Mavzu: Sanoat korxonalarini qayta tashkil etish va faoliyatini to’xtatish 923-20 guruh talabasi: Ro’ziqulov O’lmas. Qabul qildi: Nizomidinov A. Mundarija: Kirish


Sanoat tarmoqlari va ularning rivojlanishi



Yüklə 45,46 Kb.
səhifə3/5
tarix05.10.2023
ölçüsü45,46 Kb.
#152514
1   2   3   4   5
Tarmoq iqtsidodiyot 2

Sanoat tarmoqlari va ularning rivojlanishi.

Sanoat ishlab chiqarishining tarixiy rivojlanishi va uning asosiy yakunlari to‘g‘risida so‘z yuritilganda shuni ta’kidlash kerakki, hozirgi O‘zbekiston hududida «Uy sanoati»ning rivoji bundan 12-15 ming yil muqaddam — mezolit davrida boshlangan. Bu davrda juda oddiy mehnat qurollari va buyumlari tayyorlangan. Yangi tosh asri (neolit, miloddan avvalgi 5-ming yillikning boshi) davrida kemachilik, to‘qimachilik vujudga kelgan. Neolit davrining oxirida metalldan qurol


yasash boshlangan. Arxeologik topilmalardan ma’lum bo‘lishicha, milloddan avvalgi 3 ming yillikning oxiridayoq hozirgi O‘zbekiston hududida yashagan aholi misdan qurol yasashni bilgan. Quldorlik tizimi (miloddan avvalgi 1-ming yillik o‘rtalari, V asr) davrida mehnat qurollarini yasash jarayonining taraqqiy etishi, metalga ishlov berishning takomillashuvi hunarmandchilikning yuksalishiga, ayirboshlash va savdo-sotiqk uchayishiga olib keldi. Feodalizm tuzumining boshlarida (VI–VIII asrlarda) Farg‘ona bilan So‘xda oltin, mis, temir, Ilokda qo‘rg‘oshin, kumush, oltin, Shahrisabzda toshtuz qazib chiqarilgan. IX asrda Samarqand sifatli qog‘ozi va lampa shishasi bilan mashhur bo‘lgan, Shosh viloyati ko‘pchilik mahsulotlari bilan dong taratgan. O‘sha davrda O‘rta Osiyodan Sharqiy Yevropa, Xitoy va boshqa yurtlarga Buyuk Ipak yo‘li orqali
charm, mato, ipak, jun, kiyim-kechak chiqarilgan. X–XIII asrlarda yuz bergan feodal tarqoqlik, qabila va elatlar o‘rtasidagi nizolarning avjiga chiqishi tufayli hunarmandchilikda yirik o‘zgarshlar ro‘y bermagan. XIV asrning 2-yarmida Amir Temur Samarqandda hokimiyatni qo‘lga kiritib, markazlashgan davlatga asos soldi va natijada davlatning iqtisodiy va ijtimoiy ravnaqiga katta yo‘l ochib berdi. XV asrning oxiriga kelib Movaraunnahrda yuzaga kelgan ziddiyatlar tufayli Temuriylar davlatining iqtisodiy negiziga putur yetadi va rivojlanish to‘xtab qoldi. XVI–XVIII asrlarda Buxoro, Xiva, Qo‘qon xonliklarining vujudga kelishi iqtisodiyotning, shu jumladan, sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi XIX asrga kelib Turkistonda hunarmandchilikda yog‘och va metall
o‘ymakorligi, idishlarga naqsh solish, matolarga gul bosish, qurollarni badiiy bezash
rivojlandi. Bu asrning ikkinchi yarmida O‘zbekiston hududida taraqqiyot tezlashib
sanoat, ayniqsa, ip-gazlama sanoati rivoj topdi. XX asr boshlarida ko‘plab paxta tozalash, yog‘-moy zavodlari qurilib ishga tushirildi. 1925-1926 yillarda elektrostansiyalar qurila boshlandi. Birinchi bo‘lib Toshkent yaqinida qurilgan Bo‘zsuv gidroelektrostansiyasi 1926 yil 1 mayda ishga tushirildi. Samarqand, Buxoro, Qo‘qon, Termiz va Asaka shaharlarida issiklik elektrostansiyalari qurilishi boshlandi. Bunday elektrostansiyalar soni 1930 yilda 30
ga yetdi. O‘sib borayotgan energetika bazasi bir qancha yangi sanoat korxonalari qurishga imkoniyat yaratdi. Ikkinchi jahon urushigacha bu yerda 500 dan ortiq sanoat korxonalari, jumladan, «Tashselmash», Toshkent to‘qimachilik kombinati, Chirchiq elektrokimyo kombinati, Kattaqo‘rg‘on yog‘ zavodi, Bekobod va Quvasoy sement korxonalari qurildi. Neft va rangli nodir metallar qazib chiqarish, qurilish sanoati mahsulotlarini tayyorlash rivoj topdi. Sanoat tarmoqlarini isloh qilish, tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiyalash dasturlarining amalga oshirilishi, moddiy-texnika bazasini mustahkamlanishi, respublika sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishiga zamin yaratdi. 2018 yilning yanvar-dekabr oylarida respublika korxonalari tomonidan 228,9 trln. so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo'lib, o'tgan yilning tegishli davriga nisbatan o'sish sur'ati 114,4 foizni tashkil etdi. Jami sanoat ishlab chiqarish hajmi o’sishining asosiy omili bo’lib, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatida ishlab chiqarish hajmining 13,2 foizga, tog’- kon sanoati va ochiq konlarni ishlashning – 25,4 foizga, elektr, gaz, bug' bilan ta'minlash va havoni konditsiyalashning 4,1 foizga va suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni utilizatsiya qilishning – 22,6 foizga o’sishi hisoblanadi.
Sanoat korxonalarining belgilari, funksiyalari va vazifalari.
Zamonaviy korxonalar mulkchilik shakliga ko‘ra, davlat va nodavlat, tarmoq
belgilariga ko‘ra, mashinasozlik, energetika, metallurgiya, neft va gaz sanoati, qurilish kompleksi, oziq-ovqat, yyengil sanoat, savdo va hokazolar, ishlab chiqarish miqyosi va xodimlar soniga ko‘ra, yirik, mikrofirma va kichik, faoliyat yuritish muddatiga ko‘ra, uzluksiz, mavsumiy va uzlukli korxonalarga bo‘linadi. Sanoat korxonalarini turli belgilariga ko‘ra tavsiflash mumkin: ishlab-chiqarish va texnika munosabatlarida korxona – bu, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va turlari, ularni tayyorlash texnologiyasiga miqdor va sifat jihatidan mos keluvchi mashinalar tizimi; ijtimoiy munosabatlarda korxona – bu, turli kategoriyadagi xodimlar o‘rtasida ularning huquq va majburiyatlari asosida yuzaga keluvchi munosabatlar.
Tashkiliy-huquqiy munosabatlarda korxona huquqiy shaxs sifatida faoliyat yuritadi; moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarda korxona – bu, tarmoqning mustaqil bo‘g‘ini bo‘lib, o‘z-o‘zini moliya bilan ta’minlash, o‘z-o‘zini boshqarish, ya’ni bozor munosabatlari tamoyillarida faoliyat yuritadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida sanoat korxonalari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi: bozor va uning rivojlanish istiqbollarini kompleks ravishda o‘rganish yordamida, xaridorlarning mahsulot va xizmat turlariga mavjud va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan talablarini aniqlash.
Mahsulotning yangi modellari va namunalarini yaratish bo‘yicha ilmiy- tadqiqot faoliyatini tashkil qilish. xaridorlar talablariga mos keluvchi tovarlarni ishlab chiqarish. ishlab chiqarishni rejalashtirish, dasturlash, muvofiqlashtirish va moliyalashtirish. mahsulotni taqsimlash va sotish tizimini tashkil qilish va uni mukammallashtirish; korxonaning barcha faoliyatini, jumladan, ishlab chiqarish, sotish, reklama, texnik xizmat ko‘rsatish va hokazolarni boshqarish. Zamonaviy korxonalarning faoliyati quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilishi zarur. korxona egasining daromad olishi. Iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan ta’minlash. xodimlarni ish haqi bilan ta’minlash korxonaga yaqin joylarda yashovchi aholi uchun ish joylari yaratish. atrof-muhitni muhofaza qilish. korxona faoliyatida to‘xtab qolishga yo‘l qo‘ymaslik. ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish shakllarini mukammallashtirish.


Yüklə 45,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin