Mavzu: O'zbekiston qizil kitob reja: Kirish. I. Bob adabiyotlar sharxi


O’zbekiston “Qizil kitobi”, muhofazaga muhtoj o’simlik turlari haqida



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix09.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#127730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2.3.O’zbekiston “Qizil kitobi”, muhofazaga muhtoj o’simlik turlari haqida. 
O‘zbekiston florasi bo‘yicha mamlakatimizda tarqalgan o‘simlik turlari 4230 tur, 1026 
turkum 145 oiladan tarkib topgan. 4230 turdan 429 turi madaniy holda ekilib kelinadi. 
Qolgan 3737 turi esa tabiiy holda tarqaladi. Shundan 390 tur yoki umumiy turni 12 foizi 
endemik turlardir. 
Turlarning hosil bo‘lishi va ularning yo‘qolib ketishi sababi evolyutsion taraqqiyot 
jarayoni bo‘lib, yerda geologik sharoitlarning o‘zgarishiga ham bog‘liqdir. Ammo 
odamning kelib chiqishi natijasida bu tabiiy jarayon buzila boshladi, hayvon va 
o‘simliklarning antropogen (inson faoliyati) ta‘sirlari natijasida yo‘qolib borish jarayoni 
tezlasha boshladi. Odam tomonidan yangi yerlarning, orollarning va kontinentlarning 
o‘zlashtirilishi natijasida butun sayyora 
masshtabida fauna va floraning xilma-xilligi tobora kamayib borish jarayoni 
kuzatilmoqda. 


O‘simlik va turlarining tobora yo‘qolib borish xavfi mamlakatlar va butun dunyo 
miqyosida zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ehtiyojini 
tug‘dirmoqda. 
1948 yilda tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish Xalqaro ittifoqi tuzildi. Bu 
tashkilot flora va faunani muhofaza qilishga qaratilgan hamma ishlarni birlashtiradi. 
Mazkur xalqaro uyushma 1973 yilda ―qora ro‘yxat‖ni chop etdi, unda batamom 
yo‘qolib ketgan hayvonot turlari ro‘yxati keltirilgan. Jahon ―Qizil kitobi‖ 1979 yilgacha 
chop etildi, shuningdek sobiq SSSRda ham ―Qizil kitob‖ 1979 yilda chop etildi. ―Qizil 
kitob‖ 1979 yilda chop etildi. ―Qizil kitob‖ xavf xatar belgisi. Bu kitobga kam va 
yo‘qolib ketayotgan o‘simlik va hayvonlarning turlari to‘g‘risida ma‘lumotlar berilgan. 
O‘zbekiston o‘simlik va hayvon turlari soni 27000 dan ortiq bo‘lib, ulardan hayvon 
turlari 15000 dan ortiq, o‘simliklar, zamburug‘lar va suvo‘tlari esa 11000 atrofidadir. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida hozirgi kunda 4500 ga yaqin gulli o‘simlik turlari 
mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko‘pgina kamyob, endem va relikt 
turlar mavjud. Bunday turlarning soni 400 atrofida bo‘lib, ular O‘zbekiston florasining 
10-12 % ni tashkil qiladi. 
O‘zbekiston florasining yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan 163 tur ―Qizil kitob‖ ning 
1984 yilgi nashriga kiritilgan, yangi ―Qizil kitob‖da esa (1998) kiritilgan o‘simlik 
turlarining soni 301 taga yetdi. 
Ta‘kidlash lozimki, ―Qizil kitob‖ga kiritilgan o‘simliklar ro‘yxati yildan-yilga aniqroq 
bo‘lmoqda va biz ularning yangi nashrlariga guvoh bo‘lamiz. O‘zbekiston Respublikasi 
―Qizil kitob‖ ida o‘simlik turi, oilasi, avlodi, turkumi tartibida alfabit bo‘yicha ro‘yxatga 
olingan va har bir o‘simlik ko‘rgazmali tarzda suratlari keltirilgan. Bu o‘z navbatida 
noyob va yo‘qolib borayotgan o‘simlik turlari to‘g‘risida keng omma tomonidan aniq 
tasavvurga ega bo‘lishlariga yordam beradi. 
―Qizil kitob‖ muhofaza choralarini kuchaytirish, qo‘riqxona va buyurtma hududlarini 
kengaytirish, yovvoyi o‘simliklar bilan savdo-sotiqni tartibga solishda littsenziyalar 
tizimini joriy qilish kabi bir talay muhim tadbirlarni kun tartibiga qo‘yadi. Umuman, bu 
kitob barcha o‘simlik va hayvonot muhofaza qilish borasida qonun asoslariga tayangan 
muhim xujjat hisoblanadi. Kitobga kiritilgan o‘simlik turlari 4 kategoriyaga bo‘lingan: 


―O‖ maqomi berilgan o‘simlik turlari yo‘qolgan yoki yo‘qolish arafasida turgan 
o‘simliklardir. 
―1‖ maqomidagi o‘simliklar turlari esa yo‘qolib borayotgan turlardir. Bunga yo‘qolib 
ketish xavfi ostida turgan, saqlab qolish uchun maxsus muhofaza qilishni talab etadigan 
o‘simlik turlari kiritilgan. 
―2‖ maqomidagi turlar esa noyob turlardir. Bu guruhga ma‘lum kichik maydonlarda 
o‘ziga xos sharoitlarda saqlanib qolgan, tez yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan va 
ularning saqlanishini ta‘minlash uchun jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar kiradi. 
―3‖ maqomidagi o‘simlik turlari kamayib borayotgan o‘simliklardir. Bu guruhga 
kiritilgan o‘simlik turlari ma‘lum vaqt ichida soni va tarqalish maydonlari tabiiy 
sabablarga yoki antropogen omillari ta‘siri ostida qisqarib ketayotgan turlar kiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi ―Qizil kitobi‖ga kiritilgan noyob va yo‘qolib borayotgan, 
inson muhofazasiga muhtoj o‘simlik turlari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar matnlari 
o‘zgartirishlarsiz kiritildi.
Qizil kitobi kiritilgan o‘simliklardan foydalanish to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilingan. 
O‘simliklar- tabiatning eng muhim boyligi bo‘lib, biosferada katta ahamiyatga ega. 
O‘simliklar avvalo tuproq qoplamini himoya qiluvchi va unimdorligini oshiruvchi, 
daryoning suv rejimini tartibga soluvchi, havoni toza saqlovchi, iqlimga faol ta‘sir 
etuvchi inson hayoti uchun normal gigenik sharoit yaratib beruvchi foydali hayvonlar va 
qushlar uchun boshpana bo‘luvchi, chorvachilikni yem xashaklar bilan ta‘minlovchi, 
kishilarni dam oldiruvchi qimmatli dorivor moddalarni olishga imkon beruvchi 
universal tabiiy resursdir. O‘simliklar tiklanuvchi, ammo tugaydigan tabiiy resurs 
hisoblanadi. Shuning uchun o‘simliklar dunyosidan foydalanishda oldindan ularni 
saqlash va tiklash chora tadbirlarini ko‘rib qo‘yish kerak. 
Viloyatimizning o‘simlik qoplami antropogen omilning ta‘siri natijasida juda 
o‘zgarganligi va kambag‘allashganligi nuqtaiy nazaridan ham uni boyitish va tiklash 
muhim ahamiyatga ega. Farg‘ona viloyati xududida cho‘l, adir va tog‘ o‘simliklari 
rivojlangan. Viloyatdagi o‘rmonzorlarning 90 foizi tekisliklarga, qolgani tog‘larga 
to‘g‘ri keladi.Tekislikdagi o‘rmonzorlar vodiy va cho‘l o‘rmonlariga 
bo‘linadi.O‘zbekiston Qizil kitobi kiritilga o‘simliklar. 


Cho‘l o‘rmonlari saksovul, juzg‘un, qandim kabilardan iborat bo‘lib, ular juda katta 
xududni shamol erroziyasidan himoya kiladi, lekin tabbiiy cho‘llarning o‘zlashtirilishi 
antropogen omil ta‘siri natijasida o‘simlik dunyosi qirilib ketmoqda. Viloyat o‘rmonlari 
daryo vodiylaridagi to‘qayzorlardan, aholi yashaydigan xududlar, suv inshoatlari, ekin 
maydonlari va yo‘llar atrofidagi ixota daraxtzorlaridan iboratdir. Keyingi yillarda 
to‘qayzorlar, aholi xududlaridagi, ham da kanallar va dalalar atrofidagi daraxtzorlar 
maydoni keskin qisqarib ketdi. 
Viloyat xududidagi tut ipak qurtining asosiy xom ashyosi hisoblangan tut daraxti 
kesilishi natijasida hozirgi kunda qariyb 35 foizga tushib qolgan. 
Farg‘ona viloyati bo‘yicha esa 1350 turi tarqalgan bo‘lib, shundan 551 tur cho‘lda, 498 
tur adirda, 785 tur tog‘da tarqalgan. Hozirgi kunda 400 o‘simlik turi muhofazaga muhtoj 
endemik va relikt turlardir. Bular orasida yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan 163 tur 
o‘simlik O‘zbekiston respublikasi ―Qizil kitobi‖ga kiritilgan. 
O‘simliklar resurslaridan foydalanish jarayonida dolzarb muammolar, chunonchi 
yaylovlarning turli sabablariga ko‘ra kamayib borayotganligi, cho‘llarda ko‘chma 
qumlarning ko‘payib borayotganligi, yaylovlarning nefьt mahsulotlari, xo‘jalik va 
maishiy chiqindilar bilan ifloslanishi, sizot suvlari sathi ko‘tarilishi tufayli yerlarning 
buzilishi, yaylovlarning cho‘lga aylanishi, tog‘ oldi va tog‘ yaylovlarida erroziyaning 
kuchayishi, to‘qayzorlarning yo‘qolib borish, tog‘ yon bag‘rlarida yaylovlardan 
noto‘g‘ri foydalanish va daraxt va butalarni qirqish, pichan o‘rishni pala-partish tashkil 
qilish tufayli surilma va sellarning keng miqyosida kuchayishi va boshqa muammolar 
paydo bo‘ldi.O‘zbekiston Qizil kitobi kiritilga o‘simliklar. 
Vujudga kelayotgan muammolar zanjiri cho‘l, tog‘oldi va tog‘lardagi yaylovlardan 
oqilona foydalanilmayotganligi, yaylovlarning mahsuldorligini barcha joylarda 
baravariga oshirilmayotganligidan darak beradi. Shuning uchun turli xodisalar yuz 
berib, buning yaylovlarning bir qismi foydalanishdan chiqib qolmoqda yoki 
mahsuldorlik xaddan tashqari kamayib ketmoqda. Ushbu muammolarning tez va to‘lig‘i 
bilan hal qilish avvalo yaylovlardan ehtiyojga yarasha foydalanishni tashkil qilish, 
yaylovlarga vaqti-vaqti bilan dam berib, ularni qayta tiklanishiga imkoniyat yaratish, 
saksovul, cherkez, qandim quyonsuyak kabi butalarni qirqilishini qat‘iyan man etish, 


katta maydonlarda agrofitotsenozlar yaratish, buzilgan yaylovlarni qayta tiklash 
ishlarini amalga oshirish kerak. Tog‘ oldi va tog‘lik zonada, yaylovlarda, yangi 
nihollarni ekish, yangi o‘rmonlarni yaratish kerak. 
Quvasoy adrlarining namligi bo‘lgan xududlarda ularning floristik ko‘rsatkichlari ancha 
kamaygan holda uchraydi. Shuningdek, efemer o‘simliklar senotipi jamoalari ajralgan 
holda tarqalgan. Ammo, adirlarning keyingi yillarda tezkorlik bilan o‘zlashtirilishi bu 
o‘simliklar arealining qisqarishiga olib keldi. 
Vodil atrofida «Antropogen» o‘simliklar jamoasi yuzaga kelgan. Yangiobod, 
Yoshlarobod xududlarida o‘simliklar jamoalarining yuqori pog‘onasiga asosan o‘rik, 
shaftoli, olma turlaridan, pastki pog‘onasida shuvoq turkumiga taaluqlilaridir. Suvsizlik 
natijasida yangi shakllangan daraxt va butalar ancha achinarli holga kelgan, shuvoqlar 
esa moslashgan suvsizlikka moslashgan. 
Vodil atrofii keyingi yillarda daryo suvi toshqini natijasida tabiiy shuvoqzorlar, 
xaprizorlar, na‘matakzorlar yoppasiga yuvilib ketmoqda. Ayrim shifobaxsh o‘simliklar 
formatsiyalari qisqarib ketdi. Masalan: xarpi, choyo‘t, limon o‘t, kovrak, tog‘rayxon, 
mavrak va x.k. Ya‘ni tabiiy ekosistemalar elementlarining zaxiralari kamayishiga olib 
kelmoqda. 
Markaziy Farg‘ona o‘simliklari cho‘l mintaqasining qumli, sho‘rxokli va gipsli 
qismlariga, nisbatan o‘simliklarni o‘sish va rivojlaanishi uchun xar tomonlama qulay 
sharoitga ega. Shuning uchun ham bu yerlarda tarqalgan o‘simliklarning hayot shakillari 
ham xilma-xil bo‘lishi shubxasiz.O‘zbekiston Qizil kitobi ga kiritilgan va kiritilishi 
lozim bolgan o‘simliklar. . 
Olib borilgan izlanishlar va to‘plangan materiallarni tahlil asosida viloyat xududidagi 
to‘qayzorlarda 46 oilaga mansub 140 turkum 209 o‘simlik turi o‘sayotgani ma‘lum 
bo‘ldi. 
Hayot shakllari tahlil qilinganda ularning 7 turi daraxt, 14 turi buta, 3 turi chala buta, 98 
turi ko‘p yillik va 77 ta tur bir yillik o‘simlik, 4 ta churliaxa va 6ta tur tekinxo‘r 
o‘simliklar ekanligi ma‘lum bo‘ldi. 


Bu yerda tarqalgan 46 oiladan eng ko‘p turga boy bo‘lganlari qatoriga boshoqdoshlar 
(21turkum, 42 tur), murakkabguldoshlar (21turkum, 36 tur), karamdoshlar (12 
turkum,14 tur), dukkakdoshlar (8 turkum, 12 tur), sho‘radoshlar 
(7 turkum, 10 tur) ni kiritish mumkin. Qolgan oilalar esa 4-5, ko‘pchiligi 1-2 turga 
ega.To‘qay o‘simliklari orasida xalq xo‘jaligi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 
turlar ham oz emas. Ular foydali xususiyatlarga ko‘ra sinchiklab o‘rganish asosida 
umumiy turdan 141 turi yem-xashak bo‘ladigan, 52 turi shifobaxsh, 21 turi efir moyli, 
98 turi asal beruvchi, 94 turi alkaloidli, 28 turi oshlovchi moddali, 26 turi bo‘yoqbop, 4 
turi yog‘och beruvchi, 12 turi oziq-ovqat bo‘ladigan o‘simliklar ekanligi nisbiy holda 
ma‘lum bo‘ldi. 
Farg‘ona viloyatida qamish formatsiyasi 4 ta, qizilmiya formatsiya 3 ta, turong‘il 
formatsiyasi 3 ta, yulg‘un formatsiyasi 4 ta, yantoq formattsiyasi 3 ta, sho‘ra-ajiriq 
formatsiyasi 2 ta, qo‘g‘a farmatsiyasi 2 ta, oqbosh formatsiyasi 2 ta, qora saksovul 
formatsiyasi 5 ta assotsatsiya hosil qilgan. Qolgan joyda, savogich, qalam, kumush 
jangal, tol, ajiriq, qamish, botauk, kakra kabi o‘simliklar qadimdan bundan 50 yil oldin 
keng tarqalgan. 
Qalin bo‘lib o‘sgan yirik ekosistema hosil qiluvchi o‘simliklar bo‘lgan, lekin hozirgi 
kunda ular egallagan maydonlar turli sabablarga ko‘ra qisqarib ketgan. Natijada ularni 
ekosistema hosil qilish imkoniyati asta-sekin yo‘qolib bormoqda. Agar to‘qay 
o‘simliklarga bo‘lgan munosabat ijobiy tomonga o‘zgartirilmasa ularni saqlash, 
ko‘paytirish borasida, o‘rmon xujaligi xodimlari tomonidan faol ish olib borilmasa 
noyob o‘simliklar asta-sekin yo‘qolib borishi shubxasiz. Buning uchun sun‘iy 
ekosistemalar chegarasini kengaytirishga chek qo‘yish lozim. Agar madaniy 
landshaftlar chegarasini to‘qayzorlar hisobiga kengaytirib borishga chek qo‘yilmasa, 
kelajakda to‘qayzorlardan maxrum bo‘lib qolishimiz shubxasiz..O‘zbekiston Qizil 
kitobi ga kiritilgan va kiritilishi lozim bolgan o‘simliklar. 
Viloyat o‘rmonlari, daryo, kanal qirg‘oqlarini yemirilib, o‘pirilib ketishidan saqlaydi, 
vohalarni qum bosilishini oldini oladi, tuproq va ekinlarni shamol va suv eroziyasidan 
saqlaydi, yerlarni melorativ sharoitini yaxshilaydi, havoni kislorod bilan boyitadi, 


zaxarli gaz va chiqindilardan tozalaydi, shovqinni pasaytiradi, mikroiqlimni yaxshilaydi 
va nixoyat qurilish uchun yog‘och beradi. 
Yangi o‘zalashtirilayotgan yerlarda tabiiy o‘simlik qoplamining yo‘qolishi shu joydagi 
suv balansida keskin o‘zgarishlarni vujudga keltiradi. Sug‘oriladigan yerlarda kanal va 
ariqlardagi shimilish miqdori kamaytirilishi ham da sug‘orish normasiga amal 
qilinishiga qaramasdan yer osti suvlarining sathi yiliga 2-6m ko‘tarilishi mumkin. 
Chunki tabiiy o‘simliklar, masalan yulg‘un, yantoq, shuvoqlar gektariga 5 mingdan 9 
ming m3 gacha, madaniy o‘simliklardan paxta poliz ekinlari esa 6-7ming m3 suv 
bug‘latadi holos. Viloyatda ko‘p joylarda yoppasiga tol va teraklarni o‘ylamasdan kesib 
yuborilishi kanal va kollektorlar yaqinida shimilishini kuchaytirib, yerlarning melorativ 
holatini yomonlashuviga olib keldi. 
Vohalarda qadimdan ko‘p ekilib kelgan tol, terak jiyda kabi suvni ko‘p bug‘latadigan 
daraxtlar ma‘lum joylarda saqlanishi va muhofaza qilish zarur.O‘zbekiston Qizil kitobi 
kiritilga o‘simliklar. 
Viloyat xududida neogen davirdan qolgan va hozirda saqlanib qolgan relikt o‘simliklar 
(chinor, turong‘i pista) bilan birga boshqa xududlardan keltirilgan ilmiy xo‘jalik va 
estetik jihatdan qimmatli bo‘lgan o‘simliklar (kiparis, kashtan Eldar qarag‘ayi va 
boshqalar) ham o‘sadi. 



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin