Mavzu: Sanoat korxonalarini qayta tashkil etish va faoliyatini to’xtatish 923-20 guruh talabasi: Ro’ziqulov O’lmas. Qabul qildi: Nizomidinov A. Mundarija: Kirish


Sanoat korxonalarini tugatish va qayta tashkil qilish



Yüklə 45,46 Kb.
səhifə2/5
tarix05.10.2023
ölçüsü45,46 Kb.
#152514
1   2   3   4   5
Tarmoq iqtsidodiyot 2

Sanoat korxonalarini tugatish va qayta tashkil qilish 
Korxona faoliyatini to‘xtatish uni tugatish yoki qayta tashkil qilish shaklida
amalga oshirilishi mumkin. Ishlab chiqarishning barqaror emasligi, moliyaviy
qiyinchiliklar, surunkali zarar ko‘rish va to‘lov qobiliyatining yo‘qolishini
korxonalarni tugatish yoki qayta tashkil qilishga asosiy sabab qilib ko‘rsatish
mumkin. Korxonani qayta tashkil qilish – bu, uning birlashib ketishi, qo‘shilishi,
bo‘linishi, ajralib chiqish va shaklini o‘zgartirishi degani. Korxonani qayta tashkil 
qilish ta’sischi (ta’sischilar) qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
 Qayta tashkil qilish korxonaning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, moliyaviy va iqtisodiy ko‘rsatkichlari avvalgiga nisbatan yaxshilanishiga xizmat qilishi lozim.
Korxonani tugatish huquqiy xatti-harakat bo‘lib, ishlab chiqarish va xo‘jalik
yuritish faoliyatining to‘xtatilishini anglatadi. Korxonani tugatish uning ta’sischilari tomonidan qabul qilinadigan qaror asosida ixtiyoriy tugatish shaklida yoki xo‘jalik sudi qarori asosida amalga oshiriladi.
Korxona tugatilganda u davlat ro‘yxatidan chiqariladi, uning bankdagi hisob raqami yopiladi hamda muhr, shtamp va boshqa rekvizitlari haqiqiy emas soblanadi.
Korxonani ixtiyoriy tugatish 2007 yil 27 aprelda qabul qilingan «Tadbirkorlik
sub’ektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibini
takomillashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori va
unga ilova tarzida berilgan “Tadbirkorlik sub’ektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning
faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risida Nizom” asosida amalga oshiriladi.
Ushbu xujjatlarda belgilangan tartibga ko‘ra korxonani ixtiyoriy tugatish
to‘g‘risidagi qarorda quyidagilar ko‘rsatiladi: tugatuvchi - tugatish komissiyasi (uning a’zolari tarkibi) yoki jismoniy shaxs (pasporti ma’lumotlari); mo‘ljallanayotgan tugatish muddati. Korxonani ixtiyoriy tugatish quyidagi ikki hil holat bo‘yicha alohida tartibda
amalga oshiriladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini yuritmayotgan korxonalarni ixtiyoriy tugatish.



Yüklə 45,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin