamlakatimiz rahbari o‘sha davrda vujudga kelgan ahvoldan chiqish
yo‘li sifatida quyidagilarni belgilab berdi:
a) ishlarning ahvoliga xolis baho berish, respublikadagi vaziyatni
sog‘lomlashtirishning konkret va aniq-puxta dasturini ishlab chiqish;
b) hayotning barcha sohalarida qatʼiy tartib va intizom o‘rnatish, rahbar
kadrlarni joy-joyiga to‘g‘ri qo‘yish, ularga nisbatan talabchanlikni oshirish.
Demak, yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda harbiy xizmatchilar bilan
olib boriladigan maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida mustaqillikkacha
bo‘lgan davr bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy jarayonlarni falsafiy-mantiqiy tushunish,
istiqlol tarixini anglash, tarixiy-siyosiy voqelik va hodisalarga tahliliy yondashish,
ularning bosqichma-bosqich kurashlar evaziga qo‘lga kiritilganini idrok etish
masalalarga chuqur yondashish zarur edi.
Respublikadagi vaziyatni yaxshi tushungan O‘zbekiston rahbari tashabbusi
bilan 1989-yil 17-avgustda “Qishloqda yashovchi har bir oilani tomorqa bilan
taʼminlash, ularga yakka tartibda uy-joy qurish uchun barcha sharoitlarni yaratib
berish haqida” qaror qabul qilindi. Mazkur qaror qabul qilinganidan so‘ng o‘tgan
bir yil mobaynida 60 mingdan ziyod oilaga yer uchastkalari ajratib berildi.
Respublikada mavjud bo‘lgan tomorqalar butun ekin maydonlarining 5 foizini
tashkil etgan, jami 200 ming gektar yerni tashkil etdi. Аyni paytda bu yerlarning
har gektaridan ko‘plab daromad olindi.
Yer uchastkalari yiriklashtirilgan holda dehqon shaxsiy yordamchi
xo‘jalikda yetishtirilgan mahsulotning oilasidan ortgan qismini bozorga chiqarish
imkoniga ham ega bo‘ldi. Natijada mayda tovar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yila
boshladi. Bunday yordamchi xo‘jaliklar bozor munosabatlarini rivojlantirish, oziq-
ovqat mahsulotlarini yetishtirishga muayyan hissa qo‘sha boshladilar.
Bu harakatlar zamirida mustaqil tiklanish, milliy davlatchilikni tuzish uchun
harakatlarni sezish mumkin edi. 1989-yilning oxirlariga kelib o‘zbek tiliga ham
Davlat tili maqomini berish uchun olib borilgan harakatlar milliy davlatchilikni
rivojlantirishning bir yo‘li edi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish harakatlari
1988-yildan boshlangan bo‘lsada, hali-hanuz bir qarorga kelishning imkoni yo‘q,
matbuotda esa bu haqida turli qarashlar va fikrlar bildirilar, aniq bir natija
belgilashning imkoni bo‘lmas, markazniig taʼsiri ham kuchli edi. Respublikada
rahbarlikni boshlagan I.А.Karimov alohida komissiya tuzish haqida ko‘rsatma
beradi. Ushbu komissiya xalq fikrini o‘rganib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomini
beruvchi qonun loyihasini tayyorlashi kerak edi. Yangi tuzilgan komissiya
tarkibiga norasmiy tashkilotlarning vakillari ham kiritilgan edi. Loyiha muhokama
qilinayotgan to‘rt oy davomida komissiyaga jami to‘rt mingga yaqin maktub kelib
tushdi, bu xatlarga jami 150 mingdan ortiq kishi imzo chekkan edi.
Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda bu takliflar o‘rganib chiqildi va
tezda qonun loyihasining yangi uch varianti yuzaga keldi. Bular komissiya
loyihasi, yozuvchilar uyushmasi tuzgan loyiha, norasmiy tashkilotlar vakillari
tuzgan loyihalardan iborat edi. Barcha loyihalar ochiq, xolis muhokama etildi va
48
ularni o‘rganish, umumlashtirish asosida yangi loyiha tayyorlanib, u 1989-yil 11-
oktabr kuni matbuotda eʼlon qilindi. Loyiha umumxalq muhokamasidan so‘ng
O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 1989-yil 21-oktabrda bo‘lgan 11-sessiyasida
“O‘zbekiston SSRning Davlat tili haqida” Qonuni qabul qilindi. Shundan so‘ng
davlat tilini izchil takomillashtirish maqsadida keng harakatlar boshlandi. Qonunda
belgilanganidek, Respublikada qonun loyihasini amalga oshirish bilan bog‘liq
bo‘lgan tadbirlar aniq belgilangan holda faqat rahbar xodimlargina emas, balki turli
millat vakillari bilan muntazam aloqada bo‘luvchi kishilar, huquqni himoya
qiluvchi tashkilotlar, ijtimoiy taʼminot, xalq maorifi, madaniyat va sog‘liqni
saqlash, savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish, aloqa, transport, kommunal xo‘jalik,
ommaviy axborot vositalari xodimlari, o‘z vazifalarini bajarishi uchun yetarli
darajada davlat tilini bilishlari kerakligi taʼkidlangandi.
Taʼkidlash lozimki, O‘zbekiston rahbariyati o‘zbek tilini davlat tili
darajasiga ko‘tarishda respublikada istiqomat qiladigan boshqa xalqlarning milliy
manfaatlarini ham hisobga oldi. Davlat tili haqidagi qonunda o‘zbek tilining davlat
tili sifatida rivojlanishi boshqa milliy tillarning manfaatlariga zid kelmasligi
belgilangan edi. Qonunga respublikada yashovchi barcha xalq va millat vakillari
teng huquqli ekanini ko‘rsatuvchi modda ham kiritildi.
Bunday yondashuv asosida 1995-yil 24-avgustda “O‘zbek tilining asosiy
imlo qoidalarini tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori eʼlon qilindi.
Bu qaror Davlat tili haqidagi Qonunni to‘ldirdi. Shundan so‘ng respublikadagi
rusiyzabon aholining davlat tilini egallashlari uchun yanada ko‘proq imkoniyat
yaratish, shu munosabat bilan maktablar, maktabgacha taʼlim, maktabdan tashqari
muassasalardagi o‘zbek taʼlimini yanada yaxshilash, takomillashtirish, ular uchun
yangi dastur, darslik hamda boshqa o‘quv qo‘llanmalarini yaratish, davlat tilini
jadallashtirib o‘rgatishning zarur uslubiyotini tezkorlik bilan ishlab chiqish, bu
muhim tadbirda ana shu soha mutaxassislarining keng va faol ishtirokini
taʼminlash maqsadida bir qator vazifalar ham amalga oshirildi. Shuningdek,
harbiy, diniy va boshqa sohalarda kerakli til belgilanishiga urg‘u berildi.
O‘zbek tilining ijtimoiy-siyosiy va ilmiy-texnikaviy atamalarini tartibga
keltirish va takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Ministrlar Soveti huzurida
maxsus Аtamalar qo‘mitasi tashkil etildi. Bu qo‘mita oldiga tegishli vazifalar
qo‘yildi. Qo‘mita dastlabki vaqtdan boshlab matbuotda berilgan, radio va
teleko‘rsatuvlarda qo‘llangan atamalarni, 15 ta vazirlik, qo‘mita va idoralardan
kelgan, shu idoralarga taаlluqli atama va nomlanishlarni to‘plab, muhokama etdi.
Umuman, 1989-yilda qabul qilingan davlat tili haqidagi qonun ayrim
kamchiliklardan holi bo‘lmasa-da, biroq bu qonunning murakkab ijtimoiy-iqtisodiy
sharoitda qabul qilinganini hisobga olsak, bunday kamchiliklarning sabablarini
tushunib olish qiyin emas edi. Mazkur qonun xalq madaniy merosi, milliy
qadriyatlarini o‘rganish, tarixiy xotirani tiklash, shu asosda milliy ong, ruhiyat
mustahkamligi, ijtimoiy faollik kuchayishiga ham yo‘l ochib berdi. Shu maʼnoda
milliy tillarga davlat maqomi berilishi sotsialistik tuzumga qarshi olib borilayotgan
mustaqillik yo‘lidagi harakatlarning kuchayishiga ham ijobiy taʼsir etdi. Davlat tili
haqidagi qonun milliy o‘zlikni anglash, milliy davlatchilikni tiklash yo‘lida
49
respublikadagi yana bir tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim siyosiy qadam
bo‘ldi va milliy mustaqillikning maʼnaviy poydevoriga asos bo‘ldi. O‘z-o‘zidan,
ushbu Qonun o‘zbek xalqining mavqeyini tiklashga, uning ijtimoiy hayotning
barcha sohalarida to‘la amal qilishiga katta imkon yaratdi.
1990-yil 31-oktabrga kelib Oliy Sovetning 12-chaqiriq uchinchi sessiyasida
O‘zbekiston Birinchi Prezidenti tavsiyasi bilan respublika prokurorining ittifoq
prokuroriga qaramligiga barham berish va bu tizimning mustaqilligini
mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Prokurori Respublika oliy organi
tomonidan tayinlandi. Umuman, 1990-yilga kelib sovet davlatining hukmronligi
inqirozga uchrayotgan, ittifoqdosh respublikalar o‘z milliy mustaqilligi uchun keng
harakatlarni olib borayotgan davrlar bo‘ldi. O‘zbekistonning yangi rahbariyati ham
mustabid tuzum uchun butkul yot bo‘lgan yangi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy
o‘zgarishlar bilan maydonga chiqdi. Аynan mana shu davr respublikaning
mustaqillik sari yo‘l olishi bilan ifodalandi. O‘zbekistonning Birinchi rahbari
I.А.Karimov boshchiligida boshlangan bu yo‘l tarixiy-maʼnaviy tiklanish, markaz
tomonidan olib borilgan qatag‘onlik siyosatiga chek qo‘yish, o‘zbek xalqi shaʼnini
himoya qilish, iqtisodiy tanazzul holatini cheklash, ichki bozorni himoyalash,
butkul yangi ijtimoiy himoya siyosatini olib borish, markaz taʼsirini kamaytirish va
boshqa keng qamrovli tadbirlardan iborat bo‘ldi.
1990-yil bahorida Islom Karimov “Gorbachyovcha qayta qurish” boshi berk
ko‘chaga kirib qolganini anglab yetdi. O‘sha vaqtda SSSR siyosatchilari orasida
bunday odamlar kamdan-kam edi. Rossiyada va boshqa ittifoqdosh respublikalarda
tobora kuchayib borayotgan tartibsizliklar O‘zbekistonda ham yuz bermasligi
uchun qatʼiy choralar ko‘rish kerak edi. O‘zbekistonda hokimiyatning ozgina
zaiflashuvi ham respublikada millatlararo nizolar yangidan boshlanishiga, ijtimoiy
portlashlarga olib kelishi mumkin edi.
Lekin baribir vujudga kelgan inqiroziy holatni to‘xtatib bo‘lmas edi. Shu
sababdan ham davlat yemirilishidan jiddiy xavotirga tushgan sobiq ittifoq
rahbariyati
1990-yilning
kuzida
markaz
va
respublikalar
o‘rtasidagi
munosabatlarni yangi holatga o‘tkazish maqsadida muzokara jarayonini
boshlashga majbur bo‘ldi.
1990-yil oxirlariga kelib Boltiqbo‘yi mamlakatlari mustaqillik to‘g‘risidagi
talablarni SSSR Oliy Kengashi majlisi va xalq deputatlari quriltoyiga ko‘ndalang
qilib qo‘yganlaridan so‘ng Prezident M.Gorbachev bir guruhni deputatlar va
rahbarlar bilan vaziyatni o‘rganish, aniqrog‘i, tazyiq qilish, taʼsirini o‘tkazish
maqsadida Boltiqbo‘yiga bordi. Guruh tarkibida O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov
ham bor edi. U yerda I.Karimov haqiqat bilan yuzma-yuz keldi va shunda juda
katta qatʼiyat va favqulodda jurʼat bilan munosabatini bildirdi. Komissiya ishini
yakunlamasdanoq Gorbachevni ham, uning manfaatlarini qo‘llab-quvvatlovchi
guruhni ham tashlab, tezda orqaga qaytdi. Bu bilan u Boltiqbo‘yi xalqlarinining
talablari qonuniy ekanligi, mustaqillik SSSR tarkibidan chiqish-tarixiy haqiqat,
inson haq-huquqlarinining tantanasi ekanligini oshkora namoyon qildi. Haqiqatdan
ham ittifoq tarkibida turib hech qanday milliy ravnaq, maʼnaviy taraqqiyot
to‘g‘risida gap bo‘lishi ham mumkin emas edi. 1991-yil avgust oyiga kelib butun
50
mamlakatda voqealar shu darajada chuvalashib ketdiki, uning yechimini topish
o‘ta mushkul bo‘lib qoldi. Shu vaziyatdan foydalanib 19-21-avgust kunlari
Moskvada davlat to‘ntarishi qilishga urinib ko‘rildi. Favqullodda holat davlat
qo‘mitasi tuzilib, SSSR Prezidenti M.Gorbachev zo‘ravonlik bilan vazifasidan
chetlashtirildi. Shu sababli Gorbachev va uning atrofidagilar norozi bo‘lishiga va
qarshilik
ko‘rsatishiga
qaramay,
O‘zbekiston
Respublikasi
respublika
Prezidentligini joriy etdi.
Dostları ilə paylaş: |