Hayvonlarning qon aylanish organlari evolutsiyasi (umurtqasiz hayvonlar) hayvonlar yurakning tuzilishi qon aylanish doiralari tuban umurtqasiz hayvonlar



Yüklə 334,33 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix11.04.2023
ölçüsü334,33 Kb.
#96343
HAYVONLARNING Qon aylanish ORGANLARI EVOLUTSIYASI



HAYVONLARNING QON AYLANISH ORGANLARI EVOLUTSIYASI 
(UMURTQASIZ HAYVONLAR) 
HAYVONLAR 
YURAKNING TUZILISHI 
QON AYLANISH DOIRALARI 
TUBAN UMURTQASIZ HAYVONLAR 
- G‘OVAKTANLILAR 
- KOVAKICHLILAR 
- YASSI CHUVALCHANGLAR 
Qon aylanish sistemasi yo‘q. Ularda kislorod va oziq moddalar tanaga diffuziya yo‘li bilan
tarqaladi 
HALQALI CHUVALCHANGLAR 
@RGN_11_SINF 
kanali 
 
Yurak rivojlanmagan. 
Qon aylanish sistemasi dastlab halqali 
chuvalchanglarda paydo bo‘lgan.
Qon aylanish sistemasi yopiq.Tana bo‘ylab ketgan
orqa va qorin qon tomiridan iborat. Ular
o‘zaro halqa qon tomirlari bilan tutashgan.
Qon orqa qon tomiridan oldinga, qorin qon 
tomiridan orqaga oqadi.
Halqum atrofidagi halqa qon tomirlari qisqarib, «yurak»
vazifasini bajaradi. Qon yirik qon tomirlaridan mayda
qon tomirlariga, ulardan esa kapillarlarga o‘tadi. Terida
kislorod bilan to‘yinadi.
Qoni qizil, lekin temir gemoglobin tarkibida
emas, balki plazmada erigan holda bo‘ladi.
QORINOYOQLILAR VA IKKI PALLALI 
MOLLUSKALAR 
@RGN_11_SINF 
kanali 
 
Dastlabki yurak rivojlangan. 
Yurak, yurak oldi xaltasi ichida
joylashgan. Yuragi
2 kamerali, yuragida faqat 
ARTERIAL qon oqadi. 
 Yurak bo‘lmachasi va
qorinchasi galma-gal qisqarib,
qon tomirlarga oqadi 
Yurak qorinchasidan chiqqan qon tomirlari ko‘p
marta shoxlanib, mayda tomirlarga ajratadi.
Tomirlarning uchi ochiq bo‘lib, qon ichki
a’zolar oralig‘idagi bo‘shliqqa quyiladi. U yerda 
kislorodni to‘qimalarga berib, karbonat angidrid 
bilan to‘yinadi.
Organlar oralig‘idan qon yana tomirlarga yig‘iladi va  
o‘pka yoki jabrada kislorodga to‘yinib, yurak oldi 
bo‘lmasiga quyiladi. 
(Rasmda qorinoyoqli 
molluskalar qon 
aylanishi tasvirlangan) 
BOSHOYOQLI MOLLUSKALAR 
@RGN_11_SINF 
kanali 
 
Yurak bitta qorincha va ikki
yoki to‘rtta bo‘lmachadan
iborat 


BO`G`IMOYOQLILAR 
@RGN_11_SINF 
kanali 
a) Qon aylanish 
sistemasi ochiq. 
b) Qon tana 
suyuqligi bilan
aralashib
GEMOLIMFANI hosil
qiladi 
(YANGI TEST) 
Qisqichbaqasimonlar 
Yuragi uch juft teshikli, besh
qirrali bo‘lib, boshko‘krakning
orqa tomonida joylashgan. 

Yurak teshikchalari orqali qon 
yurakka kiradi. 
Qon aylanish sistemasi ochiq, qoni jabralarda 
kislorodga to`yinadi 
O`rgimchaksimonlar 
Yuragi qorin bo‘limining orqa 
tomonida joylashgan. Yuragi uch 
juft teshikli 
Qon aylanish sistemasi ochiq. 
Hasharotlar 
Ko‘p kamerali naysimon yurak
va kalta aorta tomiridan
tuzilgan. 
(DTM 2021) 
Qoni kislorod tashishda qatnashmaydi! 

Gemolimfasi rangsiz, sarg‘ish yoki yashil bo‘ladi.
Qon yurakdan kalta aortaga, u yerdan
tana bo‘shlig‘ini yuvib, har qaysi kameradagi
bir juft teshiklar orqali yurakka quyiladi.
Hasharotlarda qon aylanish sistemasi
soddalashgan bo‘lib, faqat oziq modda
tashiydi. (DTM TEST) 
Tuzuvchi: Registon o`quv markazi, Mirzo – Ulug`bek filiali
biologiya fani o`qituvchisi MUSLIMBEK HAKIMOV 
@Registan_MirzoUlugbek @rgn_11_sinf 

Yüklə 334,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin