Mavzu№1. Ko‘rish analizatori va uning yordamchi a’zolari klinik anatomiyasi va fiziologiyasi


Mavzu№5. Shox parda kasalliklari.Keratitlar



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/27
tarix24.08.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#63242
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
1- mavzu

 


Mavzu№5. Shox parda kasalliklari.Keratitlar. 
Keratitlarning klinikasi va tasnifi. 
Shox parda ko‘zning muhim optik muhitlariga kiradi. Shox parda ko‘z tirqishining ochiq 
qismida joylashganligi sababli yorug‘lik, issiq, mikroorganizmlar, yot jismlar ta’siriga uchraydi va 
natijada unda morfofunksional o‘zgarishlar vujudga keladi. Ayniqsa, shox pardaning posttravmatik va 
yallig‘lanishli xastaliklari og‘ir kechadi, chunki ular ko‘zning boshqa qismlari bilan qon aylanish va 
innervatsiyasi bo‘yicha bog‘liq. 
Keratitlar (keratitis) ko‘z kasalliklari orasida 0,5% ni tashkil etadilar, lekin o‘zidan keyin 
qoldiruvchi xiralanishlar sababli ko‘rishning o‘ta pasayishiga olib keluvchi ko‘rlik va ko‘rish sustalashuv 
bo‘yicha 20% ni tashkil etadilar. 
Keratitlarning asosiy belgisi – shox pardaning xar xil qismlarida yallig‘lanish infiltrati paydo 
bo‘lishidir. Infiltratlar turli shaklda, kattalikda, chuqurlikda, rangda bo‘lishi mumkin. Har xil 
sezuvchanlik va vaskulyarizatsiyani uchratish mumkin. 
Keratitlarning asosiy belgilariga yorug‘likdan qo‘rqish, blefarospazm, yosh oqishi, ko‘zda yot 
jism hissi borligi, og‘riq va perikorneal in’eksiya kiradi. Shox parda yallig‘lanishi uning xiralanishiga olib 
kelishi sababli ko‘rishning turli darajada pasayishi ko`zatiladi. Infiltrat rangi uning xujayra tarkibiga 
bog‘liq. Agar leykotsitlar soni kam bo‘lsa infiltrat kulrang, yiring miqdori ko‘paysa – sariq, u 
so‘rilgandan so‘ng esa – oqish tusda bo‘ladi. Yangi infiltratlar chegarasi noaniq, yallig‘lanish qaytishida – 
aniq bo‘ladi. Yuza keratitlarda infiltrat yuzasida epiteliy buzilishi, ko‘chishi va eroziya xosil bo‘lishi 
ko`zatiladi. Chuqur joylashgan infiltratlar esa yaraga aylanishi mumkin. 
Yuza tomirlar yorqin qizil rangda bo‘lib, shoxlaydi va anastamozlar hosil qiladi. Chuqur 
tomirlar to‘q qizil bo‘lib sklera va episileradan o‘sib o‘tadi. Ular taroqsimon bo‘lib, to‘g‘ri o‘sadi va 
shoxlamaydi. Keratitlarning asosiy asorati – shox parda chuqur qismlarining qayta tiklanmasligi 
natijasida biriktirma to‘qima bilan almashinuvidadir. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin