Mavzu: O'zbekiston qizil kitob reja: Kirish. I. Bob adabiyotlar sharxi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix09.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#127730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
II.Asosiy qism. 
2.1. O’simliklarni himoya qilish va ulardan foydalanish huquqiy holatining 
tushunchasi va xususiyatlari. 
Oʻsimliklarni himoya qilish, oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya 
qilish — 1) qishloq xoʻjaligi fanlarining bir sohasi; oʻsimliklarga zararkunanda, 
kasalliklar, begona oʻtlar yetkazadigan zararni oʻrganadi va uning oldini olish hamda 
bartaraf qilish tadbirlarini ishlab chiqadi; 2) qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligida 
zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari hamda begona oʻtlarni yoʻq qilish uchun ishlab 
chiqiladigan tadbirlar tizimi. Uning vazifasi faqatgina zararkunanda organizmlarni yoʻq 
qilish yoki ular faoliyatini chegaralab qoʻyishdangina emas, balki ularning paydo 
boʻlish muddatlari va tarqalish koʻlamini oldindan aniqlash, shuningdek, eng xavfli 
zararkunandalarning bir hududdan boshqasiga tarqalishining oldini olishdan ham iborat. 
Oʻsimliklarni himoya qilishq. qishloq xoʻjaligi entomologiyasi, fitopatologiya, botanika, 
mikologiya, bakteriologiya, virusologiya, ekologiya, biotsenologiya, kimyo, biokimyo, 
hayvonlar va oʻsimliklar fiziologiyasi, fizika, biofizika, genetika, seleksiya, 
toksikologiya va boshqalar fanlar maʼlumotlariga asoslanadi. Oʻsimliklarning 
zararkunanda va kasalliklari, begona oʻtlar ekinlarga, xususan, hosilga katta zarar 
yetkazadi. Shu sababli qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda, ularni saqlab 
qolishda Oʻsimliklarni himoya qilishq. muhim rol oʻynaydi. Zararkunanda va 
kasalliklarning oʻsimliklarga yetkazadigan zarari qadimdan maʼlum. 18-asr boshlarida 
oʻsimlik kasalliklarini tasniflashga fransuz botaniki J.Turnefor urinib koʻrdi. 18-asrning 
2-yarmida koʻpchilik kasalliklarning yuqumliligi tajribalar asosida isbotlandi 
(Rossiyada A.T.Bolotov, Fransiyada A.Tillet, Italiyada F.Fontana, Daniyada 
Ya.Fabritsius va boshqalar). 18-asrning 2-yarmida nemis olimi A. de Bari, rus olimi 
M.S.Voronin va boshqalar tomonidan fitopatogen zamburugʻlarning yangi turlari, 
ularning morfologiyasi, rivojlanish xususiyatlari aniqlanadi. 19-asrning 2-yarmida 
oʻsimlik zararkunandalari hamda kasalliklarining bir qancha mamlakatlar iqtisodiyotiga 


yetkazgan zarari ularni oʻrganish va ularga qarshi qurash tadbirlarini ishlab chiqishni 
taqozo etdi. 
19-asr oxiri — 20-asr boshlarida fitopatogen zamburugʻlar, bakteriyalar, viruslar, 
nematodalarning minglab turlari kashf qilindi. Asosiy zararkunandalarning turlari 
biologiyasi va fiziologiyasi oʻrganildi; zararli organizmlarga qarshi kurash choralari 
takomillashtirildi. 
Turkistonda Oʻsimliklarni himoya qilishq. boʻyicha dastlabki ilmiy asoslangan usullar 
1898-yilda Chigirtkaga qarshi kurash qoʻmitasining taklifiga koʻra ishlab chiqilgan. 
1911-yilda Toshkentda Turkiston entomologiya st-yasi tashkil etildi, gʻoʻza, qand 
lavlagi zararkunandalarini oʻrganish va ularga qarshi kurash choralari qoʻllanildi. 
1925-yilda Turkiston entomologiya st-yasi Oʻzbekiston oʻsimliklarni himoya qilish st-
yasiga aylantirildi va shu bilan bir vaqtda Shirabudin (Buxoro viloyati) va Xiva qishloq 
xoʻjaligi tajriba st-yalarida Oʻsimliklarni himoya qilishq. boʻlimlari ochildi. 1929-yilda 
Bosh paxta komiteti Oʻzbekiston Oʻsimliklarni himoya qilishq. st-yasining bir necha 
boʻlimlarini birlashtirib, gʻoʻza zararkunandalarini oʻrganish uchun maxsus st-ya barpo 
etdi; keyinchalik bu st-ya Butunittifoq paxtachilik ilmiy tekshirish instituti 
(SoyuzNIXI)ning Oʻsimliklarni himoya qilishq. markaziy st-yasiga aylantirildi. 1957-
yilda SoyuzNIXI markaziy st-yasi asosida hozirgi Oʻzbekiston oʻsimliklarni himoya 
kilish instituti tashkil qilindi. 
Hosilni samarali himoya qilishga zararkunanda va kasalliklarning rivojlanishi hamda 
koʻpayishi prognozini tuzish, zararkunandalar miqsori hamda kasalliklar oʻchogʻini oʻz 
vaqtida aniqlash maqsadida ekin, koʻchatlarni, shuningdek, begona oʻtlarni 
tekshiruvdan oʻtkazish, turli usul va vositalar qoʻllab oʻsimliklarga ishlov berish kabi 
choratadbirlar sistemasini rejali ravishda qoʻllab erishiladi. Zararkunanda, kasalliklar va 
begona oʻtlarga qarshi bir qancha kurash usullari qoʻllanadi. Oʻsimliklarni agrotexnik 
himoya usuli tashkiliyxoʻjalik va ekinlar parvarishining texnik usullari, shuningdek, 
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash yoʻllari, yaʼni zararkunandalarning koʻpayishi 
va toʻplanishi, kasalliklarning rivojlanishiga qarshi kurash usullari (ekish muddati va 
usullari, tuproqqa ishlov berish, oʻgʻit solish normalari, begona oʻtlarga qarshi kurash, 
almashlab ekish, melioratsiya)ni oʻz ichiga oladi. Mexanik va fizik himoya usullarita 


zararkunandaning qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari ichiga kirishiga qarshilik qiluvchi 
usullar (zararkunandani tutib olish, kuydirish, muzlatish, suv bostirish, elektr toki 
taʼsirida yoʻq qilish va shu kabilar) kiradi. Zararkunandalarni jalb etib, soʻngra nobud 
qilish uchun yorugʻlik tutqichlari, shuningdek, organik birikmalar — attraktantlardai 
foydalaniladi. Oʻsimliklarni kimyoviy himoya usuli turli kimyoviy dorilardan 
foydalanishga asoslangan; salbiy tomonlari koʻpligiga qaramay bu usul hozirda 
Oʻsimliklarni himoya qilishq.da yetakchi usullardan biridir. Oʻzbekistonda 2005-yilda 
faqatgina oʻsimliklar zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi 200 ga 
yaqin kimyoviy vositalar qoʻllanilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
huzuridagi Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari Davlat komissiyasi 
kimyoviy va biologik preparatlardan foydalanishga ruxsat beradi va ularni qoʻllash 
qoidalariga qatʼiy amal qilishni nazorat qiladi. Oʻsimliklarni biologik himoya usulit 
zararkunandalarga qarshi parazitlar, yirtqich hasharotlar, mikroorganizmlar va 
antibiotiklardan foydalaniladi. 
Oʻsimliklarni genetik himoya usuli ikki organizm: parazit bilan oʻsimlikxoʻjayinning 
oʻzaro taʼsiriga asoslangan. Oʻsimlikning kasallik va zararkunandalarga nisbatan 
immuniteti (chidamligi) muhim ahamiyatga ega. Oʻsimliklarni mikrobiologik himoya 
usulida kasallik hamda zararkunandalarga qarshi kurashish uchun mikroorganizmlardan 
foydalaniladi. Oʻsimliklarni uygʻunlashgan — integral himoya usulida zararkunanda 
hasharotlar hamda kanalarga qarshi kurashish uchun kimyoviy va biologik kurash 
usullari birgalikda olib boriladi. Bunda odam tomonidan buzilgan agrobitsenozdagi 
turlar nisbatan tiklanadi, bu esa biosferani muhofaza qilishning muhim omillaridan 
biridir. 
Oʻsimliklarni himoya qilishq. nazariyasini yaratishda S.N. Lgimuhamedov, N. G. 
Zaprometov, V. A. Znamenskiy, K.I.Mirpoʻlatov, M.N. Narziqulov, R.O. Olimjonov, 
T.D.Straxov, V.N.Shchegolev, V.V.Yaxontov va boshqalar ning ishlari katta 
ahamiyatga ega boʻldi. Oʻzbekistonda Oʻsimliklarni himoya qilishq. boʻyicha amaliy 
tadbirlarni Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Oʻsimliklarni himoya qilish markazi 
rejalashtiradi, uyushtiradi va bajarilishini nazorat qiladi. U.ning huzuridagi 
Oʻsimliklarni himoya qilishq. st-yalari, kasallik, zararkunandalarning tarqalishi va 


koʻpayishidan ogohlantirish punktlari (156 ta) da bevosita Oʻsimliklarni himoya qilishq. 
tadbirlari bajariladi. Oʻzbekiston oʻsimliklarni himoya qilish institutida, oliy oʻquv 
yurtlari, tajriba st-yalarida shu sohaga oid ilmiy ishlar olib boriladi. 
Oʻzbekiston Respublikasida Oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi davlat boshqaruvi 
va nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni 
saqlash vazirligining Davlat sanitariyaepidemiologiya xizmati, Tabiatni muhofaza qilish 
davlat qoʻmitasi va boshqalar davlat boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Oʻzbekiston Respublikasining "Qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini zararkunandalar, 
kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilish toʻgʻrisida" Qonuni (2000-yil 31 avgust) 
Oʻsimliklarni himoya qilishq.ni taʼminlash, Oʻsimliklarni himoya qilishq. vositalarining 
inson sogʻligiga, atrof muhitga zararli taʼsirining oldini olish bilan bogʻliq 
munosabatlarni tartibga soladi. O‘zbekiston hududidagi balandlik mintaqalarining 
vujudga 
kelishi va uning sabablari
, u bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniyatlar O‘zbekiston 
Fanlar akademiyasining akkademigi K.Z. Zokirov tomonidan ishlab chiqildi. K.Z. 
Zokirov tavsiya qilgan to‘rtta: cho‘l, adir, tog‘ va yaylov mintaqalarining har biri o‘ziga 
xos iqlim, tuproq qoplami, o‘simlik va xayvonot dunyosiga ega. Ularning xar birida 
ro‘y beradigan tabiiy geografik jarayonlar ham bir-biridan farq qiladi. O‘zbekistonning 
tuproq qoplami, o‘simlik va hayvonot dunyosi juda xilma-xil. Respublikamiz hududida 
3000 tadan ziyod o‘simlik turi mavjud bo‘lib, bularning 9 foizi faqat O‘zbekistonda 
uchraydigan endemik o‘simliklardir. O‘zbekistonning o‘simlik va hayvonot dunyosi 
Kavkaz va Old Osiyo, xususan Eron mamlakatlari hududi bilan muayyan umumiylikka 
ega. Respublikamizda sut emizuvchilarning 91 ta turi, sudralib yuruvchilarning 57 ta 
turi, qushlarning 400 ta turi, baliqlarning 40 tadan ortiq turi bor. Ular muayyan 
qonuniyatlar bo‘yicha tarqalgan. O‘zbekiston hududi yer yuzasining g‘arb va shimoli-
g‘arbdan janubi-sharqqa va sharqqa tomon ko‘tarila borishi sizga malum. Toqqa tomon 
havo harorati pasayib, yog‘inlar 
miqdori ortadi
, tuproq o‘simlik qoplami o‘zgaradi. 
Shuning uchun hami respublikamiz tabiat zonalari janubdan shimolga emas, balki 
g‘arbdan sharqqa, yani tekislikdan toqqa tomon o‘zgarib, balanlik mintaqalarini hosil 
qiladi. Yer yuzasi okean sathidan balanlashgan sari iqlim umuman bir butun tabiatning 
o‘zgarib borishini ulug‘ allomalar Abu Rayxon Beruniy va Abu Ali Ibn Sinolar X 


asrdayoq idrok etgan edilar. 
Tuproq turlari. Respublikamiz hududida turli tabiiy sharoit tasirida hilma-hil tuproq 
turlari tarkib topgan. Bular: 1) qayir allyuvial tuproqlar, 2) o‘tloq bo‘z tuproqlar, 3) 
qumli cho‘l tuproqlari, 4) cho‘l taqir tuproqlar, 5) sho‘rxok tuproqlar, 6) sur-qo‘ng‘ir 
tuproqlar, 7) sug‘oriladigan (madaniy) bo‘z tsproqlar, 8) och tusli bo‘z tuproqlar, 9) 
oddiy (tipik) bo‘z tuproqlar, 10) to‘q tusli bo‘z tuproqlar, 11) tog‘ jigar tuproqlar va 12) 
tog‘ o‘tloq tuproqlaridan iborat.Cho‘l mintaqasi. Cho‘l mintaqasi okean sathidan 400-
500 m balanlikkacha bo‘lgan joylarni o‘z ichiga oladi va O‘zbekiston maydonining 70% 
ini ishg‘ol qiladi. 
Cho‘l iqlimining 
juda issiq va quruq ekanligi
, yog‘inlarning juda kam yog‘ilishi sizga 
malum. Yozda yog‘in deyarli yog‘maydi. Kunduzi havo harorati 0 0 0+45, +50 S 
daragacha, qum yuzasi esa +80 S darajagacha qiziydi. Cho‘lning qattiq, issiq va 
qurg‘oqchil iqlimi, siyrak o‘simliklar sharoitida tuproq hosil bo‘lish jarayoni juda sust 
boradi. Cho‘l tuproqlari xilma-xil bo‘lib, unda sur-qo‘ng‘ir, qumli cho‘l, taqir va bo‘z 
tuproqlar uchraydi. Cho‘ldagi organik miqdori yuqori harorat tufayli tez parchalanib, 
mineralashadi. Shuning uchun tuproqlar tarkibida chirindi ancha kam bo‘ladi. Ustyurt 
platosi, Qizilqumdagi past tog‘lar va Nurota tog‘larining etaklaridagi toshloq cho‘llarda 
sur-qo‘ng‘ir tuproqlar tarqalgan. Bunday tuproqlar chirindi juda kam, ular ko‘rincha 
sho‘rtob bo‘ladi. Tuproo‘ning ustki qatlamida kalsiy karbonat, pastki o‘atlamida esa 
sulfat tuzlaridan gips to‘planadi. Tarkibida chirindi miqdori 0,3-1% gacha bo‘lgan sur-
qo‘ng‘ir tuproqli joylarda siyrak o‘t o‘sadi, mayda mollarni boqish imkoniyati vujudga 
keladi.Qizilqum, 
Zarafshon daryosi etagi
, Markaziy Farg‘ona va Mirzacho‘ldagi qumli 
tekisliklarda qumli cho‘l tuproqlari tarqalgan. Bu tuproqlar tarkibidagi chirindi miqdori 
0,3-0,6% ni tashkil etadi. Bunday tuproqlarda dehqonchilikda foydalanish qiyin. Qumli 
cho‘l tuproqlarda o‘sadigan o‘simliklardan qorako‘l quylari uchun yaylov sifatida 
foydalaniladi. Cho‘llarda taqirlar ham uchraydi, ular gili jinslardan tarkib topgan bo‘lib, 
tarkibidagi chirindi miqdori 0,5-1% ga yetadi. Taqirlar Usyurtda, shunigdek quruq 
deltalarda, qadimgi daryolarning ko‘hna qayirlarda uchraydi. Taqirlarda o‘simlik o‘sishi 
qiyin, tuproq yuzasi qattiq va yorilib-yorilib ketadi. Respublikamizning yer osti suvlari 
yer betiga yaqin bo‘lgan joylarda (Mirzacho‘l, Markaziy Farg‘ona, Qarshi cho‘llari va 


Amudaryo etagida) sho‘r tuproqlar vujudga kelgan. Bunday joylarda yer osti suvi yer 
betiga chiqib bog‘lanadi, tuproq tarkibida tuz ko‘payadi. Cho‘l mintaqasidagi yirik 
sho‘rhoklar (masalan, Borsa-kelmas sho‘rhoki) dan dehqonchilikda foydalanib 
bo‘lmaydi. O‘zbekistonning daryo vodiylarida, qayir va deltalarida o‘tloq va botqoq 
tuproqlar uchraydi. Respublikamiz tekislik qismining sharqiy va janubiy chekkalarida 
bo‘z tuproqlar keng tarqalgan (ular asosan uch xilda: och tusli bo‘z tuproq, oddiy bo‘z 
tuproq va to‘q tusli bo‘z tuproqqa bo‘linadi). Bo‘z tuproqlar qalin lyoss yotqiziqlari 
ustida hosil bo‘lgan. Tarkibida chirindi ko‘p bo‘lmasa ham zarralari mayda bo‘lib, suv 
va havoni o‘zidan yaxshi o‘tkazadi. 
Cho‘l mintaqasining okean sathidan 300-500 m balantlikdagi joylarida och tusli bo‘z 
tuproqlar tarqalgan. Och tusli bo‘z tuproqning tarkibida 1-1,5% gacha chirindi bo‘ladi. 
Sug‘orib, o‘g‘itlar solinsa unumdor tuproqqa aylanib, yaxshi xosil bernadi. 
Amudaryo etagi
,Yu Zarafshon, Chirchiq, Ohangaron, Qashqadaryo va Surhondaryo 
vodiylaridagi qadimiy obikor dehqonchilik qilinadigan joylarida vohalar vujudga 
kelgan. Bu yerdagi bo‘z tuproqlar uzoq vaqt ishlov berilishi natijasida madaniy 
tuproqlarga aylangan. Cho‘l mintaqasida o‘simlik qoplami siyrak. Nam yetarli bo‘lgan 
bahor fasli cho‘l mintaqasining manzarasi o‘zgacha bo‘ladi,Yu bu vaqtda efemer 
o‘simliklar bark urib o‘sib, cho‘l yam-yashil libosga burkanadi Jazirama yoz issiqlari 
boshlanishi bilan cho‘ldagi o‘tlar sarg‘ayib, qovjirab quriy boshlaydi. Cho‘lda sidirg‘a 
o‘simlik bo‘lmaydi. Cho‘l o‘simliklari jazirama va quruq iqlim sharoitiga moslashgan. 
Ularning ildizi juda uzun, barglari mayda yoki butunlay bo‘lmaydi. Shuning uchun 
tanasida nam kam bug‘lanadi. Bazi bir o‘simliklar qisqa, sernam va salqin muddatga o‘z 
hayotini tugallashga ulguradi. Qumlm cho‘llarda Selin, juzg‘un, qora qandim, cherkez, 
quyonsuyak va iloq o‘sadi. Qumlarda qora qandim va qizilcha butalari, shuningdek 
saksovul (yog‘ochi qattiq, suvda cho‘kadi) uchraydi. Saksovulsh qumlarni 
mustahkamlashda katta ahamiyatga ega. Sho‘rhok 
joylarda ajriq
, yulg‘un, sho‘ra va 
shuvoq o‘sadi. Gili cho‘llarda qum qiyog‘i va qo‘ng‘irbosh uchraydi. Respublikamiz 
cho‘llarida qorako‘l qo‘ylari va tuya boqish uchun yaylov sifatida foydalaniladi. 
Cho‘lda foydali o‘simliklar ko‘p. Masalan, cherkez va isiriq tarkibida turli xil 


kasalliklarni davolaydigan alkaloidlar bor, sassiq kovrak tarkibidagi smoladan malham 
tayyorlanadi, ildizi esa krahmalga boy. Ayrim o‘simliklardan buyoq olinadi. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin