Mavzu: Sanoat korxonalarini qayta tashkil etish va faoliyatini to’xtatish 923-20 guruh talabasi: Ro’ziqulov O’lmas. Qabul qildi: Nizomidinov A. Mundarija: Kirish



Yüklə 45,46 Kb.
səhifə1/5
tarix05.10.2023
ölçüsü45,46 Kb.
#152514
  1   2   3   4   5
Tarmoq iqtsidodiyot 2


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA
INNOVATSIYA VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON
MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
PSIXOLOGIYA FAKULTETI
SIRTQI BO’LIMI
TARMOQLAR IQTISODIYOTI
FANIDAN

MUSTAQIL ISH



Mavzu: Sanoat korxonalarini qayta tashkil etish va faoliyatini to’xtatish

923-20 guruh talabasi: Ro’ziqulov O’lmas.

Qabul qildi: Nizomidinov A.

Mundarija:
Kirish.

  1. Sanoat korxonalarini qayta tashkil etish va faoliyatini to’xtatish.

  2. Sanoat tarmoqlari va ularning rivojlanishi.

  3. Sanoat korxonalarining belgilari, funksiyalari va vazifalari.

Xulosa.
Foydalangan adabiotlar.


KIRISH.

Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish va shu asosda jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy farovonligini ta’minlashda iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i bo‘lgan sanoatning mavqei alohida o‘rin egallaydi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish borasidagi aniq fikr va g‘oyalar belgilab berildi, o‘rtaga qo‘yilgan dolzarb muammolar, ularning mohiyati va ahamiyati atroflicha tahlil qilinishi kerakligini aytdi.
Bunda, “O‘zbekiston sanoati rivojlanishining asosiy maqsadi nafaqat ushbu iqtisodiyot sektorida o‘sish sur’atlarini oshirishga intilish, balki boy tabiiy resurslar salohiyatidan foydalanish orqali ustuvor tarmoqlar va ishlab chiqarishni rivojlantirish, uning zamonaviy tarkibini shakllantirish, tashqi va ichki bozorda mamlakat sanoati raqobatdoshligi va samaradorligini oshirish uchun chora-tadbirlar majmuasini shakllantirishdan iborat” deb ta’kidlab o‘tdi. Buni iqtisodiyotdagi tizimli o‘zgarishlar natijasida yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi 2018 yildagi 35 foizdan 2019 yilda 37 foizga2 ortishi kutilayotganligidan ham ko‘rish mumkin.
Sanoatning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish jarayonida asosiy e’tibor tarkibiy o‘zgarishlarga qaratilgan bo‘lib, ular sanoat tarmoqlaridagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va tarkibiy siljishlar bilan birgalikda bashorat qilinadi. Sanoatning tarmoq tarkibini 2030 yilga qadar takomillashtirish YaIMda sanoat ulushini rivojlangan davlatlarda YaIM tarkibidagi xarakterlarga xos bo‘lgani kabi 2017 yildagi 33,5 foizdan 2030 yilda 40 foiz oshirish bilan asoslanadi.
Bu maqsadga erishi uchun, shuni aytish kerakki, bugungi kunda mamlakatimizda bu boradagi ishlar boshlab yuborilgan. Ayni vaqtda bu ishlar har bir turdagi istiqbolli xomashyo va yarim fabrikat bo‘yicha chuqur qayta ishlashning 2020, 2025, 2030 yillarga mo‘ljallangan aniq dasturiga ega bo‘lish uchun mutlaqo yangi dasturiy kompleks yondashuvni talab etadi.



Yüklə 45,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin