Mavzu: O`zbek orfografiyasi va uning boshlang`ich ta’lim dasturi hamda darsliklarda aks etishi, o`rgatishga tavsif


 Tayyorgarlik davri yozuv darslari



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/15
tarix13.12.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#74528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2. Tayyorgarlik davri yozuv darslari.
Yozuv darslari o‗qish darslari bilan uzviy bog‗langan holda, biri ikkinchisiga 
bevosita aloqadorlikda olib boriladi. Yozuv darslarining ilk bosqichida 
o‗quvchilarda yozuv qoidalari gigiyenasiga oid ko‗nikma va malakalar 
shakllantiriladi. O‗quvchilar ruchkani to‗g‗ri ushlash, yozuv holatida bosh va 
yelkani mutanosib tutish, daftar qiyaligini to‗g‗ri chamalashga o‗rgatiladi (daftar 
parta ustiga 65
0
qiyalikda qo‗yiladi). 
Qo‗lni yozuvga tayyorlash, qo‗l panjalari va mayda muskullar harakatini 
rivojlantirishga oid boshlang‗ich yozuv mashg‗ulotlari va jismoniy qo‗l harakati 
mashg‗ulotlari o‗tkaziladi. 
Tayyorgarlik davri yozuv darslarida o‗quvchilar yozuv daftaridan to‗g‗ri 
foydalanish, yozuv mashg‗ulotlari gigiyenasiga oid ilk ko‗nikma va malakalarni 
egallaydilar. 
Bu davrda ―Alifbe‖ darsligi va yozuv daftarida ko‗rsatilgan yozuv yo‗li 
bo‗ylab chamalash mashqlari (bir xil masofada nuqtalar qo‗yish, ilgakchalar, 
tayoqchalar, bayroqchalar chizish kabilar) asosida mashg‗ulot o‗tkaziladi. 
Tayyorgarlik davri yozuv darslarida o‗quvchilar egallashi lozim bo‗lgan 
tushuncha va ko‗nikmalar quyidagilardan iborat: 
 yozuv daftari bilan o`quvchi oralig‗ida muayyan masofani 
saqlash; 
 yozuv qurollaridan to‗g‗ri foydalanish; 
 parta ustiga daftarni to‗g‗ri qo‗yish; 
 yozayotganda gavdani to‗g‗ri tutish va tirsaklarni to‗g‗ri harakat 
qildirish; 
 yozuv elementlarini to‗g‗ri idrok etish (qayerdan boshlash, 
qayerga to‗xtalish, o‗ngga, chapga burilish, yoza boshlash va h.k.) 
Alifbegacha 
(tayyorgarlik) 
davrida 
yuqoridagi 
tushuncha 
va 
ko‗nikmalarning shakllantirilishi alifbe davrida darsni yanada samarali olib 
borish uchun imkoniyat yaratadi. 
Alifbe davri (120 soat) 


13 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin