Mavzu: Porla, Millat Bayrog`i



Yüklə 45 Kb.
səhifə3/6
tarix03.12.2023
ölçüsü45 Kb.
#172282
1   2   3   4   5   6
Bayroq bilan sirlashamiz bayram senariysi.

2 – o’quvchi: Men qizil rangman. Shunchaki rang emas tomirlarda oqqan toza qonman. Katta – yu kichikni Vatan bayrog’i ostida ahil yashashga, mehnat qilishga, kurashishga chaqiraman
3 – o’quvchi: – Men oq rang bo’laman. O’zim hamoq. Ko’nglim ham oq, ishim ham pok. Shungami, maqtovim ko’proq. Xalqning yurgan yo’li oppoq, pokiza bo’lsin, ravon bo’lsin deb Bayroqdan munosib joy olganman.
4 – o’quvchi: Yashillik nima degani? Yashillik – yasharish, ertangi kunga ishonch degani. Nonu nasiba, sof havo, sog’lik – salomatlik degani. Men xalqimizga doimo ana shunday ezgulik tilayman.
Shunday qilib, bayrog’imizdagi ranglar o’z ramziy sifatlarini aytib bo’lishadi. Ulardan keyin oymoma va yulduzlar tilga kiradilar.
5 – o’quvchi: Oymomaman – oymoma, ertaklarga boy momo. Ko’rinishim uch yoki to’rt kunlik bo’lsa ham, niyatlarim odamlarga to’kinlikdir. O’y sursalar, o’ylariga sirdoshdirman. Yo’l yursalar,yonlarida yo’ldoshdirman. Tinch tunlarni tinch kunlarga ulayman, O’zbekiston sharafini yurtlar aro so’zlayman.
6 – o’quvchi:Bizlar 12 yulduz, 12 oymiz. Jamlasangiz, bir yilga joymiz. Kim qandoq yashadi, yaxshimi, yomon, ikkilanmay baholaymiz. Yana biz 12 yulduz – 12 burjmiz. Oyu qiyosh bilan birga doimo harakatdamiz. Fasllar o’zgaradi, yangi kun, yangi odamlar tug’iladi. Barida ishtirokimiz bor. Biz qo’ngan yurt bayrog’i ham, o’zi ham dunyo turguncha tursin, deymiz.
O’qituvchi:Ajdodlarimiz, ota – bobolarimiz, Vatan tuprog’i bilan birga, uning bayrog’ini ham o’pib, ko’zga surtganlar. Bu Vatanga bo’lgan muhabbat, sadoqat ramzidir. Davlat ramzlaridan yana biri bu – biz iftixor va g’urur bilan kuylaydigan qo’shiq – davlat madhiyasidir. “Gimn” so’zini qayerlarda uchratgansiz?
O’quvchiMadhiya “Gimn” deb ataladi. Gimn ijro etilganda hamma tik turib, birgalikda kuylaydi. Davlat bayrog’i ko’tarilayotgan paytda, albatta, gimn yangrab turadi.

Yüklə 45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin