Mavzu: O'zbekiston qizil kitob reja: Kirish. I. Bob adabiyotlar sharxi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix09.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#127730
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10


MAVZU: O'ZBEKISTON QIZIL KITOB 
 
REJA: 
Kirish. 
I.BOB Adabiyotlar sharxi. 
1.1.O`zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi” haqida umumiy tushuncha. II.BOBAsosiy 
qism. 
2.1. O‟simliklarni himoya qilish va ulardan foydalanish huquqiy holatining 
tushunchasi va xususiyatlari. 
2.2.Yo'qolib ketish xavfi ostida turgan o'simliklar. 
2.3.O‟zbekiston “Qizil kitobi”, muhofazaga muhtoj o‟simlik turlari haqida. 
2.4.O„zbekiston Respublikasining Qonuni. 
Xulosa. 
Foydalanilgan adabiyotlar. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Ilm va izlanish bo„lmagan joyda hech qanday 
rivojlanish, yuksalish va, umuman, biror-bir sohaning 
kelajagi bo„lmaydi Sh.Mirziyoyev
 
 
 
KIRISH 
O‗zbekiston Respublikasining 
Qizil kitobiga
 kiritilgan o‗simliklarni yoki ularning 
yashash faoliyati natijasida hosil bo‗lgan ildizlari, 
piyozboshlari
, tanalari, poyalari, 
novdalari, po‗stlog‗i, 
barglari

g‗unchalari
, gullari, urug‗lari, mevalari, sharbatini 
(yelimini) va boshqa mahsulotlarini o‗zboshimchalik bilan yig‗ish Maʼmuriy 
huquqbuzarlikni keltirib chiqaradi. 
Qoʻriqxonalarda
 muhofaza etiladigan flora va fauno 
dunyosi hanuzgacha xavf ostida qomoqda. Aholining notoʻgʻri munosabati sababli 
tabiatdagi kamyob oʻsimlik va hayvonlar turi va soni kamayishni davom etmoqda. Yer 
yuzida hozirgi kunda 670 ming (shundan 500 mingi gulli 
oʻsimliklar
) oʻsimliklar va 
1,5 million hayvon turlari mavjud boʻlib, ularning 93 foizi uchun quruqlik va 7 foizi 
uchun suv yashash muhiti hisoblanadi. Turlarning hosil boʻlishi va ularning yoʻqolib 
ketishi sababi evolyutsion taraqqiyot jarayoni boʻlib, yerda 
geologik
 sharoitlarning 
oʻzgarishiga ham bogʻliqdir. Ammo odamning kelib chiqishi natijasida bu tabiiy 
jarayon buzilib, hayvon va oʻsimliklarning inson faoliyati taʼsirlari natijasida yoʻqolib 
borish jarayoni tezlasha boshladi. Odam tomonidan yangi gʻorlarning, orollarning va 
kontinentlarning oʻzlashtirilishi natijasida butun sayyora 
masshtabida 
fauna
 va 
floraning
 xilma-xilligi tobora kamayib borish jarayoni 
kuzatilmoqda. Shuning uchun ham keyingi paytda atrof-muhitni himoya qilish qilish 
bilan bogʻliq talablar jahon hamjamiyati tomonidan qattiq nazoratga olingan. Oʻsimlik 
dunyosi tabiat obyektlari ichida eng bebaho boyliklardan biri boʻlib, u tabiiy muhitni 
sogʻlomlashtirish, inson yashash sharoitini yasxshilash, yer va suv resurslarini 


muhofaza qilish, 
atmosfera
 havosining musaffoligini saqlashda muhim ahamiyat kasb 
etadi. Atrof-muhitni muhofaza qilishga va tabiiy resurslardan foydalanish 
asosan 
Konstitutsiya
 va qonunlarda oʻz ifodasini topgan tamoyillar orqali amalga 
oshiriladi. Ularning ijrosi esa taʼminlashi shart. Oʻzbekistonda oʻsimlik dunyosini 
muhofaza qilish va undan foydalanishni tartibga soluvchi, oʻsimlik dunyosi 
obyektlarining huquqiy holatini oʻrnatuvchi huquqiy meʼyor ham Asosiy 
qonunimizning 55-moddasida oʻz ifodasini topgan. Mazkur norma asosida bir qator 
qonunlar qabul qilingan. „Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida―gi
 
„Oʻsimlik
 dunyosini 
muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida―gi, „Muhofaza qilinadigan tabiiy 
hududlar toʻgʻrisida―gi, „Oʻrmon toʻgʻrisida―gi qonunlar va boshqa normativ huquqiy 
hujjatlar shular jumlasidandir. Ayniqsa ushbu munosabatda Qizil kitobning oʻrni 
beqiyos. Oʻzbekiston faunasi va florasining yoʻqolib boryotgan turlari 
Qizil kitob
da 
ham oʻz aksini topgan boʻlib, O‗zbekiston Respublikasi Fanlar 
akademiyasining 
Zoologiya instituti
 va 
Botanika instituti
 tomonidan Qizil 
kitobga 
hayvonot
 va o‗simlik olami turlarini kiritish yoki undan chiqarish bo‗yicha 
takliflar va tavsiyalarni tegishli ravishda ishlab chiqiladi. Kamyob va yo‗qolib ketish 
arafasida turgan hayvonlar va o‗simliklarni muhofaza qilish bo‗yicha idoralararo 
komissiya tomonidan esa Qizil kitobga turlarni kiritish va undan chiqarish hamda ularni 
muhofaza qilish bo‗yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish amalga oshiriladi. Ushbu 
maqolada botanika tadqiqotchilari va ekologlar yo'qolib ketish xavfi borligini aniqlagan 
ba'zi O'simliklar haqida so'z boradi. Bu ularning kelib chiqqan joylaridan olib 
tashlanishi, shuningdek, tabiiy yashash joylarining vayron bo'lishi tufayli sodir bo'lishi 
mumkin. O'simliklar oziq-ovqat zanjirida hayotiy funktsiyalarni bajarishini va ularning 
yo'qolishi butun sayyoramizning atrof-muhitiga salbiy ta'sir ko'rsatishini hisobga olish 
kerak. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin