Mavzu: O'zbekiston qizil kitob reja: Kirish. I. Bob adabiyotlar sharxi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix09.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#127730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3-rasm.Sargish va qizil lolalar 
2.4. O„zbekiston 
Respublikasining Qonuni
 
1-bob. Umumiy qoidalar 
1-modda. 
Ushbu Qonunning maqsadi
 
Ushbu Qonunning maqsadi o‗simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish 
sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 
2-modda. O‗simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‗g‗risidagi qonun 
hujjatlari 
O‗simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‗g‗risidagi qonun hujjatlari 
ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. 
Agar O‗zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‗zbekiston 
Respublikasining o‗simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‗g‗risidagi 
qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‗lsa, xalqaro 
shartnoma qoidalari qo‗llaniladi. 


3-modda. 
Asosiy tushunchalar
 
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‗llaniladi: 
botanika kolleksiyasi — ilmiy, madaniy-ma‘rifiy, o‗quv-tarbiyaviy va estetik 
ahamiyatga ega bo‗lgan, yovvoyi holda o‗suvchi o‗simliklar yashash faoliyati 
mahsulotlarining tizimlashtirilgan to‗plami (gerbariylar, urug‗lar) hamda sun‘iy 
yaratilgan sharoitlarda (botanika bog‗larida, dendrologiya bog‗larida, pitomniklarda, 
plantatsiyalarda va boshqalarda) yetishtiriladigan yovvoyi holda o‗suvchi o‗simliklar; 
yovvoyi holda o‗suvchi o‗simliklar — madaniylashtirilmagan daraxtlar, butalar, 
o‗tsimonlar, qirqquloqsimonlar, yo‗sinsimonlar, suvo‗tlar, lishayniklar va zamburug‗lar; 
yovvoyi holda o‗suvchi o‗simliklarning 
yashash faoliyati mahsulotlari
 — yovvoyi holda 
o‗suvchi o‗simliklarning yashash faoliyati natijasida hosil bo‗lgan ildizlar, 
piyozboshlar, tanalar, poyalar, novdalar, po‗stloq, barglar, g‗unchalar, gullar, urug‗lar, 
mevalar, sharbat (elim) 
va boshqa mahsulotlar

o‗simlik dunyosi — O‗zbekiston Respublikasi hududida tabiiy muhitda o‗sadigan yoki 
sun‘iy yaratilgan sharoitlarda yetishtiriladigan barcha turdagi yovvoyi o‗simliklar 
majmui; 
o‗simlik 
dunyosini muhofaza qilish
 — o‗simlik dunyosining yashash faoliyati uchun 
qulay sharoitlarni ta‘minlashga, uning yo‗q qilib yuborilishining yoki unga boshqacha 
zararli ta‘sir ko‗rsatilishining oldini olishga qaratilgan faoliyat 
4-modda. O‗simlik 
dunyosiga nisbatan mulkchilik
 
O‗simlik dunyosi umummilliy boylik bo‗lib, undan oqilona foydalanish lozim va u 
davlat tomonidan muhofaza qilinadi. 
Tabiiy muhitda yovvoyi holda o‗suvchi o‗simliklar davlat mulkidir. 
Sun‘iy yaratilgan sharoitlarda yetishtiriladigan yovvoyi holda o‗suvchi o‗simliklar 
yuridik yoki jismoniy shaxsning mulki bo‗lishi mumkin. 
5-modda. O‗simlik dunyosi ob‘ektlari 
O‗simlik dunyosi ob‘ektlari quyidagilardan iborat: 
yovvoyi holda o‗suvchi o‗simliklar; 
yovvoyi holda o‗suvchi o‗simliklarning yashash faoliyati mahsulotlari; 
botanika kolleksiyalari. 


6-modda. O‗simlik dunyosi ob‘ektlaridan 
foydalanuvchilar
 
Yuridik va jismoniy shaxslar o‗simlik dunyosi ob‘ektlaridan foydalanuvchilar bo‗lishi 
mumkin. 
O‗simlik dunyosi ob‘ektlaridan foydalanuvchilar o‗simlik dunyosi ob‘ektlaridan 
foydalanish borasida o‗zlariga tegishli bo‗lgan huquqni qonun hujjatlarida belgilangan 
shartlarda va tartibda amalga oshiradi. 


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin