Mavzu: Porla, Millat Bayrog`i



Yüklə 45 Kb.
səhifə6/6
tarix03.12.2023
ölçüsü45 Kb.
#172282
1   2   3   4   5   6
Bayroq bilan sirlashamiz bayram senariysi.

O’qituvchi: Asosiy qonunimiz – Konstitutsiyada “O’zbekiston Respublikasining poytaxti – Toshkent shaxridir” deb yozib qo’yilgan.poytaxt har bir mustaqil davlatning yuzi bo’lib, unda davlatni boshqaruvchi markaziy idoralar bor. Toshkent ko’rkam, chiroyli shahar, Aziz bolajonlar, bu yil poytaxtimiz Toshkentning 2200 yillik to’yi nishonlanadi.
(O’qituvchi doskada “O’zbekiston Qahramoni” unvoni va oliy nishon “Oltin Yulduz” medali, “Mustaqillik”, “Buyuk xizmatlari uchun”, “Do’stlik”, “Amir Temur”, “Sog’lom avlod uchun”, “Shon – shuhrat” ordenlari, “Shuhrat”, “Jasorat” medallari aks etgan rasmlarga o’quvchilar diqqatini tortadi ).
O’qituvchi: – Yuqoridagi unvon va nishonlar ham davlatimiz mustaqilligini namoyish etuvchi dalillardir. Bular O’zbekistonda mehnat qilayotgan, uning taraqqiyotiga hissa qo’shayotgan kishilarga Prezident tomonidan beriladi.
Ana endi darsimizning eng quvonchli lahzalariga keldik. Bugun qanday bayram?
Hamma bir ovozdan: – Mustaqillik bayrami
O’qituvchi: – Qani, bayramda nima qilinadi?
O’quvchilar: – O’ynab – kulamiz, she’r aytib, qo’shiq kuylaymiz, raqsga tushamiz.
O’qituvchi: – Bo’lmasa marhamat. (O’quvchilar oldindan tayyorlangan qiziqarli sahna ko’rinishlaridan 1 – 2 ta namuna ijro etadilar. Ularni tanlash o’qituvchi va o’quvchilar hukmiga havola).
Dars yakunida Prezidentimizning quyidagi so’zlari o’qib eshittiriladi. “Kelajakda O’zbekiston yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina emas, balki bilimdon, ma’naviy jihatdan yetuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil qilishi lozim”.
O’qituvchi: – O’zbekiston Respublikasining davlat boshlig’i Prezident hisoblanadi. Davlat boshlig’i bu – millat timsoli, davlat g’amxo’ri, yo’lboshchisi.
Biz sanab o’tgan bayroq, madhiya, gerb, Konstitsiya, davlat nomi, davlat tili, pul birligi, fuqarolik belgisi, davlat mukofotlari, O’zbekiston Prezidenti – mamlakatimizning mustaqil yurt sifatida mavjudligini ifodalaydi. Ular O’zbekistonning yorqin timsollari bo’lib, bugunimiz, ertamiz va buyuk kelajagimiz uchun xizmat qilajak. Zero, Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “Shu ramzlarni e’zozlash – o’zining qadr – qimmati, o’z mamlakatiga, shaxsan o’ziga bo’lgan ishonchni mustahkamlash ham demakdir”.




@ustozlarbot maktab hujjatlar to’plami

Yüklə 45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin