Mavzu: Porla, Millat Bayrog`i



Yüklə 45 Kb.
səhifə5/6
tarix03.12.2023
ölçüsü45 Kb.
#172282
1   2   3   4   5   6
Bayroq bilan sirlashamiz bayram senariysi.

O’qituvchi: – O’zbekiston Respublikasining bayrog’i, gerbi va madhiyasi g’ururimiz va faxrimizdir. Yurtboshimiz o’z nutqlarida davlat ramzlariga hurmat hissida bo’lishimizni alohida ta’kidlaydi.
Davlat ramzlarini hurmat qilmay turib, biz o’z xalqimizning millat sifatidagi o’rnini, O’zbekistonning butun jahon mamlakatlaridan biri ekanligini idrok qilolmaymiz.
Xo’sh, davlat ramzlariga yana nimalar kiradi?
(O’quvchilar bilganlaricha javob bergach, o’qituvchi suhbatni davom ettiradi).
Sizni boshqalardan ajratib turadigan eng muhim jihat nima? Nodir, Akmal, Saida, Ozoda (ismlari bir – bir sanaladi).


O’quvchilar: – Bu – bizning ismlarimiz.
O’qituvchi Ha bolajonlar, har bir insonning boshqalardan farqlanuvchi muhim jihati uning ismi, sharifi bo’lganidek, har qanday davlatning nomi uning ajralmas tashqi belgisidir. Mustaqil davlatimizning nomi hamma joyda “O’zbekiston Respublikasi” deb mfodalanadi.


O’qituvchi: O’zbekiston Konstitutsiyasi ham davlat ramzi bo’la oladimi?
1 – o’quvchi: Ha, albatta, chunki, u bizning asosiy qonunimiz.
2 – o’quvchi: – Konstutsiya – O’zbekistonning mustaqil davlat sifatida mavjudligini ifodalovchi bosh qonuni.
O’qituvchi – Til ham, o’quvchilar, har bir millatning ko’zgusidir, ya’ni uning ma’naviy boyligidir. Kim ona tilimiz, o’zbek tili haqida she’r aytib bera oladi?
O’quvchi: – Ona tilim sen mening,
Dur davharim, sen mening.
Men usun jondan aziz,
Iftixorim sen mening.
O’qituvchi: – O’ali mustaqillik e’lon qilinmasdan turib, Prezidentimiz tomonidan davlat tili o’zbek tili bo’lishi kerak, deb e’lon qilinishi, “Davlat tili to’g’risida”gi qonunning kuchga kirishi mamlakatimiz tarixida katta voqea bo’ldi.
O’qituvchi: – Vatanimiz va uning poytaxti haqida kim chiroyli qilib she’r aytib bera oladi?
O’quvchi she’r aytadi.

Yüklə 45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin